2-mavzu: tilshunoslik va uning bo‘limlari


Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra



Yüklə 56,76 Kb.
səhifə3/4
tarix12.06.2023
ölçüsü56,76 Kb.
#128983
1   2   3   4
2-mavzu ona tili

3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar ikki xil bo‘ladi: Jarangli va jarangsiz undoshlar. Jarangli undoshlar ovoz va shovqindan iborat bo‘ladi. Tarkibida ovoz (un) miqdori ko‘p bo‘lgan jarangli undoshlar sonor (lotincha «ohangdor») lar deyiladi. Sonor tovushlar 5 ta: m, n, ng, l, r

Faqat jarangli undoshlardan iborat so‘zlar: mard, javlon, maydon, jadval.
Faqat jarangsiz undoshlar ishtirokidagi so‘zlar: paxta, ko‘kat, soch popuk, sex.


Bo‘g‘in
Bir nafas to‘lqinida aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi bo‘g‘in deyiladi. So‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi. Bir unli bir bo‘g‘inni hosil qila oladi. Bo‘g‘inlar tarkibi quyidagicha bo‘ladi: с-undosh; v-unli.
v: o-na, u-mid, a-ka, i-jod, o-lim, a-yoz.
vс: o‘t, el, ot, on, ur, ish, oy, ip, iz, o‘y, ol-(ma), in-(kor).
cv: bu, shu, da-da, ma-na, da-(vom), sa-na, ra-(von), sa-(bab).
cvc: ko‘k, gul, qo‘l, sol, bor, dam, tan-qid, tan-bur, rav-shan.
cvcc: go‘sht, qasd, mard, qasr, fikr, ranj, hukm, mehr.
vcc: aql, ust, asr, ahl, art, ishq, ont.
ccvcc-sport, shrift.
O‘zbek tilida bir unli, ikki undoshdan iborat bo‘g‘in mavjud, ammo ikki unli va bir undoshdan iborat bo‘g‘in uchramaydi. Negaki, bir unli bir bo‘g‘inga teng keladi. Bo‘g‘inning ahamiyati quyidagilardan iborat:
a) maktab o‘quvchilarini o‘qish va yozishga o‘rgatish bo‘g‘inga asoslanadi;
b) she’riy misralarda bo‘g‘inlar tengligi alohida ahamiyat kasb etadi;
v) so‘zni ko‘chirishda bo‘g‘inga asoslaniladi.
Bo‘g‘in tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ochiq bo‘g‘in va yopiq bo‘g‘in.
Unli bilan tugagan bo‘g‘in ochiq hisoblanadi: ma-la-ka, ka-li-ma, o-na.
Undosh bilan tugagan bo‘g‘in yopiq hisoblanadi: mak-tab, kaj-raf-tor, tan-siq.
Urg‘u
Urg‘u ikki xil bo‘ladi: so‘z urg‘usi va gap urg‘usi.
1. So‘z urg‘usi. So‘zdagi ma’lum bir unlining (yoki bo‘g‘inning) cho‘ziqroq, ajratib, ta’kidlab aytilishidir. O‘zbek tilidagi so‘z urg‘usi ko‘chuvchan xarakterga ega bo‘lib, asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi: gul-gulzor-gulzorlar-gulzorlarimiz-gulzorlarimizni. So‘zga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan urg‘u ko‘chib boraveradi. Lekin barcha qo‘shimchalar ham urg‘u olavermaydi. Quyidagi qo‘shimchalar urg‘u olmaydi:
1. Birinchi darajali shaxs-son qo‘shimchalari: -man, -san, -dir, -miz, -siz. Masalan, o‘quvchiman, bolaman, yaxshisiz.
2. Sonlardagi-ta, -tacha qo‘shimchalari, ravish yasovchi-cha qo‘shimchasi urg‘u olmaydi: o‘nta, yigirmata, beshtacha, mardlarcha.
3. -dek, -day qo‘shimchalari ham urg‘u olmaydi: qordek, oydek, shishadek.
4. Fe’lning bo‘lishsiz shakli -ma ham urg‘u olmaydi: kelmadi, olmagan, aytmadi.
5. Qo‘shimcha holidagi yuklamalar urg‘u olmaydi: qizgina, keldi-yu.
Ba’zi so‘zlarda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydi: ammo, doim, afsuski, hatto, xuddi, albatta, balki, hamma, texnika, hamisha, kofe. Bunday holat o‘zlashgan (boshqa tillardan kirgan ) so‘zlarda kuzatiladi.
So‘z urg‘usi ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan: olma (meva)-olma (fe’l), etik (kiyim)-etik (fan), atlas (xarita)-atlas (ko‘ylak), hozir (payt)-hozir (tayyor), yangi (kitob)-yangi (payt), qo‘llar (ot)-qo‘llar (fe’l), qishloqcha (ot)-qishloqcha (ravish), o‘quvchimiz-o‘quvchimiz.
Demak, so‘z urg‘usi so‘zdagi biror bo‘g‘inni ajratib, ta’kidlab aytish va ma’no farqlash uchun xizmat qiladi.
2. Gap urg‘usi «mantiqiy urg‘u», «logik urg‘u», «ma’no urg‘usi» kabi terminlar bilan yuritiladi. Gap urg‘usi gapdagi biror so‘zning ta’kidlab, ajratib aytlishidir: Biz kecha sayohatga bordik. Biz sayohatga kecha bordik. Kecha sayohatga biz bordik.
Gap urg‘usini olgan bo‘lak kesimdan oldin ( kesim oldida) keladi.

Yüklə 56,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin