2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja



Yüklə 162,04 Kb.
səhifə32/37
tarix23.11.2022
ölçüsü162,04 Kb.
#69956
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakll

5. Postembrional rivojlanish. Postembrional (homiladan keyingi) rivojlanish tuxum qo’yuvchilarda homilaning tuxum qobiqlaridan chiqishidan, ona qornida rivojlanuvchi organizmlarda esa organizmning tug’ilishidan boshlanib, uning o’limigacha davom etadi.
Postembrional davrda organizm o’sadi, hujayralar, to’qimalar, a’zolar ixtisoslashadi va asta-sekin qariydi. Postembrional rivojlanishning ikki turi mavjud:
a) Bilvosita rivojlanish.
b) Bevosita rivojlanish.
Bilvosita rivojlanish umurtqasizlarda (g’ovaktanlilar, kovakichlilar, yassi va halqali chuvalchanglar, bo’g’imoyoqlilar, ignatanlilar), tuban xordalilarda (assidiyalar, lansetniklar), tuban umurtqalilarda (to’garakog’izlilarda, suvda ham quruqlikda yashovchilarda) uchraydi. Ular tuxum qobiqlaridan lichinkalar holatida chiqadi. Lichinkalar o’z tuzilishiga ko’ra yetuk shakllardan keskin farq qiladi. Ularda jinsiy bezlar rivojlanmagan bo’lib, tashqi muhitga moslashishni ta’minlovchi maxsus lichinka a’zolari mavjuddir. Lichinkalar mustaqil oziqlanadi, o’sadi, o’z shaklini va tuzilishini o’zgartiradi va yetuk organizmlarga aylanadi. Shunday o’zgarib rivojlanish metamarfoz deb ataladi. Metamarfoz natijasida lichinka a’zolari yo’qolib, ularning o’rniga yetuk organizmlarga xos a’zolar shakllanadi. unga misol qilib amfibiyalar rivojlanishini keltirish mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinka (itbaliq)da jabra yoriqlari, yon chiziqlar, ikki kamerali yurak, bir doirali qon aylanish sistemasi bor. Metamorfoz jarayonida tiroksin garmoni ta’sirida dum yo’qolib, oyoqlar paydo bo’ladi, yon chiziqlar yo’qolib, o’pka va ikkinchi qon aylanish doirasi paydo bo’ladi, kalla suyaklari o’zgaradi.
Hashoratlar o’zining rivojlanishiga ko’ra to’g’ridan to’g’ri rivojlanadigan va metamarfoz yo’li bilan rivojlanadigan guruhlarga bo’linadi.
Birinchi xil rivojlanishda tuxumdan yetilgan hasharotga o’xshagan bola chiqaradi, lekin u juda kichik bo’ladi. Intensiv oziqlanish natijasida tuxumdan chiqqan yosh hasharot to xitin qavati to’sqinlik qilmaguncha o’sib kattalashib boradi. Keyin esa po’st tashlaydi, ya’ni xitin qavati to’kiladi va uning ostida yumshoq kutikula kovagi joylashadi. Keyin tanani qoplab turuvchi eski kovagi to’kilgandan keyin yig’ilib yotgan kutikula kovagi yoyilib hasharot kattalashadi. Shunday usul bilan bir nechta linka (po’st) tashlagandan keyin hasharot o’sib yetiladi, unda qanot paydo bo’ladi, jinsiy bezlari rivojlanadi hamda tashqi jinsiy o’simtalari hosil bo’ladi.
To’liq metamarfozda (rivojlanishda) tuxum qavatini yorib chiqqan lichinka katta hasharot individidan keskin farq qiladi. Bu lichinka kapalaklarda qurt (gusinisa) deyiladi. Shunday metamorfoz rivojlanishda ham lichinka bir necha bor po’st tashlaydi va o’saberadi. Biroq, u yetilgan hasharotga aylangunga qadar ham gumbak davrini o’z boshidan kechirishi kerak. Ba’zi xasharotlarda gumbagi harakatchan, ba’zilarida esa harakatsiz bo’ladi. Gumbak davrida lichinka organlari eriy boshlaydi. (gistoliz holati bo’ladi). Gistoliz jarayonini fagositlar bajaradi. Gumbakda gistolizdan keyin faqat nerv sistemasi jinsiy bezlarining qismlari hamda yetilgan hasharotning organlarini hosil qiluvchi imaginil disklar qoladi. Imoginal disklar esa o’ralib zichlashgan holatda bo’ladi. Hasharot yetilishdan oldin ana shu imoginal organlarga qon quyilishi bilan, ular ochilib kattalashadi, keyinchalik esa uning atrofida xitin moddasi to’planib hasharotlar tanasining tashqi kovagi qattiq holatni egallaydi. Ajdodlar belgilarini takrorlaydigan hasharot lichinkalarining xususiyatlariga ularning tashqi qiyofasini ham kiritish mumkin. Masalan kapalaklarning chuvalchangsimon lichinkalari, ikkiqanotlilar va qo’ng’izlarning lichinkasi shular jumlasidandir. Hasharot lichinkalarining moslanish belgilarini suvda yashashga moslashgan, tuxumlari, g’umbaklari va lichinkalari misolida ko’rish mumkin. Ularning tuxumlari suzish kameralari bilan jixozlangan, lichinkalari suzish xususiyatiga ega hamda yer osti buyumlariga yopisha oladilar. Ovqat hazm qilish organlari mayda mikroorganizmlar, bakteriyalar va suvo’tlari bilan oziqlanishga moslashgan, biroq xomishaklarning samkalari ko’pincha qon bilan oziqlanadi.
Hamma hasharotlarda ularning antogenez davrida o’sishi faqatgina lichinka davrida bo’ladi. Bu ham muhim moslanish belgilaridan biridir.
Ko’pchilik hasharotlarda lichinka davri yetilgan davriga qaraganda ko’proq bo’ladi. Hasharot lichinkalarida ba’zan zapas moddalar to’planib, bu moddadan yetilgan hasharotlar foydalanadilar.
Umurtqasiz va umurtqali hayvonlar metamorfozining o’tishiga maxsus sekresiya bezlarida ishlab chiqiladigan garmonlar jiddiy ta’sir ko’rsatadilar. Bajaradigan funksiyasi yoki tashqi muhitning ta’siri natijasida o’simliklarda vujudga kelgan metomorfoz evolyusiya jarayonida mustahkamlanib borgan. Noqulay yashash muhiti, suv tanqisligi sababli barg va novda metamorfozga uchraydi. Masalan kaktus barglari tikanga aylangan. Ba’zi o’simliklar (do’lana, gledichiya, yantoq, nok)da novdalar tikanga yoki tok, qovoq va shu kabi lianalarda ular gajakka, hashoratxo’r o’simliklar bargi (posyanka, muxolovka, nepentes) o’ziga xos qopqonga aylangan. Ko’p yillik o’tsimon o’simliklarda yer osti novdalari zaxira oziqa modda to’playdigan ko’rinishni egallab metamorfozlashgan (masalan, kartoshka tuganagi, piyozboshlar, ildizpoyalar va hokazolar). Gul ham o’zgargan generativ novdadir.
Bevosita rivojlanish. Bilvosita rivojlanish bevosita rivojlanishga nisbatan tarixiy taraqqiyotda ancha oldinroq paydo bo’lgan.
Bevosita rivojlanishda tuxum qobiqlaridan chiqqan yoki tug’ilgan organizmlar kichik bo’lsa ham o’zining tuzilishi jixatidan asosan voyaga yetgan organizmlarga o’xshaydi. Bevosita rivojlanish tuxum hujayrada sarig’i ko’p bo’lgan (sudralib yuruvchilar, qushlar) yoki embrioni ona qornida rivojlanuvchi (sut emizuvchilar) organizmlarda kuzatiladi. Bunday organizmlarning postembrional rivojlanishida organizm o’sadi, tana mutanosibliklari o’zgaradi, a’zolar va sistemalar yetuk organizmlar uchun xos bo’lgan funksional xolatga asta-sekin o’tadi.

Yüklə 162,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin