2-mavzu. Xalqaro baholash dasturlarining me’yoriy asoslari Reja


PIRLS – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash; TIMSS



Yüklə 24,11 Kb.
səhifə2/3
tarix11.09.2023
ölçüsü24,11 Kb.
#142671
1   2   3
2 STEAM

PIRLS
– boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash;
TIMSS
– 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash;
TALIS
– rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish;
PISA
– 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
EGRA va EGMA
esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika
bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv
dasturlari, o‘qitish uslubi va yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija
ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi.
Bu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari,
egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi. Hozirgi kunga qadar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni
baholash xalqaro assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021-
yilda PISA va PIRLS xalqaro dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan.
PISA (inglizcha – Programme for International Student Assessment) – turli
davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar)
savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim sifati o‘qish,matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi va 1000 ballik tizimda baholanadi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan.
PISA – o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro
dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va
ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi –
15 yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy
munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni
yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch
yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi.
Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch
yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib
boriladi.
PIRLS – (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study – matnni
o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro
tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlarni boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligihamdao‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
PIRLS yosh o‘quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining ikkita keng
qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot olish
va ulardan foydalanish uchun o‘qishdir. Bundan tashqari, PIRLS o‘qish
maqsadlarining har birida to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi.
TIMSS – (Trends in International Mathematics and Science Study) maktabda
matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, ta’lim
yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Mazkur dastur 4-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi, sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarnianiqlashgayordam beradi. Mazkur dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u dunyodagimaktablarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni,o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilarning bilim darajasi, tehsil oluvchilarning oilaviy muhiti bilan bog‘liq omillarni o‘rganadi. Ko‘rsatib o‘tilgan omillar matematika fanlarini o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
PISA va TIMSS o‘rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS dasturlarining asosiy
farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o‘tkazilishidan iboratdir.
Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lsa,
TIMSS esa muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, balki to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga,TIMSS baholashlari o‘quv dasturlariga asoslangan bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilaregallaganbilim va ko‘nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashgaqaratiladi.TIMSS aynan maktab bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa,PISA bilim va ko‘nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish darajalariga alohida e’tibor qaratadi.
Ta’limdagi bunday o‘zgarishlar o‘quv dasturi va o‘quv adabiyotlari mazmunini
o‘zgartirishga undadi. Ona tili, matematika va tabiiy fanlardan PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratildi va o‘quv dasturlariga kiritildi.PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar singdirilgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha qo‘llanma hamda adabiyotlar yaratish va amaliyotga joriy etildi.5- sinfdan 11-sinfgacha o‘quv darsliklarida buni ko‘rish mumkin. PISA ona tili, matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishning shakl, metod, texnologiyalarini yangilanib o‘qituvchilarning bu boradagi bilimini oshirilmoqda. Bu fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratilib, 2019-2021-yillardaamaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazish niyatida. PISA testlaridan ona tili darslarida foydalansa, o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish va sinchkovlik talab etiladigan topshiriqlarni qo‘llash o‘quvchining hayotiy va intellektual ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 7-sinf ona tili dasturida berilgan “Biriktiruv bog‘lovchilari” mavzusini o‘tishda o‘qituvchi mavzuni mustahkamlash maqsadida darslikdan tashqari quyidagi matn asosida PISA topshiriqlari tuzishi mumkin:
Aljabr” matni asosida mantiqiy topshiriqlar
Riyoziyot olimi al-Xorazmiydan inson haqida so‘rashdi. Olim shunday dedi:
-Agar inson yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, u 1 ga teng. -Agar inson husn sohibi bo‘lsa,
birning yoniga nolni qo‘shamiz, 10 bo‘ladi. -Agar inson boy bo‘lsa, yana bir nolni
qo‘shamiz – 100 bo‘ladi. -Agar nasl-nasabli bo‘lsa, yana bir nolni qo‘shamiz-1000
bo‘ladi. -Agar 1 raqami yo‘q bo‘lib ketsa, insonning qiymati yo‘qqa chiqib,
nollarning o‘zi qoladi.


2.PIRLS- Progress in International Reading Literacy Studu-matnni o`qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot. TIMSS-Trends in Mathematics and Science Study –maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika faoliyatining sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring.
PIRLS 2021 xalqaro tadqiqoti mazkur dastur doirasidagi 2001, 2006, 2011 va 2016-yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning davomi hisoblangan beshinchi davriylik sanaladi. Har bir o‘tkaziladigan PIRLS tadqiqotida ishtirok etuvchi mamlakatlar soni ortib bormoqda. PIRLS 2021 xalqaro tadqiqotida taxminan 70 ga yaqin mamlakatlar, benchmark ishtirokchi sifatida qatnashadigan hamda 2001-yildan buyon avvalgi sikllarda ishtirok etgan ko‘pgina boshqa mamlakatlar qatnashishi kutilmoqda. PIRLS 2021 xalqaro tadqiqoti 2001-yildan buyon qatnashib, natija ko‘rsatib kelayotgan mamlakatlar bilan beshinchi bor 20 yil mobaynida ushbu yo‘nalishda to‘plangan yutuqlarini baham ko‘radi. 2001-yilda IEA xalqaro assotsiatsiyasining o‘qish savodxonligini baholash tadqiqotida qatnashgan mamlakatlar yangicha baholash tadqiqotini yaratish borasida IEA xalqaro assotsiatsiyasi va Boston kolleji bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi. Bu esa PIRLS xalqaro tadqiqotiga o‘quvchilarning matnni o‘qib tushunish darajasini takomillashtirishlarida ularning ta’lim olish jarayonlari haqida ma’lumotlar to‘plash imkonini berdi. 2001-yildan buyon PIRLS xalqaro tadqiqoti so‘rovnomalarining asosiy tarkibi sifatida o‘quvchilarning ota-onalari yoki vasiylari tomonidan to‘ldiriladigan o‘qishni o‘rganish so‘rovnomalari kiritildi. Shuningdek, har bir baholash davriyligi tarkibida PIRLS ensiklopediyasi ham mavjud bo‘lib, u ishtirokchi mamlakatlar, jumladan har bir ishtirokchi mamlakat tomonidan ularning o‘qish fani bo‘yicha tuzilgan o‘quv dasturlari va tadqiqot doirasidagi yo‘riqnomalarini yoritib beruvchi bo‘limga oid qiyosiy-tizimli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. PIRLS xalqaro tadqiqoti 2001-yildan boshlab ishtirokchi mamlakatlar va IEA xalqaro assotsiatsiyasining TIMSS hamda PIRLS xalqaro tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. PIRLS xalqaro tadqiqotida ishtirok etayotgan barcha mamlakatlar, tashkilotlar va agentliklar mazkur dasturni takomillashtirishga o‘z hissalarini qo‘shib, o‘quvchilarning o‘qib tushunish darajasini baholashda qo‘llaniladigan eng sodda va innovatsion mezonlarni ishlab chiqmoqda. 2006-yilda PIRLS xalqaro tadqiqoti badiiy va axborot olish ko‘nikmasiga qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning o‘qib tushunish jarayonlari asosida olingan natijalarni tahlil qilish maqsadida dastur doirasida berib boriladigan matnlar sonini 8 tadan 10 taga ko‘paytirdi.
O‘qish savodxonligini tadqiq etishda ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasining (IEA) PIRLS tadqiqoti (Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash xalqaro tadqiqoti) mazkur assotsiatsiyaning 1991-yildagi o‘qish savodxonligini tadqiq etish dasturiga qo‘shimcha holda 2001-yildan joriy etila boshlandi. Har besh yilda o‘tkaziladigan ushbu xalqaro tadqiqot bolaning mustaqil inson sifatida rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib, boshlang‘ich ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini xalqaro miqyosda baholaydi. Odatda, ushbu rivojlanish davrida o‘quvchilar o‘qish ko‘nikmasini hosil qilgan bo‘lib, endi bu ko‘nikmadan boshqa fanlarni o‘rganishda foydalanayotgan bo‘ladi. PIRLS xalqaro tadqiqoti o‘qish savodxonligini tadqiq etishda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasining (IEA) o‘quvchilarning matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash tadqiqotiga (Trends in International Mathematics and Science Study–TIMSS) qo‘shimcha tarzda ishlab chiqilgan. PIRLS xalqaro tadqiqoti o‘qish savodxonligini tadqiq etishda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasining (IEA) Boston kollejida olib boriladigan TIMSS va PIRLS xalqaro tadqiqot markazi tomonidan IEA xalqaro assotsiatsiyasinig Amsterdam va Gamburg shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi. O‘qish savodxonligining rivojlanishi har bir o‘quvchining o‘sib-ulg‘ayishi, ta’lim olishi va kundalik hayotida muhim ahamiyat kasb etgani bois, o‘qish savodxonligini tadqiq etishda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasining (IEA) qariyb 60 yil mobaynida o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini muntazam ravishda xalqaro miqyosda baholab, ularning o‘qib o‘rganishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqda. Ushbu assotsiatsiya (IEA) turli ta’lim tizimiga ega ishtirokchi mamlakatlarda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni yanada teran tushunish maqsadida 1960-yillarda ta’lim sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda qiyosiy tahlil qiluvchi hukumat agentliklari va milliy tadqiqot institutlaridan tashkil topgan mustaqil xalqaro tashkilot hisoblanadi. Har bir PIRLS baholash tadqiqoti ota-onalar yoki vasiylar, maktablar, o‘qituvchilar, mamlakatlar va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan qator so‘rovnomalar hamda o‘quvchilarning o‘qib o‘zlashtirish ko‘nikmalarini baholashdagi o‘zgarishlarni zamonaviy tarzda tahlil qiladigan ayni shu an’anani davom ettiradi. O‘quvchilarning o‘qishni o‘rganish va ta’lim olishdagi imkoniyatlari haqidagi so‘rovnoma ma’lumotlari erishilgan natijalarni talqin qilish uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.Har bir o‘tkaziladigan PIRLS tadqiqoti sikli bilan yuzaga keladigan o‘zgarishlarga hamohang tarzda PIRLS 2021 xalqaro tadqiqotini o‘tkazishda yozma shakldagi baholash daftarlari o‘rniga raqamli vositalardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Taxminan 50 foiz ishtirokchi mamlakatlarda PIRLS xalqaro tadqiqoti kompyuterlar yordamida o‘quvchilarga uzluksiz tarzda matnlarni o‘qish va savollarga javob berish imkonini beruvchi sodda va zamonaviy interfeyslardan foydalaniladi. Rang-barang matnlar o‘quvchilarga qiziqarli bo‘lishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu bilan birga natijalarni hisoblashni yengillashtirish maqsadida yangi topshiriqlardan foydalaniladi. Raqamli PIRLS 2021 xalqaro tadqiqoti PIRLS tadqiqotining boshqarilish jarayonini soddalashtirilishiga imkon beruvchi onlayn baholash tizimi orqali boshqariladi va o‘quvchilarga topshiriqlar onlayn tarzda taqdim etiladi (nashr qilingan topshiriqlar va baholash daftarlari ko‘rinishida berilmaydi). Bu esa ePIRLS tadqiqotining raqamli PIRLS tadqiqoti bilan integrallashuviga imkon berib, ePIRLS tadqiqoti qo‘shimcha tekshirishlarni oldini oladi. Bundan tashqari, raqamli PIRLS 2021 tadqiqotida baholash mezonlariga muvofiqlashtirilishi mumkin bo‘lgan ayrim imkoniyatlarni ham o‘z ichiga oladi. Kompyuter yordamida o‘tkaziladigan raqamli PIRLS 2021 tadqiqotida PIRLS tadqiqoti va PIRLS o‘qish savodxonligi bo‘yicha berilgan, murakkablik darajasi uncha yuqori bo‘lmagan matnlar umumlashtirilib, PIRLS 2021 baholash tadqiqotining murakkablik darajasi ishtirokchi mamlakatlarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga muvofiqlashtiriladi. 2016-yilgi PIRLS xalqaro tadqiqoti va PIRLS o‘qish savodxonligi tadqiqoti bo‘yicha tuzilgan matnlarning murakkablik darajasini inobatga olib hamda o‘qish savodxonligi bo‘yicha yangidan tuzib chiqilayotgan matnlarning murakkablik darajasini saqlab qolgan holda yagona PIRLS 2021 xalqaro tadqiqoti barcha ishtirokchi mamlakatlarda yuqori, o‘rtacha va past o‘qish salohiyatiga ega o‘quvchilar bilimini baholash imkonini yaratadi.

Yüklə 24,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin