Texnologik pasport 12-mavzu: Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va o’quvchilarni aqliy tarbiyalash. Fuqarolik tarbiyasi
Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 soat
Talabalar soni – 60 nafar
O’quv mashg’ulotining shakli va turi
Ma’ruza (Muammoli ma’ruza)
O’quv mashg’uloti ning tarkibiy tuzilmasi
1. “Savol-javob” metodi yordamida talabalar tomonidan avvalgi mavzuning o’rganilish darajasini aniqlash.
2. Tashkiliy masalalarni hal qilish, ma’ruza mavzusi va uning o’ziga xos jihatlari to’g’risida ma’lumotlar berish.
3. “Raqamlar” metodi asosida guruhlarga ma’ruza matnini tarqatish.
4. Mavzuga oid tayanch tushunchalarni aniqlash.
5. Ma’ruza mohiyatini “Taqdimot” metodi asosida yoritib berish.
6. “Muammoli vaziyat” metodi yordamida talabalar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash.
7. Mashg’ulotni yakunlash.
O’quv mashg’ulot ning maqsadi
Talabalarga ilmiy dunyoqarash, tafakkurni shakllantirish, aqliy, ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy va ekologik tarbiyaning bu jarayondagi roli, fuqarolik tarbiyasining mohiyati, o’quvchilarda vatanparvarlik va baynalminallik hissini shakllantirish, huquqiy tarbiya mazmuni to’g’risida ma’lumotlar berish orqali ularda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlarini tashkil etish ko’nikmalarini rivojlantirish