2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə126/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

Rag’batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab-quvvatlash usulidir. O’qituvchi har bir o’quvchi shaxsida ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni anglash olishi zarur. Shundagina o’quvchi o’zining kamolga etayotganligini his qiladi, unda o’z kuchiga nisbatan ishonch paydo bo’ladi. O’qituvchi faoliyatida rag’batlantiruvchi usullardan foydalanib, o’quvchida ijobiy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ta’lim tajribasida quyidagi rag’batlantirish turlari qo’llaniladi:

Har qanday rag’batlantirish mavjud pedagogik talablarga muvofiq bo’lishi, ketma-ket bo’lmasligi zarur, shuningdek, o’quvchini yoki uning xatti-harakatlarini haddan oshirib maqtash, boshqa o’quvchilarga taqqoslash, ularni kamsitmaslik, talabchanlikni bo’shashtirmaslik kabi shartlarga muvofiq qo’llaniladi.


Jazolash shaxsning xatti-harakati, faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Jazo ham o’quvchining individual xatti-harakatlari va umumjamoaning faoliyati uchun qo’llaniladigan eng so’nggi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo’llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash kabi usullardan foydlanish mumkin emas, o’quvchini qo’rqitish, g’azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Aksincha, o’quvchi qo’rqqanda yolg’on gapirishni o’rganadi, ikki yuzlamachi bo’lib qoladi.
Ta’lim amaliyotida quyidagi jazo choralarini qo’llash mumkin:


Tanbeh berish eng muhim jazo chorasi. O’qituvchi o’qituvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo’yish mumkin.
Ogohlantirish sodir etilishi mumkin bo’lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo’llaniladi.
Hayfsan berish o’quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar asosida baholash. Agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o’quvchi belgilangan intizomni buzaversa, uning aybi qay darajada bo’lishi va intizomni qanday sharoitda buzganligini inobatga olib unga hayfsan e’lon qilish mumkin.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin