2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar


Shaxs dunyoqarashini shakllantirishda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning roli



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə135/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

Shaxs dunyoqarashini shakllantirishda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning roli. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o’ringa ega bo’lib, uni samarali tashkil etish o’quvchida ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi.

Axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me’yorlardir. Axloq (lotincha “moralis” - xulq-atvor) ijtimoiy munosabatlarni, shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, jamiyat tomonidan tan olinib, rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari yig’indisi. Axloqiy me’yorlar to’g’risidagi bilimlar o’quvchilar ongiga ta’lim-tarbiya jarayonida singdirib boriladi. Axloqiy tarbiyaning natijasi o’quvchilarda axloqiy ong va faoliyat ko’nikmalari, axloqiy madaniyat shakllanishida ko’rinadi.


Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta’lim-tarbiya jarayonida yo’lga qo’yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq xo’jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo’lga kirish bilan O’zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro’-e’tiborining oshishiga o’zining munosib hissasini qo’shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to’g’risidagi ma’lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko’rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi.


Axloqiy tarbiya o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg’u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero, ular birligida ma’lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o’quvchilarning komil shaxs bo’lib kamol topishlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:

Yuksak ma’naviy komillik, yurt ozodligi, obodligi va xalq farovonli yo’lida fidokorona mehnat qilish, o’ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchan bo’lish, o’zida irodaviy sifatlarni tarbiyalay olish, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijodkorlik hamda mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo’lish kabi xislatlarni mustaqil O’zR hayotida ustuvor bo’lgan tamoyillar sifatida e’tirof etish mumkin.


O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi asoslari tayanch omillar sanaladi.
Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma’ruza, bahs-munozara, konferentsiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o’zining ijobiy natijalarini beradi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin