2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar


Kompensatsiya (yunoncha “compensatio” – “o’rnini to’ldirish”)



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə177/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

5. Kompensatsiya (yunoncha “compensatio” – “o’rnini to’ldirish”) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish, qayta qurishdir. Bu jarayoni oliy asab tizimning zahira imkoniyatlariga tayanadi.
6. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha “rehabilitas” – “qobiliyatini tiklash”) anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga ko’ra ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Reabilitatsiya nuqsonlarini yo’qotish va kamaytirishga yordam beradigan maxsus tibbiy vositalar, maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Reabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli toifalari uchun maxsus o’quv muassasalarida hal etiladi. Ularda o’quv jarayoni bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga tayangan holda tashkil etiladi.
7. Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha “adapto” – “moslashish”) anomal bolalarning individual, guruhli xulqlarini ijtimoiy qoidalar, qadriyatlarga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarga kirishish qiyin, ular ijtimoiy o’zgarishlarga qiyin moslashadilar, murakkab talablarni bajara olmaydilar. Ijtimoiy adaptatsiya anomal bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
8. Oila tarbiyasi ijtimoiy reabilitatsiyani samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Oila va maxsus ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlik anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkon qadar kasb ko’nikmalarini shakllantiradi.


Anomal o’quvchilar bilan olib boriladigan korrektsion ishlar yo’nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi, xulqida nuqsoni bo’lgan bolalarni ijtimoiylashtirish murakkab jarayon hisoblanadi. Bu boradagi korrektsion-pedagogik quyidagi yo’nalishlarda tashkil etiladi:

Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim va korrektsion-tarbiyaviy ishlar pedagog, ijtimoiy-pedagog, psixolog, logoped, tibbiyot xodimlari, jumladan, ortoped va boshqalar tomonidan tashkil etiladi. Ularning bu harakatlari korrektsion-pedagogik faoliyat deb yuritiladi.









Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin