2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə78/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

Mujassamlashtirilgan ta’lim o’quv materiallarini o’quvchilarning bilish xususiyatlariga imkon qadar moslashtirishni ifodalaydi. Unga ko’ra mashg’ulotlar yaxlit mavzuni muayyan qismlarga bo’lib o’zlashtirilishga yo’naltiriladi. O’quv materiallarini bu tarzda o’zlashtirish bilish imkoniyatlari turlicha bo’lgan talabalar tomonidan mavzu mohiyatining puxta anglanishiga yordam beradi. Metodni qo’llashda o’quvchilar qobiliyati dinamikasini hisobga oluvchi ta’lim metodlari qo’llaniladi.
Modul ta’limi o’quv materiallarini boblar, bo’limlar yoki paragraflar majmui tarzida o’rganilishini ta’minlaydi. Bob, bo’lim yoki paragraflar majmui bloklar tarzida yaxlitlanadi. Bu ta’lim turini qo’llash o’quvchi (talaba)larni yangi pedagogik bilimlar, zamonaviy PT hamda ilg’or didaktik vositalardan xabardor qilishda samarali sanaladi. Mazkur ta’lim turidan o’quvchilarning mustaqil ta’lim olishlarini yo’lga qo’yish, ularni o’quv materiallari bilan ta’minlash va o’quv faoliyatlari yuzasidan monitoringni tashkil etishda foydalanish mumkin. Modul ta’limi o’quvchilarni masofada ham samarali natijalarni beradi. Bunda o’quvchilar bloklarda chop etilgan yoki kompyuter varianti ko’rinishidagi o’quv materiallari bilan ta’minlanadilar. O’quvchilar o’quv materiallarini o’rganganlaridan so’ng ularga nazariy bilimlarini mustaqil baholash, ularni mustahkamlashga xizmat qiladigan topshiriq (mashq)lar yuboriladi.
Rivojlantiruvchi ta’lim talabalarning ichki imkoniyatlari va ularni ro’yobga chiqarishga yo’naltiriladi. Ushbu ta’lim turiga ko’ra mashg’ulotlarda amaliy treninglardan keng foydalaniladi. Amaliy treninglar talabalarda pedagogik bilimlarni samarali o’zlashtirishga yordam berish bilan birga ularning imkoniyatlari to’la ro’yobga chiqishini ta’minlaydi. O’quv mashg’ulotlarida rivojlantiruvchi ta’lim elementi sifatida taqdimot metodidan foydalanish ham kutilgan natijalarni beradi. Bu metod talabalarda pedagogik faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashish, o’z ustida ishlash, mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini ham rivojlantiradi. Tadqimot metodidan seminar mashg’ulotlarda talabalarning bilimlarini baholash maqsadida foydalanish mumkin.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin