2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar


Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə162/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari. Har bir rivojlangan mamlakat o’z ta’lim tizimiga ega. Ta’lim tizimining shakllanishi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog’liq.

Respublika uzluksiz ta’lim tizimi DTSga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, tadqiqot ishlarini boshqaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari hamda ularga qarashli korxona, muassasa, tashkilotlarni o’z ichiga oladi.


Uzluksiz ta’lim bir nechta ta’lim turlarini o’z ichiga oladi. Ya’ni: maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muasasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat, xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar ishtirok etadi.
Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy (boshlang’ich va umumiy) va uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. O’qish muddati uch yil bo’lgan majburiy-ixtiyoriy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi bo’lib, umumiy o’rta ta’lim negizida tashkil etiladi.




AL va KHKning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Diplom asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga egadirlar.
Oliy ta’lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida ikki bosqich (bakalavriyat, magistratura)da tashkil etiladi, yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish davlat grantlari va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.





Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin