Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi.
Maktabdan tashqari ta’lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda yo’lga qo’yilib, bolalar hamda o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.
Hozirgi davrda jahonda ta’lim tizimining ahvoli. Ta’lim jamiyatning ijtimoiy-iqtisoldiy va madaniy taraqqiyotiga mos ravishda rivojlanib boradi. Rivojlangan xorijiy davlatlar o’zlarining puxta asoslangan ta’lim tizimlariga egadirlar. Bu o’rinda AQSh, Frantsiya, Yaponiya davlatlari ta’lim tizimlarining mohiyati yoritiladi.
1. AQSh ta’lim tizimi. Ushbu mamlakatda ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan o’quv yurtlari davlat, jamoa, xususiy tasarruflar hamda diniy muassasalarga tegishli bo’lishi mumkin.
Amerika Qo’shma Shtatlarining maktablari uchun yagona o’quv rejasi mavjud emas. Har bir shtat o’z o’quv rejasiga ega. Shunga ko’ra Shtatlarda boshlang’ich ta’lim 4, 5, 6 va 8 yillik bo’lishi mumkin.
2. Yaponiya ta’lim tizimi. Yaponiya ta’lim tizimi o’z ichiga maktabgacha ta’lim muassasalari, boshlang’ich maktablar, yuqori o’rta maktablar va oliy ta’lim beradigan universitetlarni oladi. Shunga ko’ra ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
Oliy ta’lim tizimiga kirgan bo’lsa-da, o’rta maxsus ta’lim beradigan kichik kollej, texnik kollej, maxsus tayyorgarlikdan o’tish imkonini beruvchi kollejlar ham mavjud. Yaponiyada faoliyat olib borayotgan 460 ta universitetning yarmidan ko’pi xususiydir.
Dostları ilə paylaş: |