2-Mavzu: Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti. Reja


-  ish stоli - аsоsiy sоhа;  -



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix27.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#90374
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 mavzu Dasturiy ta\'minot


ish stоli - аsоsiy sоhа; 

mаsаlаlаr pаnеli («Пуск» tugmаchаsi bilаn bоshlаnаdigаn qаtоr) - оdаtdа ekrаnning quyi 
qismidа jоylаshаdi. 
Kompyuterda ishni tugаtgаch, sichqоnchаni «Пуск» tugmаchаsidа bоsib «Выключить 
компьютер» (Kompyuterni o‘chirish) bo‘limini tаnlаsh kеrаk, hоsil bo‘lgаn sаvоl-jаvоb оynаsidаn 
«Выключение» (O‘chirish) buyrug‘i tаnlаniladi.
Kompyuterni o‘chirishdаn аvvаl hаmishа bаrchа оchilgаn ilоvаlаr yopilishi kerak. 
 
Windows 7 operatsion tizimi 2009-yilda ishlab chiqarilgan bo’lib sotuvga 2010-yilning 22-
oktabrida chiqarilgan. 


45 
U dizayn buyicha Windows VISTAdan va tezlik buyicha Windows XP dan o’zib ketdi. «7» 
soni Microsoft Windows korporatsiyasini yangi Operatsion tizimi ekanligini bildiradi. Windows 7 
ni o’rnatish haqida gapiradigan bo’lsak ushbu maqolani printerdan chiqarib olib qo’llanma sifatida 
ishlatishingiz tavsiya qilinadi.Windows 7 operatsion tizimini texnik talablari: 
Xar qanday dasturni kompyuteringizga o’rnatishdan oldin uning texnik talablari bilan tanishib 
chiqishingizni maslaxat bergan bo’lardim. Bu ayniqsa OT o’rnatguncha muhim ahamiyatga ega. 
Windows 7 OT ni to’liq talablari bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.
Qisqacha (odatdagi) talablar: x32 yoki X64 razryadli protsessor. Ish chastotasi 1 Gigagers 
(1GHh) yoki undan yuqori; 1GB (x32 uchun) yoki 2 GB (x64 uchun) operativ xotira (OZU); 16 GB 
(x32 uchun) yoki 20 GB (x64 uchun) vinchesterda bo’sh joy; Videokarta DirectX 9 WDDM 1.0 
versiyasi bilan yoki undan yuqori. 
“Windows 8.1” yangi operatsion tizimi chiqdi 
“Microsoft” kompaniyasi “Windows 8.1” yangi operatsion tizimi chiqarilgani haqida e'lon 
qildi. Endi foydalanuvchilar “Pusk” tugmachasini izlab o'tirmaydi. Yangi operatsion tizim 2012 yil 
oktyabrida chiqarilgan “Windows 8”ning jiddiy ravishda yangilangan versiyasi hisoblanadi. Mazkur 
tizim “Internet Explorer 11” brauzeri bilan etkazib beriladi. U yangi dasturlarga ega va “Windows” 
interfeysiga o'zgarishlarni qo'shishi mumkin. “Windows 8.1”ning tizimli talablari oldingi opreatsion 
tizimnikiga mos keladi. Kompyuterdagi barcha parametrlar va unda saqlanayotgan fayllar 8 dan 8.1 
ga o'tganda o'zgarishi yoki yo'qolmasligi kerak.Kompaniya vakillarining so'zlariga ko'ra, 
kompyuterlariga Vista, Windows XP yoki Windows 7 operatsion tizimlarini o'rnatganlar uchun 
yangi tizim pullik bo'ladi. Uning narxi “Windows 8”nikiga tenglashtirilmoqda. Yangi tizimni 
chakana savdo do'konlaridan va kompaniyaning rasmiy saytidan sotib olish mumkin. Internetdagi 
yangi mahsulotlarni o'rganish bilan shug'ullanuvchi “NetMarketShare” tadqiqotchilik firmasi 
ekspertlarining aytishcha, “Windows 8” operatsion tizimi chiqqaniga bir yil bo'lganiga qaramasdan, 
u bozorning bor-yo'g'i 8%ni egallab turibdi. Ushbu ko'satkich bo'yicha u “Apple”ning OS X 
tizimidan biroz oldinda (7%), ammo “Windows 7” (46,4%) va “XP”dan (31,4%) sezilarli darajada 
ortda kelmoqda. 


46 
Windows 10 operatsion tizimi 
 
Microsoft kompaniyasi Windows 10 yangi operatsion tizimini ishlab chiqdi. U bilan birga, 
deyarli 1 gigabayt hajmda «birinchi kundan» yangilandi. 
Yangilanishda chiqarishdan ikki hafta oldin aniqlangan xato va kamchiliklar tuzatildi va 
bartaraf etildi. Gap shundaki, Windows Insider dasturi 15-iyulda olingan 10240 ishtirokchilardan 
nomzodlar ma’lumotnomalari jamlandi. 
Microsoft bir soniyada 40 terabayt o‘tkazishga qodir tayanch jahon Internet-provayderlari 
kanallarini zahiralagan. Bu millionlab, foydalanuvchilarga katta ma’lumotlar paketlarini saqlab 
olish imkonini beradi. Windows 10 yangilanishidan 190 mamlakatdagi aholi foydalana oladi. Agar 
foydalanuvchida litsenziyalangan Windows 7 va Windows 8.1ga ega bo‘lsa, yangilanishni 
Windows yangilanish markazidan bepul amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, axborot tashuvchi 
(ehtimol, bu fleshka bo‘lishii mumkin) yordamida sotib olingan ISO-obrazi yoki Windows 10 
o‘rnatilishi asosida amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan. 
Afsuski, Windows 10ning barcha funksiyalari ham rus tilida (o‘zbek tilida ham) qo‘llab-
quvvatlanmaydi. Yangi operatsion tizim — Cortana raqamli yordamchi — hozircha boshqa tilni 
«tushunmaydi» va «gapirmaydi». 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin