2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

 
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS 
TA'LIM VAZIRLIGI 
 
 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
TARIX KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
FAN VA TEXNIKA TARIXI
 
 
 fanidan 
 
 
 
SEMINAR MASHG’ULOTLARI UCHUN 
USLUBIY KO’RSATMA 
(II kurs talabalari uchun) 
Bilim sohasi:
100000 – Gumanitar fanlar va san’at 
Ta’lim sohasi: 
120000 – Gumanitar fanlar 
Ta’lim yo`nalishi:
5120300 – Tarix (jahon mamlakatlari bo`yicha) 
 
 
 
 
 
 
NAMANGAN - 2022 
 


115 
 
 
“Fan va texnika
” fanidan seminar mashg'ulotlari uchun uslubiy ko'rsatma. 
(Tarix yo’nalishi II kurs talabalari uchun) 
Ushbu uslubiy ko'rsatmada 
“Fan va texnika
” fani seminar mashg'ulotlari 
uchun o'tiladigan mavzularning rejalari, rejaga muvofiq uslubiy maslahatlar, seminar 
mashg'ulotlariga talabalarni mustaqil tayyorgarlik ko'rishlari uchun asosiy va 
qo'shimcha adabiyotlar manba sifatida berilgan. Ushbu uslubiy ko'rsatmadan 
universitet talabalari va fan o'qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Mas'ul muharrir:
t.f.n. A. Erqo’ziyev 
Taqrizchi:
t.f.n. A.Sarimsoqov 
t.f.n., dots. Z.Madrahimov 
Tuzuvchilar:
A.Nurmatov 
Uslubiy ko'rsatma Tarix kafedrasining 2022 yil 25 avgustdagi 1- sonli, ijtimoiy 
iqtisodiy fakultetining 29 - avgustdagi 1- sonli kengashida ko'rib chiqilib, o'quv 
jarayoniga tavsiya etilgan va NamDU o'quv-uslubiy kengashining 20- sentyabrdagi 
№ 2 sonli bayonnomasida ko'rib chiqilib, nashrga tavsiya etilgan.


116 
Kirish 
Mustaqillik tom ma'noda O‘zbekiston tarixining yangi davrini boshlab berdi. 
Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan joy egalladi. Mustaqil 
taraqqiyotning Ushbu dastur fan tarixi kursining predmeti, maksad va vazifalari, 
yigirma to‘rt yillik mobaynida vatanimizda amalga oshirilgan ishlar ko‘lami asrlarga 
tatigulik bo‘ldi. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ma'naviyat sohalarida katta 
islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta'lim sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni 
alohida ta'kidlash lozim. Barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan Milliy 
dastur o‘z samarasini bermoqda. Bugun dunyoda kechayotgan mafkuraviy qarama-
qarshiliklar ta'siridan yoshlarni himoyalash uchun ularda tarixiy tafakkurni 
shakllantirish zarur. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning 
tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni 
mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan 
to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish 
va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish 
kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi. 
Shuningdek, “Fan va texnika tarixi” fani haqidagi bilimlarni qaror toptirish 
mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot 
ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar 
buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. 
Oliy ta'limning bakalavriatida tarixning umumiy o'rta, o'rta-maxsus va kasb-hunar 
ta'limi, kollejlarda qamrab olinmagan tomonlari muammoli tarzda, nazariy va 
seminar mashg'ulotlari asosida o'qitiladi.
Oliy o'quv yurti talabasi nazariy olgan bilimlarini seminar mashg'ulotlar orqali 
mustahkamlab borishi kerak. Seminar mashg'ulotlariga talaba qanday tayyorgarlik 
ko'rishi kerak va bu borada nimalarga e'tibor berish kerak? Seminar mashg'ulotlari 
qay tarzda o'tkazilishi maqsadga muvofiq? Shularni hisobga olib, “Fan va texnika 
tarixi” fanidan seminar mashg'ulotlari bo'yicha reja asosida o'quv-uslubiy ko’rsatmani 
nashr etishni maqsadga muvofiq deb topdik. 
Seminar – bu tegishli mavzular bo'yicha talabalarning faol ishtirokida 
o'tkaziladigan guruhiy mashg'ulotlarning bir shakli. Talaba seminar mashg'ulotiga 
tayyorgarlik ko'rish jarayonida quyidagilarga e'tibor berishi zarur: 
-berilgan mavzu tarkibidan o'rin olgan, yoritilishi ko'zda tutilgan masalalar 
mohiyatiga; 
-tavsiya etilgan adabiyotlarning rejadagi masalalarni yoritishdagi o'rniga;
-mavzu bo'yicha ma'ruza materiallariga. .
Seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik davomida talabaning shu mashg'ulot 
masalalarini qanchalik yoritishi mezoni qanday? Bizningcha, talabani qanchalik ko'p 
yozgani emas, balki qanchalik masalani chuqur tushungani va erkin, lo'nda qilib 
tushuntira olgani muhim. Mashg'ulotda boshidan oxirigacha o'qib berish talabaning 
zo'r 
tayyorgarlik 
ko'rganidan 
dalolat 
bermaydi. 
O'ylaymizki, 
seminar 
mashg'ulotlarining dastlabki kunlaridanoq, talaba yozib, tayyorlanib kelganini 
og'zaki, mustaqil bayon qilishga odatlanishi kerak. To'g'ri, masalani yoritilishi 
dastlabki paytlarda o'qib bergandek silliq, ravon chiqmasligi mumkin, ammo jonli, 
mustaqil, erkin mushohadaga asoslangan holda chiqishi muqarrar.


117 
Talaba seminar mashg'uloti rejasidagi masalani yozma yoritgandan so'ng aynan 
ushbu masala bilan bog'liq savollarni o'zi tuzishi ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Zero, har qanday savol zaminida ma'lum ma'noda bilim yotadi. Shuningdek, talaba 
shu seminar mashg'uloti bo'yicha mustaqil tayanch iboralari hamda test savollari 
tuzishi ham bilimni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Tuzgan savollaringizdan 
yana guruhdoshingiz seminar mashg'ulotida rejadagi masalni yoritib bo'lgandan keyin 
ham foydalnishi mumkin. Aniqrog'i, kursdoshingizga savol bilan murojaat qilishingiz 
mumkin. Seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlikda tarixiy, siyosiy terminlar 
mohiyatini o'rganish ham zarur hisoblanadi.
Seminar mashg'ulotlari talabalar tomonidan bahsli o'tkazilsa, yanada esda 
qoladigan bo'ladi. Albatta, talaba bahsli masalalar bo'yicha o'z fikrini bayon qilishga 
hamda uni asoslashga harakat qilishi kerak.
O'z 
navbatida 
talabalar 
munozaralar 
yuritish 
madaniyatini 
ham 
egallamoqliklari zarur. Zero, har bir bahs-munozara natijasi murosasizlikka emas, 
haqiqatni, masala mohiyatini yoritishga xizmat qilishi kerak.
Ushbu uslubiy qo'llanmada mustaqil ta'lim mavzulari ham berildi. Albatta, 
keltirilgan mustaqil ta'lim mavzularini doirasi kengayishi, takomillashtirilishi ham 
mumkin. Yana shuni qayd etish lozimki, seminar mavzulari ma'ruza mavzulari bilan 
aynan bir xil emas. Bundan maqsad shuki, talaba ma'ruzada ko'tarilgan muhim 
masalalardan birini chuqur va atroflicha o'rganib, seminarga tayyorgarlikda yanada 
kengroq ma'lumotga ega bo'lishi ko'zda tutilgan.
Hurmatli talabalar! Mazkur uslubiy ko’rsatma sizni “Fanva texnika tarixi”ni 
chuqurroq o'rganishingizda doimiy hamkoringiz, maslahatchingiz bo'lib qoladi deb 
umid qilamiz. O'ylaymizki, ushbu o'quv qo'llanma ham juz'iy kamchilik va 
nuqsonlardan xoli bo'lmasligi mumkin. Bu borada mutaxassislar tomonidan 
bildiriladigan taklif va mulohazalarni samimiyat bilan qabul qilami.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin