5-mavzu. IX-XI asrda Musulmon uyg‘onish davri. Sharq olimlarining dunyo ilmiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi Reja 1. IX–XI asrda Musulmon Uyg‘onish davrida fanning rivojlanishidagi o‘ziga xos
xususiyatlar.
2. Islom-mintaqa xalqlari madaniy munosabatlarini bog‘lovchisi sifatida. O‘tmish
madaniy va ilmiy merosini saqlash rivojlantirish va yanada boyitish.
3. Ma'mun Akademiyasi. Dunyoviy va diniy ilmiy bilimlarning uyg‘unligi va o‘zaro
bir-birini boyitish (al-Farg‘oniy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Yugnakiy va boshqalar).
4. Sharq qomusiy olimlari (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy).
5. Gumanitar bilimlarning atoqli arboblari (Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib,
Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy, Narshaxiy, Marg‘inoniy, Moturidiy va boshqalar).
So‘fizm ta'limoti.
6. Fanlarning klassifikatsiyasi.
E'tibor bering Islomning mintaqa xalqlari madaniy-ma'naviy hayotida tutgan o‘rni. Islom va
ilm. Musulmon Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyatlari. Bag‘doddagi “Bayt-ul-
hikma” va unda dunyoviy fanlarning rivojlanishi. Dunyoviy va diniy ilmlarning
o‘zaro uyg‘unligi. Musulmon Sharqi olimlari asarlarida ilmlar tasnifi muammosi.
“Arab ilmlari”ning tavsifi. Fiqh, Kalom, Grammatika (sarf va nahv), she'riyat va
aruz, tarix. “Arab bo‘lmagan” ilmlarga tavsif. Falsafa, mantiq, tib, arifmetika,
handasa, ilm an-nujum, musiqa, mexanika va kimyo (Abu Abdulloh Xorazmiy
“Mafotih-al-Ulum”asaridan). Sharqda ilk madrasalarning vujudga kelishi. Nizomiya
madrasasi va Nizomulmulk. Samarqandda Ibrohim Tamg‘achxon tomonidan ilk
madrasaning bunyod etilishi. Buxorodagi Farjak madrasasi. O‘rta asrlardagi
madrasalarda ta'lim tizimi.
Antik davr grek va rim mualliflari asarlarining arab tiliga tarjima etilishi Islom
sivilizatsiyasining G‘arbiy yevropaga ta'siri. Tasavvuf musulmon dunyoqarashidagi
muhim g‘oyaviy oqim. Islom fiqhshunosligi. Burhonuddin Marg‘inoniy va uning
“Hidoya”asari.