E'tibor bering Ilk O‘rta asr yevropasida madaniy-ma'rifiy va mafkuraviy jarayonlar. Xristian
dinining insonning barcha faoliyati ustidan hukmronligi. Diniy maktablardagi tahsil.
Avreliy Avgustinning xristian ilohiyotchilaridan biri sifatida G‘arbiy yevropa o‘rta
asr ma'naviy-diniy hayotiga katta ta'siri. U tomonidan xristian tarix falsafasiga asos
solinishi. Karl tomonidan IX asr boshida yevropada eng katta imperiyani barpo
etilishi. Karoling uyg‘onish hodisasi. Karl saroyida ikki bosqichli ta'lim tizimidan
iborat Akademiyani barpo etilishi. Buyuk Karl saltanatida tashkil etilgan maktablarda
ikki bosqichli tizim. O‘rta asrda sxolastika.VII-VIII asrlarda bilimlarni tartiblashtirish
shakli bo‘lgan qomusiy to‘plamlarni tuzilishi va uning ahamiyati. yepiskop Isidor
Sevilskiy tomonidan 20 jildli qomusiy asar – “Boshlang‘ichlar yoki etimologiya”ning
yozilishi. 787 yil “Fan to‘g‘risida Kapitulyariy”ning e'lon qilinishi.
Alkuin o‘rta asrlar yevropa falsafasining asoschisidir. Kirill va Mefodiy
slavyanlarning to‘ng‘ich ma'rifatchilardandir. IX asr o‘rtalarida Kirill greklar alifbosi
asosida slavyan alifbosini yaratishi. Per Abelyar. Buyuk Albert va Foma Akvinskiy
o‘rta asr yevropasining buyuk donishmandlari. R.Bekon, U.Okkam, Duns Skot va
yevropa fani. Cherkov sudi – inkvizitsiyaning hurfikrlilikka qarshi kurashi. XII asrda
yevropada dastlabki oliy maktablar universitetlarning paydo bo‘lishi. Bolone, Parij,
Oksford, Praga, Krakov universitetlari. XII asrda Fransiyada yaratilgan “Roland
haqida qo‘shiq” dostoni. XII asrda universitet kutubxonalarining tashkil topishi.
1260-1295 y.y. Venetsiyalik Marko-Poloning Markaziy Osiyo va Xitoyga sayoxati.
“Marko Polo kitobi”ning ilmiy ahamiyati.
9 - mavzu. Uyg‘onish davri. XIV-XVI asrlar Yevropada ilmiy ilimlar rivojida yangi davr Reja 1.Uyg‘onish davri yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga javob sifatida.
2.Gumanizm (insonparvarlik) va atropotsentrizm (inson koinot markazi).
E'tibor bering G‘arbiy yevropada Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyatlari. Gumanizm va
antropotsentrizm. XV-XVI asrlarda fanning teologiya bilan o‘z aloqasini uza borishi.
Dunyoviy
fanlarning
rivojlanishi.
Tajribaviy
metodlarni
tabiatshunoslikda
qo‘llanilishi. Xristian dini mavqyeining pasayib borishi. Dante, Petrarka, Erazm
Rotterdamskiy va Mishel Monten. Renessans davrining yirik namoyandalari. Nikolay
Kopernik, Nikolay Kuzanskiy va Paratsale Uyg‘onish davri naturfalsafachilaridir.
Nikolo Makiyavelli, Jordano Bruno, Leonardo da Vinchi, Galileo Galiley, Blez
Paskal, Isaak Nyuton kabi olimlarning fan olamidagi jasoratlari Torichelli tomonidan
simob termometr yaratilishi. 1590yil Z.Yansen tomonidan mikroskopning kashf
etilishi. Birinchi kitobning bosmadan chiqarilishi. Xristafor Kolumb tomonidan
Amerikaning kashf qilinishi. Vasko de Gama Afrikani aylanib o‘tib, Hindistonga
123
boradigan dengiz yo‘lini ochishi va uning ahamiyati. Magellan tomonidan yer
kurrasining sharsimon ekanligini isbotlanishi. Geografiya va kartografiya sohalarini
fan sifatida e'tirof etilishi. Ilmiy anatomiya va fiziologiya asoslari fan sifatida
o‘rganilishining boshlanishi. Ximiya va astronomiya sohalarida katta yutuqlarga
erishishi. Tomas Mor, Fransua Rable va Vilyam Shekspirlar G‘arbiy yevropaning
buyuk gumanist ijodkorlaridandir.