2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

E'tibor bering
Ilk O‘rta asr yevropasida madaniy-ma'rifiy va mafkuraviy jarayonlar. Xristian 
dinining insonning barcha faoliyati ustidan hukmronligi. Diniy maktablardagi tahsil. 
Avreliy Avgustinning xristian ilohiyotchilaridan biri sifatida G‘arbiy yevropa o‘rta 
asr ma'naviy-diniy hayotiga katta ta'siri. U tomonidan xristian tarix falsafasiga asos 
solinishi. Karl tomonidan IX asr boshida yevropada eng katta imperiyani barpo 
etilishi. Karoling uyg‘onish hodisasi. Karl saroyida ikki bosqichli ta'lim tizimidan 
iborat Akademiyani barpo etilishi. Buyuk Karl saltanatida tashkil etilgan maktablarda 
ikki bosqichli tizim. O‘rta asrda sxolastika.VII-VIII asrlarda bilimlarni tartiblashtirish 
shakli bo‘lgan qomusiy to‘plamlarni tuzilishi va uning ahamiyati. yepiskop Isidor 
Sevilskiy tomonidan 20 jildli qomusiy asar – “Boshlang‘ichlar yoki etimologiya”ning 
yozilishi. 787 yil “Fan to‘g‘risida Kapitulyariy”ning e'lon qilinishi.
Alkuin o‘rta asrlar yevropa falsafasining asoschisidir. Kirill va Mefodiy 
slavyanlarning to‘ng‘ich ma'rifatchilardandir. IX asr o‘rtalarida Kirill greklar alifbosi 
asosida slavyan alifbosini yaratishi. Per Abelyar. Buyuk Albert va Foma Akvinskiy 
o‘rta asr yevropasining buyuk donishmandlari. R.Bekon, U.Okkam, Duns Skot va 
yevropa fani. Cherkov sudi – inkvizitsiyaning hurfikrlilikka qarshi kurashi. XII asrda 
yevropada dastlabki oliy maktablar universitetlarning paydo bo‘lishi. Bolone, Parij, 
Oksford, Praga, Krakov universitetlari. XII asrda Fransiyada yaratilgan “Roland 
haqida qo‘shiq” dostoni. XII asrda universitet kutubxonalarining tashkil topishi. 
1260-1295 y.y. Venetsiyalik Marko-Poloning Markaziy Osiyo va Xitoyga sayoxati. 
“Marko Polo kitobi”ning ilmiy ahamiyati. 
9 - mavzu. Uyg‘onish davri. XIV-XVI asrlar Yevropada ilmiy ilimlar rivojida 
yangi davr 
Reja 
1.Uyg‘onish davri yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga javob sifatida. 
2.Gumanizm (insonparvarlik) va atropotsentrizm (inson koinot markazi). 
E'tibor bering
G‘arbiy yevropada Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyatlari. Gumanizm va 
antropotsentrizm. XV-XVI asrlarda fanning teologiya bilan o‘z aloqasini uza borishi. 
Dunyoviy 
fanlarning 
rivojlanishi. 
Tajribaviy 
metodlarni 
tabiatshunoslikda 
qo‘llanilishi. Xristian dini mavqyeining pasayib borishi. Dante, Petrarka, Erazm 
Rotterdamskiy va Mishel Monten. Renessans davrining yirik namoyandalari. Nikolay 
Kopernik, Nikolay Kuzanskiy va Paratsale Uyg‘onish davri naturfalsafachilaridir. 
Nikolo Makiyavelli, Jordano Bruno, Leonardo da Vinchi, Galileo Galiley, Blez 
Paskal, Isaak Nyuton kabi olimlarning fan olamidagi jasoratlari Torichelli tomonidan 
simob termometr yaratilishi. 1590yil Z.Yansen tomonidan mikroskopning kashf 
etilishi. Birinchi kitobning bosmadan chiqarilishi. Xristafor Kolumb tomonidan 
Amerikaning kashf qilinishi. Vasko de Gama Afrikani aylanib o‘tib, Hindistonga 


123 
boradigan dengiz yo‘lini ochishi va uning ahamiyati. Magellan tomonidan yer 
kurrasining sharsimon ekanligini isbotlanishi. Geografiya va kartografiya sohalarini 
fan sifatida e'tirof etilishi. Ilmiy anatomiya va fiziologiya asoslari fan sifatida 
o‘rganilishining boshlanishi. Ximiya va astronomiya sohalarida katta yutuqlarga 
erishishi. Tomas Mor, Fransua Rable va Vilyam Shekspirlar G‘arbiy yevropaning 
buyuk gumanist ijodkorlaridandir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin