10 - mavzu. Dunyoviy fanning paydo bo‘lishi Reja 1.Dunyoviy fanning paydo bo‘lishi (Paratsele, N.Makyavelli, J.Bruno, N.Kopernik,
Leonardo da Vinchi, Galiley va boshqalar).
2.Buyuk geografik kashfiyotlar (X.Kolubm, Vasko de Gama, F.Magellan
sayohatlari).
E'tibor bering Dunyoviy
fanlarning
rivojlanishi.
Tajribaviy
metodlarni
tabiatshunoslikda
qo‘llanilishi. Xristian dini mavqyeining pasayib borishi. Dante, Petrarka, Erazm
Rotterdamskiy va Mishel Monten. Renessans davrining yirik namoyandalari. Nikolay
Kopernik, Nikolay Kuzanskiy va Paratsale Uyg‘onish davri naturfalsafachilaridir.
Nikolo Makiyavelli, Jordano Bruno, Leonardo da Vinchi, Galileo Galiley, Blez
Paskal, Isaak Nyuton kabi olimlarning fan olamidagi jasoratlari Torichelli tomonidan
simob termometr yaratilishi. 1590yil Z.Yansen tomonidan mikroskopning kashf
etilishi. Birinchi kitobning bosmadan chiqarilishi.
11 - mavzu. Markaziy Osiyoda Amir Temur davri fan taraqqiyoti Reja 1. Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatning yuksakligi.
2. Amir Temur saroyidagi olimlar (Taftazoniy, Jurjoniy, Nizomiddin, Nizomiddin
Shomiy va boshqalar).
3.Naqshbandiy va uning maktabi.
4.Matematika, astronomiya, geografiya va tibbiyot taraqqiyoti.
E'tibor bering Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatning yuksalishi.
Temur tomonidan Samarqand Akademiyasi asoslarining yaratilishi. Amir Temurning
markazlashgan davlati fan va madaniyatning rivojlanishi uchun omil. Samarqand
madrasalari va saroy kutubxonasi. Mashhur faylasuf Taftazoniy va uning 40 dan
oshiq asarlarida kalom, mantiq, handasa, she'riyat, arab tili grammatikasi
masalalarining yoritilishi. Jurjoniy Samarqandning yetuk allomasi. Nizomiddin
Shomiy va uning “Zafarnoma” asari. Naqshbandiy va uning maktabi. “Temuriylar
Renessansi”. Samarqand Akademiyasi. Mirzo ulug‘bekning imiy faoliyati. U
tomonidan Buxoro, Samarqand va G‘ijduvonda madrasalar bunyod etilishi. Mirzo
Ulug‘bek tomonidan Samarqandda Rasadxona qurilishi va unda osmon jismlarining
o‘rganilishi. “Ziji Kuragoniy” asari. Mirzo Ulug‘bek maktabi vakillari Qozizoda
Rumiy, Ali Qushchi va G‘iyosuddin al-Koshiy, Hirot akademiyasi. Alisher Navoiy va
uning o‘zbek adabiy tili rivojiga qo‘shgan hissasi. Zahiriddin Muhammad Bobur olim
sifatida “Boburnoma” muhim tarixiy, ilmiy manba.