12-mavzu. Markaziy Osiyoda temuriylar davri fan taraqqiyoti Reja 1.Mirzo Ulug‘bekning ilmiy faoliyati.
2.Ulug‘bekning ustoz va shogirdlari (Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar).
3.Alisher Navoiy va uning o‘zbek adabiy tili rivojiga qo‘shgan hissasi.
4.Zahiriddin Muhammad Bobur olim sifatida.
E'tibor bering Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatning yuksalishi.
Temur tomonidan Samarqand Akademiyasi asoslarining yaratilishi. Amir Temurning
markazlashgan davlati fan va madaniyatning rivojlanishi uchun omil. Samarqand
madrasalari va saroy kutubxonasi. Mashhur faylasuf Taftazoniy va uning 40 dan
oshiq asarlarida kalom, mantiq, handasa, she'riyat, arab tili grammatikasi
masalalarining yoritilishi. Jurjoniy Samarqandning yetuk allomasi. Nizomiddin
Shomiy va uning “Zafarnoma” asari. Naqshbandiy va uning maktabi. “Temuriylar
Renessansi”. Samarqand Akademiyasi. Mirzo ulug‘bekning imiy faoliyati. U
tomonidan Buxoro, Samarqand va G‘ijduvonda madrasalar bunyod etilishi. Mirzo
Ulug‘bek tomonidan Samarqandda Rasadxona qurilishi va unda osmon jismlarining
o‘rganilishi. “Ziji Kuragoniy” asari. Mirzo Ulug‘bek maktabi vakillari Qozizoda
Rumiy, Ali Qushchi va G‘iyosuddin al-Koshiy, Hirot akademiyasi. Alisher Navoiy va
uning o‘zbek adabiy tili rivojiga qo‘shgan hissasi. Zahiriddin Muhammad Bobur olim
sifatida “Boburnoma” muhim tarixiy, ilmiy manba.
13 - mavzu. Yangi davr fani. Fanning shakllanish jarayoni va uning zamonaviy talqini Reja 1.Ilmiy tajriba tadqiqotning yangi uslubi sifatida (R.Dekart, I.Nyuton va boshqalar).
Mexanika yutuqlari.
2.Insoniyat hayotida jamiyat va davlatning bir butun dunyoviy mexanizmiga umumiy
ta'limotning bo‘limi sifatida vujudga kelishi.
3.Fan va ishlab chiqarish o‘rtasida aloqalarining o‘rganilishi. XIX asr fanining turli
sohalaridagi to‘plangan bilimlarni tahlil qilish va tartibga solish davri. 4.Mexanistik
dunyoqarashdagi inqiroz va A.Eyshteynning ehtimollar nazariyasi.