2. Metallarning tabiatda uchrashi. Mentalning olinish isullari Metallar haqida tushuncha



Yüklə 43,15 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü43,15 Kb.
#177255
1   2   3
Metallar va ularning tabiatda uchrashi va olinish usullari

Metallarning tabiatda uchrashi.
Metallardan “asl” metallar oltin, platina, kumush (ba’zan mis, qalay, simob) tabiatda erkin ya’ni tug’ma holda uchraydi. Metallarning asosiy massasi Yer qobig’ida birikmalar holida uchraydi. Sof metallarni sanoat miqyosida hosil qilish uchun yarokli tabiiy xom ashyo metall rudalaridan foydalaniladi. Rudalar ko’pincha toza bo’lmaydi, ularga bekorchi. jinslar – qum, loy, ohaktosh va boshqalar aralashgan bo’ladi. Har qanaqa uda ishga tushirilishidan avval bekorchi jinslardan tozalanishi, boshqacha aytganda “boyitilishi” lozim. Ba’zan rudalarning boyitilgan shakli “konsentrat” deb ataladi. Rudalar turli usullar bilan, ko’pincha flotasion usulda boyitiladi. Metall rudalarning birinchi turkumi oksid rudalardir. Bungatemir rudalaridan qizil temirtosh (Fe2Oz), qo’ng’ir temirtosh (Fe3O4),alyuminiy rudasi – boksit (A12O3·2H2O),marganes rudasi – pirolyuzit(MnO2), qalay rudasi (SnO2), vismut oxrasi (Bi2O3) va boshqalar.
Juda ko’p metallar tabiatda sulfidlar holida uchraydi. Bunday rudalar odatda Yer po’stlog’ining chuqurrok qismiga joylashgan bo’lib, ularga suv, CO2, havo kislorodi ta’sir etmagan (shuning uchun ular birlamchi tog’ jinslar deb yuritiladi). Misol uchun, mis kolchedani (Cu2S·Fe2S3), mis yaltirog’i (Cu2S), kinovar (HgS), qo’rg’oshin yaltirog’i (PbS), pyx aldamasi (ZnS ) va boshqalar. Ba’zan bir necha metallarning sulfidlari aralash holda uchrab, polimetall rudani tashkil etadi. O’rta Osiyo, Kavkaz va Uzoq Shimol rayonlarda polimetall rudalar uchraydi. Ba’zi bir metallar xloridlar, sulfat, karbonat va fosfatlar holida uchraydi. Masalan, karnalit (KC1·MgCl2·6H2O), silvinit (KCl·NaCl), toshtuz (NaCl), kainit(MgSO4·KCl·3H2O), gips (CaSO4·2H2O)galmey (ZnCO3), oq qo’rg’oshin rudasi (PbSO3 ) va boshqalar.
Rudalardan metallar ajratib olishning bir necha usuli mavjud. Bu usullar qaytarilish, termik parchalanish va almashinish jarayonlariga asoslangan. Texnikada bu jarayonlar metallurgiyaning turli ko’rinishlari (pirometallurgiya, gidrometallurgiya, elektrometallurgiya) da amalga oshiriladi.
Metallardan oltin, platina va kumush (ba’zan Cu va Hg) tabiatda erkin holda uchraydi. Metallarning asosiy qismi yer qobig’ida birikmalar holida uchraydi va ular metall rudasi nomi bilan yuritiladi.
Rudalar ko’pincha toza bo’lmaydi, ularga bekorchi jinslar - qum, loy, ohaktosh va hokazolar aralashgan bo’ladi. Har qanday rudalar ishga tushurilishidan oldin bekorchi jinslardan tozalanishi, boshqacha aytganda “boyitilishi” lozim. Ba’zan rudalarning boyitilgan shakli “konsentrat” deb ataladi.
Metallarning birinchi turkumi oksidli rudalardir. Masalan:
Fe2O3 - qizil temirtosh,
Fe2O3×3H2O - qo’ng’ir temirtosh,
Fe3O4 - magnitli temirtosh,
Al2O3×2H2O - boksit,
SnO2 - qalay rudasi va boshqalar shular jumlasidandir.
Juda ko’p metallar tabiatda sulfidlar holida uchraydi.
Masalan: Cu2S×Fe2S3 - mis kolchedani,
Cu2S - mis yaltirog’i,
ZnS - rux aldamasi va h.zo.
Ba’zan bir necha metall sulfidlari aralash holda polimetall ruda shaklida uchraydi. Ba’zi metallar xlorid, sulfat, karbonat va fosfatlar holida uchraydi.
M: KCl×MgCl2×6H2O - karnallit; KCl×NaCl - silvinit; NaCl - toshtuz; poligalit - K2SO4×MgSO4×2CaSO4 ×2H2O.
Bundan tashqari ba’zi metallar silikatlar tarkibiga kiradi.
Rudadan metallarni toza holatda ajratib olishga metallarning olinishi deyiladi. Metallar rudadan turli usullarda ajratib olinadi.

Yüklə 43,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin