2. Mexanik energiya nima?


Jismlarning harakatini energiyaning saqlanish qonuni bilan qanday ifodalashimiz mumkin



Yüklə 203,5 Kb.
səhifə3/4
tarix02.02.2023
ölçüsü203,5 Kb.
#82328
1   2   3   4
Energiyaning saqlanish qonuni

Jismlarning harakatini energiyaning saqlanish qonuni bilan qanday ifodalashimiz mumkin.


Sistemamizda energiya saqlanib qolsa, tenglama tuzib energiyalar yigʻindisiga tenglashtirishimiz mumkin. Keyin tenglamalarni yechib tezlik, masofa yoki boshqa bir energiyaning oʻzgarishiga olib keladigan parametrni topish mumkin . Yechimni topish uchun yetarlicha parametrlarni bilmasak, tegishli parametrlar bilan grafik chizib yechimni qanday topishni koʻrish mumkin.

Nima sababdan abadiy harakatlanuvchi mashina hech qachon ishlamaydi.


Abadiy harakatlanuvchi mashina deganda tezligi umuman kamaymaydigan abadiy harakatlanadigan mashina gʻoyasi tushuniladi. Yillar davomida juda koʻplab xilma-xil, gʻalati va ajoyib mashinalar tasvirlangan. Ularning ichiga suv tushganda oʻzini oʻzi ishlata oladigan suvnasoslar, muvozanatlanmagan massalar orqali oʻzi yura oladigan gʻildiraklar va oʻzini oʻzi itaradigan magnitlarning turlicha koʻrinishi kiradi.
Koʻpgina qiziq narsalarga qaramasdan, bunday mashina hech qachon abadiy boʻlmagan va bundan buyon ham boʻlishi mumkin emas. Aslida bunday mashina mavjud boʻlgan taqdirda ham, u foydali boʻlmas edi. Bunday mashina ish bajarmagan boʻlardi. Eʼtibor bering, bu foydali ish koeffitsiyenti 100% dan koʻproq boʻlgan mashina gʻoyasidan farq qiladi, bu holatda energiyaning saqlanish qonuni aniq buziladi.
Mexanikaning asosiy qonuniyatlari abadiy harakatlanuvchi mashina gʻoyasiga qarshilik qilmaydi. Agar sistema tashqi muhitdan toʻliq ajratilsa va faqat konservativ kuchlar taʼsirida boʻlsa, energiya saqlanadi va mashina abadiy harakatlangan boʻlardi. Muammo shundaki, hayotda sistemani butunlay muhitdan ajratib boʻlmaydi va energiya hech qachon toʻlaligicha saqlanmaydi.
Hozirgi kunda energiyani saqlash uchun juda kichik ishqalanishga ega vakuumda aylanadigan gʻildiraklardan foydalanish mumkin. Shunday boʻlsa-da, ular ham energiya yoʻqotadi va bir necha yillar davomida toʻxtab qoladi [2]. Yerning oʻzi kosmosda oʻz oʻqi atrofida aylanib yurishi, ehtimol, bunday mashinaning katta namunasidir. Shunga qaramay, oy bilan oʻzaro taʼsirlashishi, suvning koʻtarilishi va boshqa samoviy jismlar tufayli u asta-sekin sekinlashmoqda. Aslida, har ikki yilda olimlar kunning oʻzgarishini hisobga olish uchun bizning soatimizga qoʻshimcha sekundni qoʻshishlari kerak.


Yüklə 203,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin