2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va toksikomaniya



Yüklə 57,83 Kb.
səhifə2/28
tarix10.05.2022
ölçüsü57,83 Kb.
#57347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va t

Asosiy tushunchalar: Jinsiy bezlar, jinsiy gormon, sedativ vosita, Eyforiya, Marixuana, Nasha, Opiy, Оnkоlоgiya.

Organizmning ko‘nikmalarga asoslangan imkoniyatlari, organizm zaxiralari. Salomatlikning yosh va jinsiy xususiyatlari. Sog‘liq shunday bir zahiraki, insonning deyarli barcha ko‘nikmalariga asoslangan imkoniyatlarini qondirish darajasi unga ega bo‘lish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. U faol, ijodiy va to‘laqonli hayotning asosi sifatida yuzaga chiqib, qiziqishlar va ideallar, uyg‘unlik va go‘zallikning shakllanishida ishtirok etadi, inson mavjudligi va yashashining ma’nosi va baxt-saodatini belgilab beradi. Sog‘liqning obyektiv va subyektiv ko‘rsatkichlari farqlanadi. Subyektiv ko‘rsatkichlarga o‘zini sezish, ishlash qobiliyati, uyqu, ishtaha ko‘rsatkichlari kiradi. Obyektiv ko‘rsatkichlar antropometrik o‘lchovlar bilan (tana vazni, bo‘yi, ko‘krak qafasining aylanasi, bo‘yin, elka, son, tizza, qorin va h.k.), nafas olishning tezligi, o‘pkaning hayotiy sig‘imi, tomir urish, arterial qon bosimi va xokazolar bilan bog‘liq.

Inson sog‘lig‘ining ahvolini baxolash “norma” tushunchasi bilan bog‘liq. Yosh va individual-Shaxsiy normalar farqlanadi. Yosh normalari turli yosh guruhlarida o‘tkazilgan o‘lchovlar hamda har bir tadqiq etilgan guruh uchun o‘rtacha qiymat hisoblanishiga asoslanadi. Har bir yosh guruhi uchun olingan o‘rtacha qiymat normaning standarti deb olinadi. Shaxsiy-individual norma jinsiy, konstitutsional belgilari, kasbi, turar joyi, turmush tarzi va boshqalarni hisobga olinishini ko‘rsatib beradi.

Zamonaviy tibbiyot o‘z imkoniyatlari yig‘indisida sog‘liq ahvoliga tashhis qo‘yishning yangi uslublarining yetarli soniga ega bo‘lib, ularning ichida noan’anaviy uslublar va usullar katta o‘rin tutadi.

Sog‘liqning asosiy mezonlari quyidagilardir:



  • genetik–inson genotipining tuzilishi va faoliyatining hususiyat-lari;

  • fiziologik – inson anatomo-fiziologik tizimlarining tuzilishi va faoliyat yuritishining hususiyatlari;

  • psixik – inson asab tizimining tuzilishi va faoliyat yuritishning hususiyatlari, psixikasi va shaxs statusining hususiyatlari;

  • ijtimoiy – insonning ijtimoiy faolligi.


Yüklə 57,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin