Giyohvand moddarning inson organizmiga ta’sirining umumiy ko’rinishi va davrlari quyidagicha:
1. Qisqa harakterdagi boshlang’ich eyforiya.Bu hamma xildagi giyohvand moddalarda kuzatilmaydi, balki faqat marfin va opida kuzatiladi. Eyforiya kuzatilishi uchun giyohvand moddasi dozasini oshirib borish kerak. Qabul qilish vaqti ham tezlashtiriladi.
2 Tolerantlik. Bu davrda giyohvand moddaga tolerantlik oshib boradi qadimda buni mitridatizim deb Yuritishgan. 2000 yil oldin Ponti kroli Mitridat-VI o’zini zaharlanib qolishidan qo’rqib, giyohvand moddani qabul qilib to’rgan. Dastlabki dozalarga organizm kuchsiz reaktsiya ko’rsatgan va funktsional adaptatsiya rivojlangan, bu xolatni yahshilash uchun ular giyohvand modda dozasini oshirib borishadi. Jigar xolati ham muhim bo`lib, u giyohvand moddalarni metobolizmga uchratadi va neytronlaydi.
3. Bog’lanib qolish, birinchi navbatda asab faoliyatiga ta’sir qiladi. Giyohvand moddalar moddalar almashinuviga jalb qilinadi. Me’yoriy ishlab to’rgan organizm endi giyohvand moddasisiz o’z funktsiyasini bajara olmaydi.
4. Abstinentsiya (sindrom otnyatiya, tortib olish sindromi) giyohvand moddalar qabul qilish to’htatilgandan 12-48 soat o’tgach kelib chiqadi. Giyohvandlar buni ko’tara olmaydi. Ular fizik va psihiq jihatdan siqilishadi. Ichki organ va muskullarida spazm kuchayadi. Oshqozon-ichak trakti va Yurak-qon tomir tizimining funktsiyalari buziladi. So’lak ajralishi kuchayadi-gipersalivatsiya. Psihiq simptomlarga: uyqusizlik, darg’azablik, qo’rquv kiradi. Bu xolatdan chiqishi uchun ular darxol kerak bo’lgan dozani topish yo`lini izlay boshlashadi. Giyohvandlikning klinik kechishi 3 bosqichda bo`ladi.
1-bosqich giyohvand moddalarga nisbatan organizm reaktivligi o’zgaradi va tolerantlikning o’sishi kabi belgilar Yuzaga keladi. Ular giyohvand modda qabul o’zlarini yahshi sezishadi. Agar giyohvand moddalar qabul qilish tuhtatilmasa, 2- bosqich boshlanadi.
2-bosqich bunda giyohvand modda dozasi Yanada oshirilishi kuzatiladi, organizmda intoksikatsiya rivojlanib, bu qayta-qayta giyohvand modda qabul qilishga signal vazifasini bajaradi. Bemorni hamma hatti harakatlari giyohvand moddalarni qidirishga qaratilgan bo`ladi. Abstinent sindromi rivojlanadi. Bu xolat murakkab psihapotologik, samoto-vegetativ va nevrologik o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Samoto-vegetativ simptomlariga dispeptik o’zgarishlar, anoreksiya, gipergidroza, gipersekretsiya, paresteziya kiradi. Psihapotologik tizim keng diapozonli bo`lib, psihamotor qo’zg’aluvchanlik rivojlnadi.
3-bosqichda kasallikning boshqa simptomlari rivojlanadi. Organizmning surunkali intoksikatsiyasi natijasida chuqur va qaytmas jarayonlar boshlanadi. Giyohvand moddalarga talerantlik pasayadi. Abstinent sindromi og’ir kechadi. Bu davrda davolanish qiyinchilik tug’diradi.
Dostları ilə paylaş: |