2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va toksikomaniya



Yüklə 57,83 Kb.
səhifə28/28
tarix10.05.2022
ölçüsü57,83 Kb.
#57347
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va t

Salomatlik xolatini tashhisi. Salomatlikni tashhislash ,shaklar,uslublari bu UZI, rengen, so’rab surishtirish, anamnez yig’ish orqali amalga oshiriladi. Bu asoslar orqali ularning kompyuter variantlariga ega bo’lib, ko’p sonli kishilarni tekshirish natijalarini tezlik bilan qayta ishlash va salomatlik monitoringini tashkil yetish imkonini beradi.Salomatlik sinflati va xonalari, majmuiy jismoniy tayorgarlik sinflatinin tashkil qilish. Salomatlik sinflari-programmalarning qulayligi (yoshdan va sport darajasidan tashqari),aniqligi va maqsadga qaratilganligi bilan ommaviydir.Bu sinflar amalda yahshi natijalar beradi-u necha minglab odamlarni mehnat quchogiga qaytaradi,kassalik tufayli ishdan qolish xollarini kamaytiradi.Salomatlik sinflarida katta yoshli axolining deyarli barcha qismi shug’ullanadi.Salomatlik sinflarini umum jismoniy tayorgarlik sinflari qatorida jismoniy tarbiyaning ishlab chiqaruvchi mashg’ulotlarining asosiy, istiqbolli va majburiy qismi deb qarash mumkin.Vrachlar insonlarga salomatlik xonalariga qatnash uchun tavsiya beradilar, shu bilan birga sizda qanday kasallik bo’lsa, revmatizmmi, gipertoniyami,uning bosqichiga qarab shahsan mashqlat majmuasini belgilab beradilar. Salimatlik sinflari bilan munosabatlar takommillashib bormoqda,endi faqat “zariatkali yugurish” bilan cheklanib qolmay, balki psixogigiyena, tibbiy kosmetika,missaj va o’z-o’zini massaj qilishning noziq tomonlari jiddiy o’rganilmoqda.”Salomatlik saroyi” deb ataladigan tibbiy sog’lomlashtirish majmuiy ham tashkil qilingan.Shug’ullanadigan kishilarning hammasi o’z-ozini nazorat qilish metodini o’rganadilar, tibbiyot va jismoniy tarbiya mavzularidagi suhbatlarga muntazam qatnashadilar, bunday suhb larni ham vrachlar olib borishadi.

‘‘Salomatlikni saqlash muhitini yaratish “dasturiga pedogoglar, ota-onalar, xalq-talimi, mahalla ko’mitalari vakillari va boshqalarni jalb qilish keng tarqolmoqda. Salomatlikni saqlash xozirgi kunda har bir odamning zaruriy hususiyati,madaniyatning muhim talablaridan biridir.Bundan tashqari,u kelgusi oila hayotiga tayorlanishi uchun ham zarurdir.Bu tayorlanish ikki bosqichni:’’Gigiyena va salomatlik’’kursi va “Oilaviy hayotning etikasi va psixologiyasi”kursi ma’lumotida kozda tutilgan bilimlarni egallashni o’z ichiga oladi.Oila bu bolalarning tug’ulishi va ularni tarbiyalash,ularga hayotiy tajribalar berish,sog’likni saqlash uchun eng qulay sharoit yaratuvchi erkak va ayol jinsidagi odamlarning birga hayot kechirishi borasida ko’p asrlar davomida yuzaga kelgan formasidir.Oilaviy hayotga, salomatlikni saqlashda ham pedogog,xalq talimi,mahalla vakillari faoliyati zarur. Sog’liqni saqlash qandaydir mavhum mehnatni emas, balki har bir muayyan insonning aqliy va yuksak professional mehnatini talab qiladi. Kimdir: “Bu nima uchun kerak? Ana, shifokorlar bor, ular ishlashsin” deb e’tiroz bilidirishi mumkin. Afsuski, ish shifokorgacha borib etganida, so’z faqat sog’liqni tiklash to’g’risida borishi mumkin. Demak, ko’p narsa qaytarib bo’lmaydigan tarzda o’tkazib yuborilgan, inson bu yo’nalishda ter to’kishni istamagan yoki ishlash qo’lidan kelmagan. Afsuski, bugungi tibbiyotda sog’liqni saqlash emas, balki kasalliklarni davolash tamoyili ustuvor. Aynan ana shunday sharoitda ekstrasensorlik, afsungarlik va boshqa shu kabilar gullab-yashnamoqdalar: ular sizning o’rningizga sog’lig’ingiz to’g’risida qayg’urib, bu xolda sizdan hech qanday harakat talab qilinmaydi deb uqtiradilar. Tibbiyot mutahassislari aytganidek, sog’ paytingda sog’lig’ingni sezmaysan, faqat uni yo’qotganingdan so’ng keyingina nimaga ega bo’lganingni anglaysan. Ana shu sog’lom kishi o’z sog’lig’ini sezish va qadrlashi uchun o’rganish va ancha mehnat sarflashi kerak bo’ladi. Bu, ayniqsa, dastlabki vaqtda, oson kechmaydi, biroq, fikrimizcha, sog’liq va hayotning o’zi bunga arzisa kerak.



Savollar:

  1. Nashavandlik kasallikmi yoki oddiy bir hol siz qanday izohlaysiz?

  2. Giyohvand moddalar guruhiga nimalar kiradi?

  3. Toksikomaniya, uni keltirib chiqaruvchi qanday moddalarni bilasiz?

  4. Giyohvand moddalarning qabul qilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni sanab bering.

  5. Giyohvandlikning naslga o‘tishi qanday izohlanadi?

Yüklə 57,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin