Kokainli narkomaniya.Kokainni qabul qilganda odam o’tkir yoki surunkali zaharlanadi. O’tkir zaharlanishda teri qoplamlarini oqarishi, umumiy quvvatsizlik, yurakni tez qisqarishi, nafas qisish, ko’z qorachig’ini kengayishi va boshqa xolatlar sodir bo’ladi.
Xronik zaharlanish kokainni uzoq muddat qabul qilish natijasida vujudga keladi. Kokainga tez o’rganib qoladi. Narkomanlar ishlagisi kelmaydi, juda injiq egoist bo’lib qoladi. Narkomanlarning ishtahasi kamayadi, og’zi quriydi, ko’z qorachig’i kengayadi. Ba’zi narkomanda gallyutsinatsiya, rashk qilish, kuzatib borish rivojlanadi. Bunday narkomanlar jinoiy ishlar qilishga tayor bo’ladilar. Teriga turli yaralar toshadi, organizm kuchsizlanib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |