Nasha va nashavandlik.Nasha qadimgi narkotik moddadardan biri hisoblanadi. Nasha kanoplidan olinadi. Nasha (gashish) mahsus hidga ega bo’lgan modda. Undagi ta’sir etuvchi modda 1964 yilda farmakologlar tomonidan ajratib olingan va sintez qilingin modda-9 tetragidrokannibinol hisoblanadi. Nasha tabobatda qo’llanilmaydi. Uni yashirincha yo’llar bilan nasha changini yig’ish bilan olinadi. Nashaning har-xil kannabiollarning miqdori o’simlikning quruq vazniga nisbatan turlicha bo’lib, 15 foizgacha bo’ladi.Marihuanna bu ma’lum turdagi kanop o’simligidan mahsus texnologik usullar bilan olinadigan preparat. Marihuanani chekadilar.
AQSh da tayorlanadigan sigaretaning tarkibida 300-500 mg marihuana bo’lib, uning tarkibidagi tetragidrokannabinol 0,5\2 foizni tashkil etadi. Marihuannaning ta’sir davomliligi 6 soat. Kannabinolidlar miya hujayralaridagi lipidlarda yaxshi eriydi va shuning uchun miya hujayra membranalaridagi o’tkazuvchanlikni oshiradi. Marihuanani chekkandan so’ng dastlab o’zini yaxshi sezishlik, rohatlanish, beg’amlik sodir bo’ladi. Yuqori toksik dozada esa xomhayollik, o’z jasadini og’irligini sezmaslik, harakatning buzilishi 4-8 soatlar davom etadi. Ikkinchi qo’zg’aluvchanlik davrda atrofdagi kishilarga beparvolik, tartibsizlik, hadiksirash, kayfiyatni keskin, kamayishi va boshqalar paydo bo’ladi.
Uyqu dorilarini qabul qilish tufayli narkomaniyaning kelib chiqishi. Uyqu dorilarini tez-tez qabul qilish oqibatida odam ularga o’rganib qolib, narkomaniya rivojlanadi. Uyqu dorilarga: barbituratlar guruhiga kiruvchi preparatlar (veronal, medional, lyuminal, barbamil, nembutal, tsiklobarbital, geksobarbital) paradin preparatlaridan (tetridin, noksiron ortonal kiradi) Uyqu preparatlarini dastlab vrach maslahati bilan, so’ng bemorning o’zi uzoq muddat qabul qilishi natijasida odam bularga o’rganib qoladi. Ba’zan bu preparatni bir vaqtda ko’p iste’mol qilish natijasida odam qattiq zaharlanadi.
Oz miqdorda uzoq muddat qabul qilinganda koordinatsiyaning buzilishi, muskul quvvatining kamayishi, reflekslarni pasayishi qon bosimini tushishi, haroratni ko’tarilishi va b. kuzatiladi.
Uyqu preparatlarini tez-tez qabul qilish tufayli odamda bularni qabul qilishga ehtiyoji ortib ketadi.
Bunday narkomanlar ta’sirchan, zahar, xotirasi susaygan bo’lib qoladilar. Terisi, qo’l, oyoqlari, og’izning shilliq qavatiga turli toshmalar toshadi.Uyqu dorisini 3-4 kun ichmay qo’ygandan so’ng bemorda abstinent xolat yuzaga keladi. Bunday bemorda uyqusizlik, umumiy quvvatsizlik, bosh aylanish, qusish, ko’ngil aynish va boshqa xolatlar yuzaga keladi.
Dorini suiste’mol qilinsa «entsefalopatiya» (bosh miyaning zararlanishi) kuzatiladi va epilepsiya belgilari yuz beradi. Bunday kasallar qo’pol, agressiv, badjahil, rahmsiz bo’ladilar olti oy qabul qilganlarda psixoz vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: |