Tamaki chekishga qarshi kurash.
Tamaki chekishga qarshi butun jamoatchilik kurashishi kerak. Bolalar va o’smirlarning tamaki chekishini oldini olish ota-onalar maktab, akademik litsey kasb-hunar kollejlarining o’qituvchilar muhim o’rinni egallaydilar.
Tamaki chekishga qarshi. Tamaki chekishni oldini olishda quyidagi tadbirlar va targ’ibot va tashviqot ishlarni olib borishni lozim deb topamiz:
sigareta qutisi chekishning zarari haqida reklamalar yozish.
Jamoat joylarida chekishni man yetish
tamaki mahsulotlarini narxini yanada oshirish
tamaki mahsulotlarining reklamasini qisqartirish.
tamaki mahsulotlarini odamlar ko’p to’plangan, jamoat joylarida sotmaslik
bolalarga tamaki mahsulotlarini sotmaslik
ko’chalarda, jamoat joylarda tamaki mahsulotlarini donalab sotmaslik
chet el tamaki mahsulotlarini kamroq sotish
bolalarning kundalik faoliyatini nazorat qilish
sigareta chekmaydigan o’smirlarni maqtash, rag’batlantirish
kattalarni namuna bo’lishi
kinofilmlar, videofilmlar, spektaqllarda aktyorlarni papiros chekmasdan o’z vazifasini bajarishga undash.
Giyohvandlik va toksikomaniyaning oldini olish.
Shoirlar yoshlikni, ko’pincha baxor fasliga o’xshatadilar. Bu juda ham to’g’ri va o’rinlidir. Negakim, yoshlik baxor kabi go’zal, tong shabadasi singari yoqimli, gul singari hushbo’ydir.
Sizlar, ana shu takrorlanmaydigan go’zal davrni sermazmun o’tkazib, qadrlay olsangiz, bahtli hayot qurish yo’lida zamin yaratgan bo’lasiz.
Sizlar huddi mana shu davrda ham ma’naviy, ham axloqiy, ham jismoniy tomondan kamolga erishasizlar, baxtli oila qurishga ham biologik ham fiziologik jihatdan tayor bo’lasizlar. Dunyoqarashlaringiz shakllanib past-balandni, yaxshilik, ezgulikni tushunib, ish-hunar egallab, olijanob inson bo’lishga harakat qilasizlar.
Aziz yigit va qizlar! Mustaqil oila hayotiga tayorgarlik ko’rish davrida yoshlar o’zlarining jamoa oldidagi odobi, o’zini tuta bilishi, did-farosati, sharm-hayoliligi, shirinsuhanligi, ishbilarmonligi bilan yanada ko’rinadilar.
Yigit-qizlarning ongida, tafakkurida, butun bir vujudi-yu, borlig’da chuqur o’zgarishlar yuz berib, shu davrga mos va xos bo’lgan hususiyatlar namoyon bo’la boshlaydi. Talabalik davri - inson umrining eng diqqatga sazovor, muhim va shu bnlan birga eng ma’suliyatli davridir. Shunday qilib, siz voyaga etib, mustaqil turmushga qadam qo’yishga shaylanyapsiz, kelajak hayotingiz rejalarini tuza boshlayapsiz, Umringizni sermazmun, yanada go’zal o’tkazish maqsadidagi fikr va mulohazalaringiz ongingizda oz-ozdan pishib etilmoqda. Sizning hulq-atvoringiz biroz o’zgarib, yanada bosiqroq, mulohaza yuritganda kattalarga o’xshab qolganingizni o’zingiz ham sezayapsiz. Kelgusi hayotingizdagi amalga oshirmoqchi bo’lgan barcha rejalaringizni ro’yobga chiqarish uchun, xoh qiz, xoh o’g’il bola bo’ling, avvalambor, har biringiz sihat-salomat, har tomonlama, shu jumladan, jismoniy jihatdan ham uyg’un rivojlangan bo’lmog’ingiz zarur. Tani sog’lom bo’lgan insonning yuzidan nur yog’ilib turadi. O’spirinlik davri organizmning tayanch-harakat apparati, yurak-qon tomirlar sistemasi, ichki sekretsiya bezlari va boshqa sistemalarning jadal rivojlanishi bilan harakterlanadi. Yosh yigit-qizlar balog’atga yetishi munosabati bilan Shaxsiy mayl, turli kechikmalar, his-tuyg’ularga to’lib-toshish, kattalarning gaplariga qiziqish, o’zini katta tutish kabi hususiyatlar namoyon bo’la boshlaydi. Ayrim yoshlar o’z xoliga qo’yib qo’yilganda shaxvoniy his-tuyg’ularga berilib, tamaki cheka boshlaydilar hatto ba’zi narkotik moddalarni iste’mol qilishga qiziqadilar. Buning oqibatida odob-ahloq normalariga zid hatti-harakatlar qila boshlaydilar, ahloqiy buzuq vidiofilmlarni ishtiyoq bilan tomosha qilaboshlaydilar. Ba’zan buzuq yo’llarga kirib ketadilar. Talaba zararli odatlarga o’rganib qolmasliklari uchun oilada, talabalar uyida, oliygohlarda ta’lim-tarbiya jarayonida ularni yaxshilikka undash, hushhulqli, chekmaydigan, giyohvand moddalarni is’temol qilmaydigan qilib tarbiyalash zarur.
Xozirgi vaqtda oliygohlarning ta’lim-tarbiyasida qayta qurishda yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan komil inson etib tarbiyalash muhim vazifa qilib qo’yilgan. Narkotik moddalarni iste’mol qilish natijasida axloq normalari buziladi, bezorilik, jinoyat kelib chiqadi. Yosh yigit yoki qiz bolaning giyohvand bo’lib qolishi avvalam bor o’ziga so’ng atrofdagilarga bog’liq. Narkoman bo’lib qolishlikning sabablari anchagina hisoblanadi. o’spirin yigit yoki qizning kayf qilishga havas qilish, tengqurlarining ta’siri, guruhlarga qo’shilib, qolishi, oiladagi ayrim nohushliklar, oiladagi kamchiliklar, ishqiy muhabbatdagi ko’ngilsizlik va boshqalar narkoman bo’lib qolishdagi asosiy omillardir.
Ayrim yoshlar o’zini nazorat qila olmay, ayrim qiyinchiliklarga bardosh beraolmay giyohvandlik yo’liga kirib ketadilar.Yosh avlodning takomillanishida, yaxshi yo’lga kirishida tevarak-atrofdagi o’rtoqlari, oshna-og’aynilarining ta’siri kattadir. Agarda o’spirin narkotik moddalardan foydalanuvchi guruhga qo’shilib qolsa albatta ularning ta’siri bo’ladi.
Xalqimizda «Yaxshi bilan yursang yetasan murodga, yomon bilan yursang qolasan uyatga» degan naql bor.
Shuning uchun, ota-onalar, guruh murabbiylari, professor-o’qituvchilar shaxsiy hususiyatlariga ko’ra, ruhan turg’un bo’lmagan, hulqni simobdek har tomonga buraveradigan, biror ishni oxiriga, etkazmaydigan, o’zlashtirishi yaxshi bo’lmagan, ko’nimsiz yoshlarni nazorat qilib borishlari kerak.
Shuni aytish kerakki, ba’zan bunday hususiyatlarga ega yoshlarga hechkim e’tibor bermaydi, uning hurmatini joyiga qo’ymaydilar, ular go’yo qarovsizlikda qoladilar. Bunday yigit, qizlarni narkoman guruhi yaxshi qarshi oladilar, mehribonlik qiladilar. Shu tariqa ular narkomanlar bilan yaqinlashib ketadilar. Natijada bunday yosh narkoman bo’lib qoladi. Ota-onaning beburdligi, chekishga odatlanganligi yoshlarni chekuvchi bo’lishiga sabab bo’ladi.
Yangi o’qishga kelgan talabani hayotiy qiyinchiliklar, yetishmovchilik, o’rtoqlari tomonidan kamsitilishi uni narkotik moddalarni iste’mol qiluvchi guruhga qo’shilib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Ota-onalar o’z farzandini hulqidagi ozgina o’zgarishni ham sabablarini o’rganib borishlari kerak.Oliygohlarda turli fanlarni o’qitish jarayonida talabalardagi zararli odatlarni yo’qotish haqida tizimli ravishda ish olib borish bilan birga oliygohdan tashqari, mashg’ulotlarda muntazam ish olib borish zarur.Oliygohning har bir o’qituvchisi ayniqsa, guruh murabbiysi narkotik modda iste’mol qilgan odamga bo’ladigan fiziologik, psixologik, jismoniy o’zgarishlarni bilishlari kerak, bular 10 ta belgidan iborat. Oliygoh yoki uchastka vrachlarining vazifasi narkotik moddaga o’rganib qolgan yoshlarni topish va ularni o’z vaqtida davolashdan iborat. Qaysi yosh yigit yoki qiz bunday zararli odatdan qutilishni xoxlasa u davolanadi. Sog’lom avlodni tarbiyalash haqida so’z borganda barcha choralarni ko’rish zarur ekanligi aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |