2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va toksikomaniya


Salomatlikning yosh va jinsiy hususiyatlari



Yüklə 57,83 Kb.
səhifə3/28
tarix10.05.2022
ölçüsü57,83 Kb.
#57347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
2-modul. Inson salomatligi va zararli odatlar. Giyohvandlik va t

Salomatlikning yosh va jinsiy hususiyatlari. Hayotning jinsiy jihatiga e’tibor berish. Jinsiy yaqinlikni tark etmang, hatto yosh o‘tishi bilan yugurish yoki suv muolajalari kabi o‘zingizni majbur qiling. Jinsiy hayotning muntazamligi – barcha a’zo va tizimlar uchun optimal biologik chiniqtirish mashg‘uloti deyish mumkin.

Jinsiy bezlar. Erkaklik jinsiy bezlari-urug‘don va ayollik jinsiy bezlari- tuxumdon ikki xil funktsiyani bajaruvchi bezlardir. Ular tashqi sekretorlik funksiyasini bajarganda spermatozoid va tuxum hujayra ishlab chiqaradilar, ichki sekretorlik funksiyasini bajarganda gormonlar ishlab chiqaradilar.

Testosteron erkaklik jinsiy gormoni hisoblanib, birlamchi va Ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlantiradi. Odatda o‘g‘il insonng jinsiy balog‘atga yetishi qizlarnikidan 1,5-2 yil keyin bo‘ladi. Balog‘atga yetish jinsiy organlarning kattalasha boshlashi bilan harakterlanadi va ularning o‘sishi 17-18 yoshgacha bo‘ladi. Testosteron tanada oqsillar sintezini kuchaytiradi, shuning uchun ham balog‘atga yetish davrida muskullar tez rivojlanadi.

Testosteron erkaklarda jinsiy qobiliyatni kuchaytiradi, asab tizimi tonusini yaxshilaydi va xokazo. Erkaklik jinsiy gormonlari 20-29 yoshlarda eng ko‘p bo‘lib, keyin asta-sekin kamayib keta boshlaydi.

 Ayollar jinsiy gormonlari. Bu gormonlarning aktivligi va xosil bo‘lishi ma’lum sikl bilan harakterlanadi va uni ovorol-menstrualsike deyiladi.

Bu sikl odatda to‘rtta davrga bo‘linadi: ovulyasiya oldi davri, ovulyasiya davri, ovulyasiyadan keyingi davr, tinchlik davri. Birinchi, ya’ni ovulyasiya oldi davri tuxumdonda follikulalarning kattalashishi bilan harakterlanadi. Shu folikulalardan birortasi tuxumdondan tashqari chiqadi, uning tarkibida tuxum hujayra bo‘lib, o‘zidan estrogen gormonini ajratib turadi. Bu xotin-qizlarga xos jinsiy belgilarni rivojlantiradi. Qiz bolalarda jinsiy yetilish 9 yoshlarda boshlanadi, bu vaqtda ichki jinsiy organlar kuchli taraqqiy eta boshlaydi. Ko‘krak sut bezlarining rivojlanishi qiz bolalarda 10 yoshdan boshlanib, 14-15 yoshlarda tugallanadi. Taxminan 12-13 yoshlarda menstruatsiya (hayz ko‘rish) sikli boshlanib, ikkinchi tartibli jinsiy bezlar ham rivojlana boshlaydi. 15-16 yoshlarga kelib qiz bolalarda tuxumdon katta xotinlardagi kabi doimiy takrorlanuvchi siklga ega bo‘ladi. Folliqula pishib etilganidan keyin u yoriladi va tuxum hujayra tuxum chiqaruvchi yo‘lga tushadi. Bu jarayonni ovulyasiya deyiladi. Odatda, bu xolat oldingi menstyrasiyadan roppa-rossa 14 kundan keyin boshlanadi va bu vaqtda qonda estrogenlar eng ko‘p bo‘ladi. Follikulalarning qolgan qismi sariq tanaga aylanadi. Sariq tana tez kattalashib ichki sekresiya bezi vazifasini bajaradi va o‘zidan progesteron gormonini ajratib turadi. Uning faoliyati tufayli urug‘lanuvchi tuxum hujayraning rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Agar tuxum hujayra urug‘lanib qolsa, boshqa follikulaning pishib etilmasdan turishini ham mana Shu sariq tana bajaradi. Agar tuxum hujayra urug‘lanmasa ovulyasiyadan keyingi davr boshlanadi. Sariq tana organizmdan chiqarib yuboriladi va bu menstaruasiya davri bilan tugallanadi. Keyin tinchlik davri boshlanadi. Ma’lum vaqt o‘tishi bilan oldingi davrlar takrorlanadi va xokazo.

Mensturasiya davri bilan bog‘liq qon kelishi har 28 kunda qaytarilib, 3-5 kun davom etadi. Har bir menstruatsiya davrida taxminan 50-250 ml qon yo‘qoladi.



Jinsiy bezlarning aktivligi gipofizning oldingi qismi adenogipofizdan ajraladigan gormonlar bilan boshqarilib boriladi. Bularga follikulostimulyasiya qiluvchi gormon kiradi. Shundan follikulostimulyasiya qiluvchi gormon xotin-qizlarda estrogenlar ajralishini hamda follikulalarning tezroq pishib yetilishini ta’minlaydi, erkaklarda esa urug‘donlardagi spermatogenez jarayonini tezlashtiradi. Insonlarning (nerv) asab tizimi tashqi muhitni ta’siriga juda sezgir bo‘lib kasalliklar, hayajonlanish, siqilish, tanglik, emotsional va aqliy zo‘riqish bolani asablarini keskin bushashtirib yuboradi va o‘quvchida astenik xolat rivojlanadi. Har bir bolani astenik bexoililcbushashish nimjonlik xolatga tushib kolish sabablarini to‘g‘ri aniqlash kerak va bolaga qanday qilib yordam berish yo‘llarini belgilash zarur. Qaysi daqiqadan boshlab bola pedagog, psixoiog baiki shifokor yordamiga ham muxtojdir. Bu xolda bolani o‘qishini pasayib ketishini sabablari aqliy zo‘riqishdan, aqliy zaiflikda emas. Aqliy faoliyatini susayishi, faoliyat ritmini sekinlashishi, materialni o‘zlashtirishini va xotirani pasayishi bolada umumiy nimjonlikni natijasi, aqliy rivojlanishdagi nuqsonlarni emas.

Sog‘lom extiyojlar va salomatlikka nisbatan extiyoj. Yakka tartibdagi (individual) va ommaviy salomatlik. Xis-xayajon, siqilish, tanglik omillari. Salomatlikni baxolashga turli yondoshuvlar va salomatlikka oid fazilatlarni shakllantirish. Insonning sog‘lom ehtiyojlari amalda uning hayotiy faoliyatining barcha sohalari bilan bog‘liq. Ularning istalgan biridagi o‘zgarishlar bevosita yoki vositali xolda sog‘liqning psixosomatik darajasiga chiqadi. Insonning sog‘lig‘i hayot sifatining kategoriyasi bo‘lib, fiziologik mehanizmlar, tashki muhitning sharoitlariga moslasha olish, o‘z-o‘zini tashkil yetish qobiliyati, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini saqlashga layoqati bilan belgilab beriladi. Salomatlikka nisbatan bo‘lgan ehtiyoj umumiy tusga ega, u ham alohida bir individga, ham umuman jamiyatga xos bo‘ladi. Sog‘liqning ahvoli insonlar hayotining barcha sohalariga ta’sirini o‘tkazadi. U insonning jismoniy, psixik va aqliy qobiliyatining yuqori salohiyatini belgilab beradi va uning to‘laqonli yashashining garovi bo‘lib xizmat qiladi. Axolining salomatligi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishining dinamikasiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi, hamda uning ijtimoiy-yetik yetukligining o‘lchovi bo‘ladi. Bularning hammasi shaxsga o‘zining salomatligi, uning avlodlarining salomatligi hamda u yordam berishi mumkin va lozim bo‘lgan kishilarning salomatligiga nisbatan ma’lum mas’uliyatni yuklaydi. O‘z salomatligiga e’tibor berish, uning buzilishlarining individual profilak-tikasini ta’minlay olish, sog‘lom turmush tarzi kishining jamiyatdagi o‘z tutgan o‘rni hamda o‘zi va yaqinlarining oldidagi mas’uliyatini anglashining ko‘rsatkichlari bo‘ladi.Shunday qilib, sog‘liq – bu absolyut va boqiy qadriyat bo‘lib, butun insoniyat qadriyatlarining ierarxik zinapoyasida eng yuqori pog‘onalardan birini egallaydi.


Yüklə 57,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin