2. Mutloq miqdorlar Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha, ularning ifodalanishi va turlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə22/29
tarix10.11.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#68430
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
BOZOR SHAROITIDA VARIATSIYA KO‘RSATKICHLARI FOYDALANISHNING ZARURIYATI

1-misol. Fermer xo‘jaligida 2500 bosh sigir mavjud. Ehtimollik darajasi 0,954 va o‘rtacha kvadratik tafovut 300 kilogramm bo‘lganda, yillik o‘rtacha sut sog‘inini aniqlaganda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato 20 kilogrammdan oshmasligi uchun nechta sigir tanlab kuzatish uchun tanlab olinishi kerak?

-takrorlanuvchi usulda,


bosh,

-takrorlanmaydigan usulda,


bosh.

Demak, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoning 20 kilogrammdan oshmasligi uchun 2500 ta sigirdan takrorlanuvchi usulda 900 bosh sigirni, takrorlanmaydigan usulda esa 662 bosh sigirni tanlab olinishi kerak.




2-misol. Faraz qilaylik, 2500ta sigirning 80 foizi zotli sigirlar bo‘lsin. Ushbu salmoqni aniqlashdagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato 0,954 ehtimollik darajasi bilan 3 foizdan, ya’ni dan oshmasin. Buning uchun 2500ta sigirdan nechta zotli sigir tanlab olinishi kerak?

-takrorlanuvchi usulda,


bosh.

-takrorlanmaydigan usulda,


bosh.
Demak, zotli sigirlarning salmog‘ini aniqlashda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik 3 foizdan oshmasligi uchun 2500ta sigirdan takrorlanuvchi usulda 711 bosh sigirni,takrorlanmaydigan usulda esa 554 bosh sigirni tanlab olinishi kerak.
Bu formulalar tanlamaning yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarining ko‘payishi bilan tanlamaning zaruriy hajmi ancha kamayishini ko‘rsatadi.
Tanlamaning hajmini hisoblash uchun dispersiyani bilish kerak. U avval ushbu yoki shunga o‘xshash to‘plamda o‘tkazilgan tadqiqotlardan olinishi mumkin. Agar bunday ma’lumotlar bo‘lmasa, unda kichik hajmda dispersiyani aniqlash uchun maxsus tanlama tadqiqot o‘tkazish kerak.
Odatda tanlab kuzatish yoppasiga kuzatish imkoniyatlari bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Masalan, ekologik nazoratda atrof-muhitni yoki suv havzalarini kuzatishda yoppasiga kuzatish ma’lumotlari asosida kimyoviy tahlil qilib bo‘lmaydi. YOki topilgan er osti konlarining butun hajmini laboratoriyada tahlil qilishning imkoniyati mavjud emas. Uy xo‘jaligi byudjetini o‘rganishda mamlakat hududida yashovchi har bir oilaning daromad va harajatlarini doimiy ravishda hisobga olish o‘ta mushkul ish.
Mamlakatimiz statistikasida tanlama tadqiqotlar bo‘yicha ma’lum tajriba to‘plangan. Oxirgi yillarda statistika amaliyotida maxsus tanlab kuzatishlar keng qo‘llanilmoqda. Binobarin, xalqning turmush darajasi to‘g‘risidagi axborotlarning muhim manbai bo‘lib, muntazam ravishda o‘tkazilayotgan oilalar byudjetining tanlama tadqiqoti hisoblanadi. Tanlama usul aholini ro‘yxatdan o‘tkazishda, mehnat bozorini va jamoa fikrini o‘rganishda, nazorat so‘rovlarida, auditorlik amaliyotida, soliqqa tortishda nazorat olib borishda, marketing tadqiqotlarida va xo‘jalik faoliyatining boshqa turli sohalarida shuningdek yoppasiga tadqiqot o‘tkazilgandan keyingi tekshiruvlarda keng qo‘llaniladi. Tanlash yo‘li bilan iste’mol bozoridagi narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.
Tanlab kuzatish tibbiyotda, agronomiyada, texnika, biologiyada, geologiya, fizika, ximiya va boshqa turli sohalarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda, tajriba-sinovlar o‘tkazishda ham keng qo‘llaniladi.
Kelajakda tanlab kuzatish usullarini jamiyatning barcha sohalarida keng qo‘llanishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, uning usullarini, mohiyatini to‘liq o‘zlashtirish tanlab kuzatishda bevosita ishtirok etuvchi mutahassis uchun ham va tanlab kuzatish usullari bilan olingan statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilar uchun ham o‘ta dolzarb hisoblanadi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin