2. Mutloq miqdorlar Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha, ularning ifodalanishi va turlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə17/29
tarix10.11.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#68430
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
BOZOR SHAROITIDA VARIATSIYA KO‘RSATKICHLARI FOYDALANISHNING ZARURIYATI

6-BOB. tanlab kuzatish


6.1. Tanlab kuzatish: mohiyati, zaruriyati va maqsadi
6.2. Tanlama to‘plamning reprezentativligi va uni ta’minlash usullari
6.3. Tanlab kuzatish xatolari
6.4. Tanlama kuzatish ma’lumotlarini bosh to‘plamga tarqatish
6.5. Tanlama to‘plamning zaruriy miqdorini aniqlash


6.1. Tanlab kuzatish: mohiyati, zaruriyati va maqsadi
Statistika ommaviy to‘plamlar bilan shug‘ullanganligi sababli statistik tadqiqotlar juda ko‘p mashaqqatli mehnatni talab qiladigan qimmatli ishlardan hisoblanadi.
Jamiyatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning turli ko‘rinishida bo‘lgan, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning sonini ko‘payib borayotgan, tijorat sirlarini saqlash zaruriyatlari vujudga kelgan, yangi axborot texnologiyalari resurslarining imkoniyatlari ulkan bo‘lgan sharoitda statistik tadqiqotlar uchun ma’lumotlarni olish va to‘plashni tezkor usullardan birini tanlab kuzatish qo‘llaniladi.
Tanlab kuzatish – qisman kuzatish usuli bo‘lib, bunda to‘plamning hammasi emas, balki ma’lum tanlash qoidalari asosida ajratib olingan va butun to‘plamni umumiy holda tavsiflay oladigan uning bir qismi(1/10, 1/20, 1/50 va h.k. qismi). tekshiriladi va tekshirish natijalari butun to‘plamga tatbiq etiladi.
Demak, tanlab kuzatish deyilganda statistikada o‘rganilishi lozim bo‘lgan to‘plamdan zaruriy miqdordagi birliklarning maxsus usullar bilan tanlab olinishi va ularning butun (bosh) to‘plamga tarqatilishi tushuniladi.
O‘rganilishi lozim bo‘lgan to‘plam bosh to‘plam, tekshirish uchun undan tanlab olingan qismi esa tanlama to‘plam deyiladi.
Bosh to‘plamdan tekshirish uchun birliklarni tanlab olish kuzatuvchi shaxsning xohishiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmasligi, ya’ni albatta tasodifiy bo‘lishi shart. Tanlab kuzatishning yoppasiga kuzatishdan ajralib turuvchi muhim xususiyati shundan iboratki, bunda to‘plamdan olinadigan birliklarning soni (miqdori, hajmi) va ularni tanlash usuli oldindan belgilab qo‘yiladi.
Tanlab kuzatish quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi: vaqt va mablag‘ni tejashda; kuzatish jarayonida sifati buziladigan yoki qiymatini butunlay yo‘qotadigan birliklar miqdorini qisqartirishda; umumiy to‘plam haddan tashqari ulkan bo‘lib, uni yoppasiga kuzatish imkoniyati bo‘lmaganda; kuzatish ob’ektini to‘laroq, chuqurroq o‘rganishda; yoppasiga kuzatish natijalarini tekshirish va nazorat qilishda.
Tanlab kuzatishda yoppasiga kuzatishga o‘xshab aniq ma’lumotlarni olish juda ham qiyin, chunki bunda butun bosh to‘plam birliklari emas, balki uning tanlab olingan qismigina tekshiriladi, xolos. SHuning uchun tanlab kuzatish o‘tkazilganda, u o‘ziga xos bo‘lgan ayrim kamchilik va xatoliklardan xoli bo‘lmaydi.
Tanlab kuzatishga xos bo‘lgan xatolarni reprezentativ xatolar yoki vakolatli xatolar deyiladi. Ular tanlama kuzatish ma’lumotlari bilan bosh to‘plam ma’lumotlarining to‘g‘ri kelmaslik darajasini tavsiflab beradi. Reprezentativ xatolar tasodifiy va muntazam xatolarga bo‘linadi.
Tasodifiy xatolar kuzatish yoppasiga bo‘lmaganligi sababli to‘plamni yetarli darajada aniq ko‘rsata olmaganligidan kelib chiqadi. Ularning miqdori katta sonlar qonuni va ehtimollar nazariyasiga asoslangan holda etarli aniqlik bilan hisoblanadi.
Muntazam xatolar kuzatish uchun tanlangan to‘plam birligini ajratishda tasodifiylik tamoyilining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Masalan, kollejda o‘zlashtirishni yuqori darajada ko‘rsatish uchun a’lochi talabalarni maxsus tanlab olish.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin