2. Mutloq miqdorlar Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha, ularning ifodalanishi va turlari


Tanlama to‘plamning reprezentativligi va uni ta’minlash usullari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə18/29
tarix10.11.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#68430
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
BOZOR SHAROITIDA VARIATSIYA KO‘RSATKICHLARI FOYDALANISHNING ZARURIYATI

6.2. Tanlama to‘plamning reprezentativligi va uni ta’minlash usullari
Tanlama kuzatish ma’lumotlari bilan bosh to‘plamni tavsiflash ularning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tanlama bosh to‘plamning barcha muhim xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Agar tanlamada bosh to‘plamning muhim xususiyatlari namoyon bo‘lsa, u reprezentativ (vakolatli) deyiladi.
Tanlama qanchalik reprezantiv bo‘lishidan qat’i nazar, bosh va tanlama ko‘rsatkichlar o‘rtasida doimo tafovutlar bo‘ladi. CHunki bosh to‘plamda tanlamaga kiritilmagan boshqa birliklar ham mavjud. Ana shu tafovutlar tanlamaning reprezentativlik xatolari deyiladi.
Tanlov xatosining miqdori va uni aniqlash usullari tanlashning turi va o‘tkazish sxemalariga bog‘liq.
Bosh to‘plamdan birliklarni tanlab olish qoidalariga qarab, tanlash tasodifiy, mexanik, tipik, seriyali (uyali) va kombinatsiyali tanlash usullarida amalga oshirilishi mumkin.
Tasodifiy tanlash. Tanlashning bu usuli keng tarqalgan bo‘lib, u qur’a usuli ham deyiladi, bunda to‘plamning har birligi uchun tartib raqamli jeton yoki bilet tayyorlanadi. Keyin ulardan tasodifiy tartibda to‘plam birligining kerakli bo‘lgan miqdori (birligi) saralab olinadi.
Bunday sharoitda to‘plam birliklarining har biri tanlovga tushishining bir xil ehtimoliga ega bo‘ladi.
Tasodifiy tanlashga misol qilib yutuqli o‘yin tirajlarini olishimiz mumkin, bunda chiqarilgan biletlarning umumiy miqdoridan tasodifiy ravishda tavakkaliga nomerlarning ma’lum qismi tanlanadi va ular yutuq chiqqan nomerlarni tashkil qiladi. Bunda hamma nomerlar uchun tanlanma to‘plamga tushish imkoniyati teng ta’minlanadi.
Mexanik tanlash. Bu usulda umumiy to‘plam birliklari tasodifiy belgi bo‘yicha hajm jihatidan teng bo‘lgan guruhlarga bo‘linadi. Keyin ma’lum qoidaga ko‘ra, har bir guruhdan bittadan birlik ajratib olinadi. O‘rganilayotgan to‘plamning hamma birliklari oldindan ma’lum tartibda joylashtiriladi. Masalan, alfavit bo‘yicha, o‘rniga qarab va h.k., keyin esa, tanlovning hajmiga ko‘ra, mexanik ravishda ma’lum interval orqali birliklarning zarur miqdori tanlanadi. Agar fakultet studentlarining 10 foizli mexanik tanlovini o‘tkazish kerak bo‘lsa, dastavval ular familiyalarining alfavit bo‘yicha ro‘yxati tuziladi va mexanik holda har o‘ninchi student tanlab olinadi. Masalan: 1, 11, 21, 31 yoki 7, 17, 27, 37 tartib raqamdagilar va h.k. Agar tanlov 5 foizli bo‘lsa, unda har yigirmanchi student tanlab olinadi, ya’ni interval tanlovning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tanlov qancha kam bo‘lsa, interval shuncha katta bo‘ladi.
Tipik tanlash. O‘rganilayotgan to‘plam birliklari muhim, tipik belgi bo‘yicha sifat jihatdan bir xil, bir turdagi guruhlarga bo‘linadi. Keyin har qaysi guruhdan tasodifiy usul bilan birliklar tanlanadi, bu tanlama guruhining bosh to‘plamdagi salmog‘iga proporsional ravishda bo‘lishi kerak.
Masalan, Toshkent Moliya institutning 4 ta fakultetida o‘qiyotgan 10 ming studentdan 1500 tasida tipik tanlov o‘tkazish zarur. Buning uchun institut studentlari fakultetlar bo‘yicha bir xil guruhlarga guruhlanadi, (birinchi guruhda(fakultetda) 1500 nafar, ikkinchisida 2000 nafar, uchinchisida 3000 nafar, to‘rtinchisida 3500 nafar student tashkil etadi) keyin ularning har biridan fakultet studentlarining institut studentlaridagi salmog‘iga proporsional ravishda studentlar soni tanlab olinadi(birinchi guruhdan 225 nafar, ikkinchi guruhdan 300 nafar, uchinchi guruhdan 450 nafar, to‘rtinchi guruhdan 525 nafar). Tanlab olingan studentlar ichidaqiz va o‘g‘il bolalar vakilligini ta’minlash zarur. Agarda 10 minggacha studentdan 30 foizi o‘g‘il bolalar, 70 foizi qiz bolalar bo‘lsa, tanlangan to‘plamda ham shu nisbatga erishish maqsadga muvofiq
Tipik tanlash tasodifiy yoki mexanik tanlashga nisbatan aniqroq natijalarni beradi, chunki bu tanlovga bosh to‘plamga proporsional holda hamma tipik guruhlarining vakillari tushadi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin