2 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xo'jaev F. E. Po’latxo’jaeva D. M


Tijorat logistikasining aхborot ta’minoti



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/63
tarix22.12.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#189142
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63
7.2. Tijorat logistikasining aхborot ta’minoti 
Axborot berish – moddiy harakatning universal xususiyatlaridan biri 
hisoblanadi. Uning ahamiyatini odatda biror bir hodisa borasidagi bilimlarda 
noaniqlikning qisqarib borish prizmasi bilan belgilaydilar. 
Axborot, axborot berish – informatsiya (lot.) tushintirish, aniqlashtirish, 
ma’lum qilishdir. Shu ma’noda qo`llaniluvchi so`zlar – yoritish, xabardor qilish, 
nimadir haqida ma’lumot berish. Matematika va kibernetikada informatsiya – 
noaniqlikning hal etib borilish miqdoriy o`lchovi (entropiya), tizimni 
tashkillishtirish me’yoridir. 
Kibernetika va logistika tektologik fanlar sirasiga kiradi. Umumiy 
tashkiliylikka oid fanda: “informatsiya – muayyan tizimning atrof muhit, boshqa 
tizim yoki o`zining turli o`zgarish davrlarida tashkiliyligiga solishtirgandagi 
tashkiliyli darajasidir, ya’ni muayyan tizm hamda tashqi muhit yoki boshqa tizim 
o`rtasidagi tafovut yoki shunchaki shu tizimning ikki turlicha tektotlogik 
holatlarida o`rtasidagi farqdir. 
Axborot o`z-o`zidan mavjud bo`la olmaydi – u moddiy. U hamisha nimadir 
haqida. Hamisha axborot manbai va uning iste’molchisi (axborot yo`naltirilgan 
shaxs) bo`ladi. Logistikada axborot, informatsiya atamasini turli ma’nolarda 
qo`llash mumkin: axborot – tizimning noaniqlik o`lchovi; axborot – tizimning 
tashkiliylik o`lchovi xisoblanadi. Axborot maydoni ham bir turda bo`lmaydi: 
moddiy oqim tashkiliylik o`lchovining tashqi olam tashkiliylik o`lchoviga, uning 
tomonidan mahsulotning ishlab chiqarilish va iste’mol nuqtalari o`rtasidagi 
masofaviy farq bosib o`tilayotgan paytdagi, nisbati; moddiy oqimning tanaffus 


163 
holati va hududini (omborlashtirish) bosib o`tish jarayonidagi tashkiliylik 
me’yoridir
108
.
Axborotning moddiy jihati muntazam kengayib bormoqda. U logistikaning 
barcha sohalariga xizmat qiladi. Tijorat logistikani axborot bilan ta’minlashning 
quyidagi yo`nalishlarga ajratish mumkin: 
- Mahsulotning ishlab chiqarish va iste’mol qilinish/foydalanish nuqtalari 
o`rtasidagi masofaviy bo`linishni bosib o`tish jarayonini ta’minlash; 
- Iste’mol va ishlab chiqaruv maqsadlariga muvofiq bo`lgan mahsulot va 
xizmat bozorini ta’minlash; 
- Logistik xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlikni ta’minlash. 
Logistik faoliyat borasidagi turli-tuman ma’lumotlar “kuchga to`lib”, 
kuchli axborot oqimini hosil qiladi, qaysiki ekonomik oqim tizimiga element 
sifatida qo`shilgan. 
Axborot ta’minoti tashkiliylik o`lchovi sifatida tijorat logistikaning barcha 
funksional maydonini qamrab oldi – jamg`arma, ishlab chiqarish, sotuv, butun 
logistik jarayon faoliyatini boshqaradi. 
Iqtisodiy logistika tizimida axborot logistikasi – bu bir element. Unga 
nisbatan yanada ilg`orroq tartibdagi tizim sifatida namoyon bo`lad (1-rasmga 
qarang). Uning mavzu maydoni – axborot oqimidir. Shu bilan bir qatorda, axborot 
oqimi iqtisodiy oqimning bir qismi sifatida logistikaning boshqa turlarida muhim 
rol o`ynaydi: Bu holat axborotning ligistik tizimi elementlarini bog`lashda muhim 
rol o`ynashi bilan izohlanadi.
Logistik kompaniyalarni rivojlanib borgani sari axborot raqobat kurashi 
faol jarayonlarga aylanib boradi. Axborotning roli, ayniqsa, birja “firibgarlari” 
ning spekulyativ bozorlarida yaqqol ko`rinadi. Axborotni qimmati va foydasi o`sib 
borishi uni o`ziga xoh mahsuli – tovar sifatida ko`rishimizga imkon beradi. Tovar 
holatida axborot narx-navo munosabatlari yangi maydonni hosil qiladi. 
108
Аникин Б.А., Тяпухин А.П. Коммерческая логистика: Учеб. М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005.-432 с. 


164 
Jamiyatning ijtimoiy-istisodiy faoliyatini kompyuterlashtirish katta 
hajmdagi axborot resursini mahsulot sifatida ishlab chiqarish imkonin berdi. 
Axborot resursi jamiyat hayotidagi o`zgarishlar uchun borgan sari kuchliroq 
manbaga aylanib bormoqda. Axborot jamiyatning mentalitetini shakllantiradi, 
uning mafkurasiga ta’sir etadi
109

Jahon iqtisodiyotining ham axborot strukturizatsiyasi boshlandi. Ham 
milliy, ham transmilliy (TNK) yo`nalishdagi kuchli moliyaviy-ishlab chiqaruv 
guruhlari (korporatsiyalar) tashkil topmoqda. Eng kuchli TNKlar butun jahon 
savdosining yarmiga yaqinini qamrab oladi. Ularga jahon axborot resurlarining 
katta qismi (patentlar, yangi texnologiyalar, nou-xau va boshqalar) qarashli. 
Jahon masshtabidagi shu turdagi gipertashkilotlar axborot tabiatiga ega. 
Faqatgina yetarlicha kapitalga va yagona strategik maqsadga ega bo`lgan, 
difersifikatisyalangan korporatsiyalargina qo`shimcha xavf-xatarsiz yangi axborot 
resurslarini qo`lga kiritishga bog`liq bo`lgan kerakli sarmoya va innovatsion 
faoliyatni taqdim etishlari mumkin (NIOKR, texnologik qayta qurollanish, yangi 
bozorlarning yuzaga kelishi, jamoat fikrining yuzaga kelishi va hokazi). Faqatgina 
shu turdagi tashkilotlar, va yana hukumat ham, uzoq muddatli sarmovayiv 
nomahsulot turdagi axborotni ishlab chiqarishga qodirlar, va bunda foyda undirish 
muddati juda uzoq bo`ladi. 
Shunday qilib, axborot logistikasining vazifalari kengaymoqda va 
dolzarblashmoqda. Axborot logistikasi axborot oqimlarining ularni tizim doirasida 
ishlab chiqarish, harakatga keltirish, sotish jarayonidagi tashkiliy formalarini 
konfiguratsiyalashni optimallashtirishga qaratilgan tadbirlar jamlanmasi sifatida 
harakterlanadi. 
Tijorat logistikasida moddiy oqimga ergashib keluvchi axborrot oqimi 
hqida gapirish haqqoniy bo`ladi. Shuning bilan ularning ishlab chiqarish-tijorat 
sohadagi o`rni ham aniqlashtirilgan bo`ladi. Korxonaning raqabatbardoshligining 
asosiy shartlaridan biri uning tijorat faoliyatini shunday - ishlab chiqarish, sotish, 
109
F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016


165 
servis, transport-ombor va boshqa jarayonlarni bir butun qilib jamlash imkonini 
beruvchi - axborot ta’minoti bilan yetarlicha to`yntirilganligi 
Tijorat logistikaning axborot ta’minotini bizlar ta’lim va ta’minot 
tizimining samarali faoliyatining samarali rivojlanishi uchun imkoniyat yaratib 
beruvchi axborot tizimining faoliyati nuqtai nazaridan ko`rib chiqamiz. Bu 
logistikaning asosiy funksional qirralarining risoladagidek faoliyat yuritish 
imkoniyatini ta’minlovchi ichki sistemadir. Bu hodisaning shu xildagi 
tushunchasidan kelib chiqib ta’minot tizimining axborot bilan ta’minlanishi haqida 
so`zlash tabiiydir
110

Ta’minot tizimini axborot bilan ta’minlash o`zida biznes yuritishning u 
yoki bu logistik ta’lim doirasida (zanjirida, tarmog`ida, kanalida)gi 
rasmiylashtirilgan modelini akslantiradi. Uning yordami bilan ta’minot tizimidagi 
biznes jarayonlar ko`rinadi va qo`llanadi. Ta’minot tizimini axborot bilan 
ta’minlashning asosiy maqsadi – jarayonlarni kuzatib borish, markazlashtiruvchi 
kompaniya uning asosida boshqaruv qarorlari qabul qilib, ana shu qarorlar 
kelajagini taxmin qila olish imkonini beradigan tendensiyalarni aniqlashtirish 
hisoblanadi. 
Shunday qilib, ta’minot tizimining moddiy oqimi o`zlari paydo qiladigan 
va ularni modigikatsiya qiladigan axborotga asoslanadi. Bu axborot logistika 
tizimiga turli xildagi axborot oqimi sifatida kiritiladi. 
Ta’minot tizimida foydalaniluvchi axborot foydali deb tan olinishi 
mumkin, agarda uni amaldagi ishlab chiqaruv – savdo jarayonlariga o`ziga xos 
axborot bloki sifatida qo`ishilishining imkoni bo`lsa. 
Ta’minot tizimini axborot bilan ta’minlash alohida tadbirkorlik tizimi 
sifatida quyidagi tamoyillarga qurilishi kerak: integratsiyalanganlik, ixchamlik
interfaollik, risoladagidik, dolzarblik. 
110
И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г 


166 
Axborotning integratsiyalanganlik tamoyili moddiy oqimning barcha o`tish 
bosqichlarida axborot bilan qo`llab-quvvatlab turishlikni ta’minlashni nazarda 
tutadi.
Ihchamlik tamoyili bu – axborotni ifodalashning logistik masalani hal 
etishning qayta qurishlik imkoniyatidir. Interfaollik tamoyili – masalani dialog 
tarzida - foydalanuvchi uchun keng imkoniyatlari bo`lgan holda – hal etish tarzi.
Risoladagilik tamoyilpigia amal qilish esa ma’lumotlar tijorat faoliyatning 
voqea bo`layotgan va ma’lumotga asos bo`lgan joy maksimal darajada yaqin joyda 
yig`ilishi kerakligiga dalolat qiladi. Ma’lumotning dolzarblik tamoyili 
ma’lumotlarni ularning yaratilib kelish va ma’lum qilinish holatida tasavvur 
qilishni talab qiladi. 
Logistik tizimning axborot oqimlari shunday tartibda yo`lga qo`yilgan 
bo`lishligi lozimki, bozor holati va talablari haqidagi, real va ehtimoliy savdolar, 
amaldagi ishlab chiqaruv, transport, ombor va administrativ xarajatlar, turli 
zaxiralar, tendensiyalar va ulardagi o`zgarishlar haqidagi dolzarb va teng kuchli 
axborot olinishi lozim. 
Boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim bo`lgan axborot iyerarxiya 
darajalari bo`yicha taqsimlanadi. Axborot oqimi ustidan nazorat biznes-
jarayonlarda gorizontal va vertikal axborot integratsiyasini shakllantirish imkonini 
beradi. 
Gorizontal axborot integratsiyasi barcha moddiy oqimlarni – xom-ashyo
material, to`ldiruvchi qismlar yetkazib berishdan to iste’monchiga yetib 
borishlikgacha - o`zaro uzviy bog`langan axborot bilan ta’minlash imkonini beradi. 
Bu bilan funksional ichki tizmlardagi barcha boshqaruv ta’sirlari va ular tufayli 
yuzaga kelgan oqibatlar ta’minot tizimining umumiy maqsadi va umumiy 
strategiyasi bilan mutanosiblik kasb etishiga erishiladi
111

Vertikal axborot integratsiyasi logistik tizim iyerarxiyasining barcha 
darajalarini ham to`ppa-to`g`ri (tepadan pastga) ham ters (pastdan tepaga) aloqalar 
111
Ш.А.Бутаев, Қ.М.Сидиқназаров, А.С.Мурадов, А.Ў.Қўзиев. «Логистика” (Етказиб бериш занжирида оқимларини бошқариш). 
“EXTREMUM-PRESS” нашриёти. Тошкент 2012 


167 
bilan qamrab olishi mumkin. Natijada xom-ashyoni etkazib berish, ishlab-
chiqarish, yig`ish, sinash va yetkazib berish jarayonlari tarzi borasida ishonchli 
axborot olish mumkin bo`ladi. Vertikal aloqalarga ega axborot tizimining 
mavjudligi to`g`ri baholash va o`z vaqtida kerakli tahrirlarni amalga oshirish, bu 
bilan esa savdo, ishlab chiqarish, yig`ish, sinash, omborlashtirish va ekspeditorlik 
jarayoniga ta’sir etish imkonini beradi.
Bu 
kabi 
boshqaruv 
operatsiyalari 
nomenklaturalarni 
va 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot hajmini aniqlashtirishdagi marketing tekshiruvlari 
natijalarini to`g`ri nazarga olish, buyurtmalar bajariluvini zudlik bilan tashkil etish 
va talab qilingan sifat darajasini ta’minlash imkoniyatini yaratib beradi. 
Buyurtmalarda qadoqlash, yuklarni tushirib olishga va ekspeditorlikka oid 
hujjatlar, hisob-varaqa va boshqalar bo`ladi. 
Taraqqiy etgan axborot sturkturasining mavjudligi logistik jarayonning har 
ikki tomonini ta’minlaydi. Birinchidan, mahsulot-material oqimni rejalashtirish va 
boshqarishning umumiy tizimi bilan korxona darajasida samarali bog`lash 
imkoniyatini beradi. Bunday bog`lanishning mavjudligi, hammasi yaxshi bo`lgan 
taqdirda hech qaysi bir ishlab chiqarishga taalluqli qaror ishlab chiqarishning 
umumiy maqsad va strategiyasiga muvofiq kelmagan taqdirda amalda 
qo`llanmasligini ta’minlash imkoniyatini beradi. 
Ikkinchidan, u barcha darajalrni to`ppa-to`g`ri va ters aloqalar yordamida 
qamrab oladi, yuqori darajalarga ishlab chiqarishning barcha bog`lamlari holati 
to`g`risidagi yetarlicha ma’lumot yetkzaib beradi, toki ular bo`lib o`tayotgan 
o`zgarishlarga operativ aks ta’sir ko`rsatishsin. Bu turdagi tizim ishlab chiqarish 
jarayonlariga operativ ta’sir o`tkazish imkonini beradi, nima uchun? 
- bozorga ayni vaqtda ehtiyoj sezilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash 
uchun; 
- iste’molchining buyurtmalarini eng qisqa muddatlarda bajarish uchun; 
- o`zgarmas yuqori sifatni ushlab turish uchun. 
Kuchli raqobat sharoitida alohida ahamiyat firmaning ishlab chiqaruv-sotuv 
faoliyatini rejalashtirish va boshqarishga qaratiladi. Firmaning jamg`arish, ishlab 


168 
chiqarish, 
sotish 
amaliyotlarining 
integratsiyalashgan 
axborot 
tizimini 
shakllantirish murakkab va ko`p bosqichli jarayon. Unda zamonaviy axborot 
texnologiyalari, eng yangi kompyuter tizimlari ishlatiladi. Bu esa, adekvat axborot 
texnikalarini qo`llash, logistik tizimni axborot bilan ta’minlash umumiy tizimidan 
oqilona foydalanish asosida mahsulot aylanmasini muvaffaqiyatli boshqarish 
imkoniyatini taqdim qiladi.
Bunday axborot tizimlarini tuzib chiqishlik bilan maxsus tayyorlangan 
personal shug`ullanadi. Bu personal firmada mijozlar buyurtmasining kelib 
tushishi, bajarilishi to`g`risidagi axborotni yig`ish, tashkil qilish, etkazib berish 
imkoniyatini beruvchi aniq qo`yilgan maqsadlar mutanosibligida kompaniya 
axborot infratizimsini tuzib chiqadi. 
Axborot 
almashinuvining 
qog`ozsiz 
shakllari 
keng 
ommalashdi. 
Logistikaning bu yo`nalishi unga xos dasturiy va ma’muriy vositalari 
texnologiyalari rivojiga aylanib ketdi. Ularning afzalliklarini amalga tadbiq qilish 
uchun kompaniyalar axborot almashishning standart bayonnomalarini qo`llaydilar 
va o`zaro tijorat kelishuvlar tuzadilar. Stantard bayonnomalarning ikki turi bor–
tijorat korxonalar o`rtasidagi axborot almashinuvi tarmog`i standarti va umumiy 
tarmoq standarti. Quyidagi operatsiyalr chog`idagi kelishuvlarni ro`yxatga 
olishdagi standart kompyuter bayonnomalari ishlab chiqilgan va xozigi vaqtda 
qo`llanilmoqda: 
- Sotib olishga buyurtma 
- Yuk partiyasini jo`natishga buyurtma 
- Yuk jo`natuvchi uchun maslaxat olish 
- Hisob-varaqa to`ldirish 
-Turli to`lov hujjatlarini rasmiylashtirish 
-Mahsulotni etkazib berish va qabul qilishda yuk-xatini rasmiylashtirish 
Kompyuter texnikasi, axborot texnologiyalarining zamonaviy rivojlanish 
tarzi buyurtmaning barcha bosqichlarida istalgan miqdordagi ma’lumotlar olishga 
imkon beradi. 


169 
Ta’minot tizimini axborot bilan ta’minlash amaliyotini tadbiq qilish 
asnosida yangi muammolar paydo bo`ladi, bu muammolar axborot to`plashda 
quyidagi jabhalar talabiga javob bermaganligidan paydo bo`ladi:
- axborot noaniq, nooperativ harakter kasb etgan; 
- kommunikattsion tarmoqning tizimiy va taxnik jihatlardan sust 
rivojlanganligi; 
- ishlab chiqaruvchi-ta’minotchi hamda xaridor-iste’molchi o`rtasida o`zaro 
informatsion munosabat yo`qligi; 
- korxonalarda axborot ta’minlashga qaratilgan texnik vositalar yo`qligi; 
Ta’minot tizimini axborot bilan ta’minlashning afzalliklari quyidagilarda 
ko`rinadi: 
• 
ma’lumotlar almashishdagi jadallik keskin oshadi; 
• 
hisobotlarda xatolarga yo`l qo`yish holatlari kamayadi; 
• 
samaradorligi past bo`lgan “qog`oz ishlari” kamayadi; 
• 
axborot bloklaridagi bo`linishlar birlashadi. 
Ta’minot tizimini axborot bilan ta’minlash keng qamrovli tushuncha bo`lib 
istalgan axborot tizimiga, uning integratsiyalashtirilganlik darajasi yoki resurslarni 
qamrab olish darajasi (MRP I, MRO II, SCM va hk.)dan qat’iy nazar, moslashib 
ketaveradi. Internet platformalaridan foydalanish tashqi tashkilotlar bilan logistik 
axborot oqimlarini integratsiyalash imkon beradi. OLAP texnologiyasining veb-
serverlar orqali qo`llanilishi elektron kommersiyani amalga oshirish va ta’minot 
tizimining boshqa ishtirokchilari bilan operativ taxlil hamda ma’lumot almashinuvi 
o`tkazish imkoniyatini yaratib beradi.
Axborotni saqlash vositalarini yaratish ma’lumot taxlilining zamonaviy 
metodlaridan –ABC-taxlil, XYZ-taxlil, solishtirma taxlil - foydalanish imkonini 
beradi, va, tabiiyki, logistik faoliyat tashkiloti tominidan talab qilingan axborotni 
tartibli va operativ tartibda yig`adi. 
Servis (xizmat ko`rsatish) atamasi – o`zining birlamchi ma’nosidayoq bu 
faoliyat xo`jalik ishlariga taalluqli ekanligini ko`rsatib turibdi. Ammo tijorat 


170 
logistikaning bu xizmat turi shunday xususiyatga egaki, usiz raqobat jangida 
muvaffaqiyatga erishish imkonsiz
112
.
Raqobatda 
ustunlikka 
tayyor 
mahsulot 
sotuv 
jarayonini 
modifikatsiyalashtirishni 
uddalagan 
subyekt 
ega 
bo`ladi. 
Bunday 
modifikatsiyaning yo`nalishlaridan biri mahsulotni sotuvoldi tayyorlov va 
sotuvdan keyingi xizmat ko`rsatish sohasini takomillashtiruvdir.
Bunday yondashuv servisga oid biznes-jarayonlar, moddiy, moliyaviy, 
axborot, servis va mehnat oqimlarini identifikatsiyalash, ularning o`zaro 
munosabatlarini belgilash va ular o`rtasidagi aloqalarni baholashga imkon beradi, 
bu esa loyihalashtirilayotgan ta’minot tizimlarining raqobatbardoshligini 
oshirishga zamin yaratadi. 
Servis logistikasining moddiy oqimning funksional hamroh sferasi 
sifatidagi evolyutsion harakteri shunga dalolat qiladiki, logistik axbarot tovar 
aylanmasida samarali kanallar shakllanuvida mas’uliyatli rol kasb etmoqda va 
ta’minot tizimida iste’mochilarga servis xizmat ko`rsatishning barcha 
ishtirokchilarini integratsiyalash va kooperatsiyalashni ta’minlashga xizmat qiladi. 
Logistika zamonaviy rivojlanishining borishini bеlgilab bеradigan 
aniqlovchi sifatida aхborot-kompьyutеr tехnologiyalarining rivojlanish jarayonida 
shakllangan aхborot logistika tarkibiy qismi namoyon bo’ladi. Aynan aхborot 
logistikasi moddiy oqimga hamrohlik qiladigan hamda logistika tizimi uchun 
ta’minot, ishlab chiqarish va sotuvni bir-biri bilan bog’laydigan muhim elеmеnt 
sanalgan ma’lumotlar oqimini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.
Logistika zanjiri bo’yicha uzatiladigan elеktron ma’lumotlar to’plamlari* 
yordamida butun zanjirning ham, alohida bo’g’inlarning ham faoliyati tahlil 
qilinadi, uning holati raqobatchilar holati bilan taqqoslanadi. Ma’lumotlar bazasi 
tizimi, qoidaga ko’ra, korхona faoliyati хususiyatlarini aks ettiradi va uning eng 
muhim nuqari, ularga kiruvchi va

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin