4.1.2. Modul.
(2-qism) Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi
Mavzu: Pedagogning mas’uliyati va moslashuvchanlik psixologiyasi
REJA
1.Moslashish va uning o‘ziga xosligi
2.Ta’limda yangicha yondoshuv va strategiyalarni
qabul qila olish.
3.Jamoani boshqarish va unda raxbarning o‘rni.
Ma’lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab
o‘zgaradi. Sh bois o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi va anashu
harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o‘z ehtiyojlari uchun
foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o‘z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib
o‘zgartiradi, qayta quradi va o‘ziga moslashtiradi.
Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o‘z
ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas,
balki ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir
maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera
oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘sqinlik va
qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch- g‘ayratini ishlata soladi.
Jumladan pedagoglarda ham bosqichma bosqich asta sekinlik bilan jarayonlarga,
pedagogik faoliyatga moslashish holatlari kuzatiladi
Inson turli vaziyatlarga moslashish jarayonida albatta stress holoatlariga ham
duch keladi.
Organizmni stressga qarshi kurashish yoki qochish vaqtida yurak urishi
tezlashadi, qon aylanishi buziladi ya’ni maqsadga intilish uchun tayorgarlik
ko‘rishda organizmda qochish va kurashish kechadi. Bu reaktsiyani organizmni
moslashish tizimi deb ataladi.
Organizmni nerv- muskul reaktsiyalarining paydo bo‘lishi quyidagi
bosqichlarda ya’ni - xavotirlik bosqichi; - moslashish bosqichi; - o‘ta charchash
bosqichlarda amalga oshadi.
Xavotirlik
bosqichida
taloqning
kichrayishi,
oshqozonda
o‘tkir
yallig‘lanishning sodir bo‘lishi, buyrak tepasida likosidlarning kamayishi kuzatiladi.
Shu bilan birga, ko‘z yoshlanishi, so‘lakning ajralishi kuzatiladi. Agarda ta’siri
kuchli bo‘lsa, bu bosqichda xavotirlik holati boshlanadi.
Moslashish bosqichida buyrak usti bezlari kattalashadi, organlar va
to‘qimalarning ishlashi sekinlashadi. Agar stressni keltirib chiqaruvchi omil
organizmga kuchli ta’sir etsa shu holat uzoq vaqt saqlanib qoladi. Agar ta’sir kuchli
bo‘lsa, uchinchi bosqich boshlanadi. o‘ta charchash bosqichi bunda odatda organizm
kasallanadi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, stress har doim ham zararli emas, ba’zan inson
organizmiga yordam, ko‘mak foyda berishi mumkin. Ayrim hollarda stressga tushib
qolganda odam yashash uchun kurashish o‘z ehtiyojini qondirish uchun faollashib,
o‘zi bilmagan zahiradagi energiyasini ishga solishi mumkin Jems Lange va Kenon-
Bardlar tirik organizmning noqulay tashqi sharoitlariga moslashuvchanlik
muammosini o‘rganib chiqqan. G.Sel’eni fikricha, shu sabablar muhim va nomuhim
stressni keltirib chiqaradi
Aynan pedagogik faoliyat davomida o‘qituvchi ozi ishlab turgan jamoaga ,
auditoriyaga, shuningdek, o‘quvchilar jamoasiga ham o‘zini moslashtira olishi
kerak. Buning uchun esa u o‘zining aql zakovotini, kuchi va irodasini ishga
solib, turli xil vaziyatlarda hattoki noqulay vaziyatlarda ham o‘zini boshqara olish
imkoniyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Ayniqsa ta’limda yuz berayjtgan yangicha
yondoshuv va strategiyalarni qabul qila olish va ularni ammaliyotda qollay olish
malakasiga ega bolishi kerak.
Bugungi kunda mustakil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning
uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga
ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda
ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya
jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va
takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-o‘qituvchi o‘z kasbiy tayyorgarligini,
pedagogik maxoratini rivojlantirib borishini talab etadi.
Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va
yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga
yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustaxkam egallashdan
tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol uslublarni biladigan,
ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini
biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘quvchilarini pedagogik
va axborot texnologiyalar, interfaol uslublar bilan qurollantirish hamda olgan
bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib
borish lozim.
Demak, hozirgi zamonaviy pedagog har qanday vaziyatlarda ham o‘zini
vaziyatlarga va yangi faoliyat jarayonlarga moslashtira olishi, o‘z ustida tinimsiz
ishlashi talab etiladi. Chunki shiddat bilan kechayotgan jaxon miqyosidagi
o‘zgarishlar oldida pedagog yangi ma’lumotlardan ortda qolishi mumkin emas.
Ayniqsa o‘z o‘quvchilaridan oldinroqda qadam bosmas ekan u judayam tezlik bilan
o‘z obro‘sini tushirib qo‘yishi va bu orqali bolani ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini ham
susaytirib qo‘yishi mumkin
Jamoani boshqarish va unda raxbarning o‘rni.
Jamoa so‘zi arabcha «jam’o» so‘zidan olingan bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi
majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi.
JAMOA BU NIMA?
Ijtimoiy foydali faoliyat asosida jipslashgan, umumiy faoliyatga ega, bir –
birlarini yaxshi biladigan odamlar guruxi
Jamoada sog‘lom muhit yaratishda rahbarning o‘rni beqiyosdir.
Hozirgi zamonda rahbarning fazilati asosan uning dadilligidan,
tashabbuskorligidan, bilimdonligidan, halol va va’dasiga vafodorligidan ma’lum
bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan hozirgi raxbarlar haqiqiy fazilat va xususiyatlarga
ega bo‘lishi uchun:
Keng siyosiy bilimga ega bo‘lish.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish
Kollektivning ishlarini qila oladigan va ularga nisbatan yaxshi muomalada
bo‘lishi.
Ota – onalar va jamoatchilik o‘rtasida katta obro‘ e’tiborga ega bo‘lish.
Dunyoqarashi keng, ilmiy – metodik ilmga ega bo‘lish.
o‘z fanini yaxshi bilshni.
Izlanuvchan omilkor bo‘lish va yangiliklarga ijobiy munosabatda bo‘lish.
Muassasaning hamma sohalarini keng o‘rgangan bo‘lishi.
Ishga vijdonan munosabatda bo‘lishi.
Xo‘jalik masalalarni to‘g‘ri hal qiladigan bo‘lishi lozim.
Zamonaviy rahbarning o‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun quyidagilarga
qat iy rioya qilishi zarur:
-Jamoa a’zolariga bergan va’dasini doim o‘z vaqtida bajarishi kerak;
-Mag‘rurlanib ketmaslik, jamoa o‘rtasida kamtar, o‘ziga ortiqcha baho
bermasligi zarur;
-Faqat o‘zining nuqtai nazarini, fikrini o‘tkazish emas, o‘zgalarning ham fikri
bilan hisoblashishi zarur;
-Hamkorlarning bilim va malakalarini, topqirlik qobiliyatini ham qadrlash
lozim;
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, pedagogik jarayonda moslashuv jarayoni
o‘zaro munosabatlar asosida shakllanadi. Demak, bu vaziyatda pedagogik
muloqotning samarali usullaridan foydalanish o‘ta muhim masala
hisoblanadi. Shuning uchun jamoada sog‘lom muhit bo‘lishi uchun shaxs
muomila madaniyati va uni o‘zlashtirish sirlarini yaxshi egallagan bo‘lishi
lozim.
Bularga D Kernegining quyidagi takliflarini berish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |