Solishtirish metodi mohiyatini xitoy olimi X. Shu va N. Chjoular to‘la ochib
beradilar: "Agarda millat vaqt o‘qida o‘zining turgan joyini tarixiy yoki "vertikal"
solishtirishlar bilan aniqlay olsa shunda u millatlararo yoki "gorizontal" solishtirishlar
yordamida dunyodagi o‘z o‘rni to‘g‘risida yaxshiroq tasavvurga ega bo‘ladi. Shu bilan
bir vaqtda "vertikal" solishtirish ishonch uyg‘otadi "gorizontal" esa realist bo‘lishga
majbur etadi".
Masofali ta’lim - masofada turib o‘quv axborotlarini almashish vositalariga
asoslanuvchi maxsus axborot ta’lim muhiti yordamida ta’lim xizmatlari to‘plamidan
iborat. Masofali ta’lim axborot - ta’lim muhiti foydalanuvchilar ta’lim olish
ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan ma’lumotlar uzatish vositalari axborot
resurslari o‘zaro aloqalar protokollari apparat - dasturli va tashkiliy-metodik
ta’minotlar sistemali - tashkiliy to‘plamidan iborat.
Masofali ta’lim - o‘qituvchilarga o‘rganilayotgan material asosiy hajmini
yetkazib berishni o‘qitish jarayonida o‘qituvchilar va talablarning interaktiv o‘zaro
aloqalarini, tinglovchilarga o‘rganilayotgan materialni mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha
mustaqil ishlash imkonini berishni hamda o‘qish jarayonida ularning olgan bilimlarini
va ko‘nikmalarini baholashni ta’minlovchi axborot texnologiyalari to‘plami.