2. Shartnoma munosabatlari bo‘yicha qurilish tashkilotlarini tasniflanishi?


d. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 850-sonli qarori bilan



Yüklə 168,7 Kb.
səhifə22/44
tarix13.12.2023
ölçüsü168,7 Kb.
#175743
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Tarmoq Yakuniy test. 3-kurs

d. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 850-sonli qarori bilan
420
d. To’g’ri javob yo’q
64. Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash nimalarni o’z ichiga oladi?
a. *Loyihaning oqilona joylashtirishni eng samarali texnik, tashkiliy va
iqtisodiy yechimini tanlashni
b. Tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni
c. Loyiha samaradorlik ko’rsatkichini
d. Moliyaviy-iqtisodiy yechimini
65. Yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash
qanday hujjat hisoblanadi?
a. Mumkin bo’lgan sxemalarni ko’rib chiqish asosida texnologik asbobuskunalar
qiymatini asoslovchi hujjat
b. *Investitsiyalash loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida
aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy
yechimlarni belgilovchi hujjat
c. Loyihani cheklangan qiymatini, shu jumladan, uni amalga oshirishni
variantlarini tasdiqlovchi hujjat
d. Boshlang’ich qiymatga ega bo’lgan loyihaviy hujjat
66. Byudjet mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya
loyihalari qaysi vakillik organlari tomonidan kelishiladi?
a. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
b. * O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va
Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi
c. O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi,
pudratchi va buyurtmachi
d. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va joylardagi qurilish
tashkilotlari
67. Loyihani amalga oshirish variantlarini va loyiha hujjatlari tarkibini
tanlash qanday mezonlar asosida amalga oshiriladi?
a. *Texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqilgan holda davlat byudjeti
mablag’lari hamda markazlashtirilmagan mablag’lar bo’yicha
b. Texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqilgan holda davlat byudjeti
mablag’lari bo’yicha
c. Texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqilgan holda markazlashtirilmagan
mablag’lar bo’yicha
d. Texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqilgan holda davlat byudjeti
mablag’lari hamda markazlashgan va markazlashmagan mablag’lar bo’yicha
421
68. Markazlashtirilmagan mablag’lar bo’yicha loyiha hujjatlari qaysi
vakillik organlari tomonidan tasdiqlanadi?
a. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
b. O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi
c. *O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura va
qurilish qo’mitasi
d. Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi va qurilish tashkiloti o’rtasida
69. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tartibi qanday?
a. *Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash, tanlov hujjatlari, yakuniy texnikiqtisodiy
asoslash, ishchi hujjatlar
b. Loyiha hujjatlari, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash
c. Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash hamda biznes-reja
d. Boshlang’ich qiymatga ega bo’lgan loyiha
70. Pudrat usulida bajariladigan qurilish montaj ishlari asosan .......
hisob-kitob qilinadi.
a. *2 xil usulda
b. 3 xil usulda
c. 4 xil usulda
d. 5 xil usulda
71. Xo’jalik usulida kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish qanday usulda
olib boriladi ?
a. Xarajat elementlari bo’yicha
b. *Xarajat elementlari va bajarilgan ishlar bo’yicha
c. Ko’zda tutilgan ishlar bo’yicha
d. Bajarilgan ishlar bo’yicha
72. Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash taqdim etilganda ekspert xulosasi
qancha muddatda beriladi?
a. *3 kun muddatda
b. 5 kun muddatda
c. 7 kun muddatda
d. 1 oy muddatda
73. Investitsiya loyihasini dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashni ko’rib
chiqish va ular bo’yicha xulosa tayyorlash necha bosqichda amalga
oshiriladi?
a. *2 bosqichda
b. 4 bosqichda
c. 6 bosqichda
d. 3 bosqichda
422
74.Xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan loyihalar
bo’yicha nazorat kim tomonidan olib boriladi?
a. *O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
b. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
c. O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi
tomonidan
d. Qurilish tashkilotlari va subpudratchilar tomonidan
75. Birinchi bosqichda dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash taqdim etilgan
vaqtdan boshlab uch kun muddatda loyihani amalga oshirishning printsipial
imkoniyati va maqsadga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasini loyiha
tashabbuskorlariga kimlar beradi?
a. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
b. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo
vazirligi
c. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
d. * O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi
76. Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo
vazirligining ijobiy xulosalari mavjud bo’lgan taqdirda, dastlabki texnikiqtisodiy
asoslash taqdim etilgan vaqtdan boshlab, uch hafta muddatda loyiha
tashabbuskorlariga ekspert xulosasini quyidagilar taqdim etishadi
a. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo
vazirligi
b. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
c. * O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va vakolatli bank
d. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
77.Asosiy vositalar ishlab chiqarishda ishtirok etishiga qarab qanday
guruhlarga bo’linadi?
a. *Aktiv va passiv asosiy vositalarga
b. Passiv asosiy vositalarga va ishlab chiqarish asosiy vositalariga
c. Sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalariga va aktiv asosiy vositalarga
d. Korxona ixtiyoridagi asosiy vositalarga va ijaraga berilgan asosiy
vositalarga
78.Asosiy fondlarning texnik holatini tahlil qilishda hisoblanadigan
ko’rsatkichlarni belgilang.
a. *Yaroqlilik va eskirish darajasi
b. Yaroqlilik darajasi
c. Eskirish va yangilanish darajasi
423
d. Yaroqlilik va yangilanish darajasi
79.Asosiy vositalarning eskirish koeffitsenti qanday aniqlanadi?
a. *Asosiy vositalarning eskirish summasi / Asosiy vositalarni boshlang’ich
qiymati
b. Asosiy vositalarning eskirish summasi / Asosiy vositalar, nomoddiy
aktivlar
c. Asosiy vositalarning eskirish summasi /Uzoq muddatli aktivlar
d. Asosiy vositalarning eskirish summasi / Aylanma aktivlar
80. Pudrat shartnomasini tuzish shartlari va tartibi nimalarga
asoslanadi?
a. Mustaqil ravishda pudrat va buyurtmachisi o’rtasida tuzilgan bosh pudrat
shartnomasi asosida
b. *Tender savdosi natijalariga qurilishning umumiy davriga tuzilgan
shartnoma asosida
c. Buyurtmachi va pudratchi tashkilotlari o’rtasida subpudrat shartnomasi
asosida
d. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12
sentyabrdagi 395-sonli qarorining 3-ilovasi asosida
81.Asosiy kapital xarajatlariga kirmaydigan xarajatni ko’rsating?
a. Bino va inshootlar sotib olish
b. Texnika vositalari sotib olish
c. *Xom ashyo sotib olish
d. Yerni sotib olish
82. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uyjoy
qurish uchun loyiha-smeta hujjatlari qaysi tashkilot tomonidan ishlab
chiqiladi
a. O’zbekiston Respublikasi «O’zinvestloyiha» injiniring kompaniyasi
tomonidan
b. *O’zbekiston Respublikasi «Qishloqqurilishloyiha» mas’uliyati
cheklangan jamiyatning loyihalash-qidiruv instituti tomonidan
c. O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi
tomonidan
d. O’zbekiston Respublikasi «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi
tomonidan
83. Asosiy vositalar bo’yicha eskirish me’yorini kim belgilaydi?
a. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
b. * O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
c. Korxona rahbari
424
d. Kuzatuv kengashi
84. Kapital investitsiyalar deganda nimani tushunasiz?
a. Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va
o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar
b. Nomoddiy ne’matlarni rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar
c. Inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga,
shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga
qo’shiladigan investitsiyalar
d. *Asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga,
shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga
qo’shiladigan investitsiyalar
85. Korxonaning optimal yillik ishlab chiqarish dasturi deganda nimani
tushunasiz?
a. *Texnologik uskunalarni ratsional tayyorlash va ishga tushirish hisobiga
eng yuqori iqtisodiy samaraga erishiladigan mahsulot ishlab chiqarish dasturi
b. Zamonaviy texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish dasturi
c. Korxona ishlab chiqarish faoliyatining intensiv dasturi
d. Korxona ishlab chiqarish faoliyatining ekstensiv dasturi
86. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati
a. *Vaqt birligi ichida asosiy ishlab chiqarish fondlarning optimal
sharoitlardagi to’liq ishlatishda ma’lum assortimentdagi mahsulotning maksimal
hajmi b. Korxonaning bir yil ichida ishlab chiqargan jami mahsulotlari
c. Korxona texnologiyalarining to’la quvvatda ishlash kuchi
d. Korxonaning intensiv asosda ishlab chiqarish quvvati
87. Ishlab chiqarish quvvati, avvalo, nimaga bog’liq?
a. Korxonaning ishchi xodimlarining malakasiga
b. *Asosiy fondlarning texnik holatiga va ulardan foydalanish darajasiga
c. Korxonada ishlovchi xodimlarning mehnat haqi to’lovlariga
d. Korxona tomonidan to’lanadigan soliq darajasiga
88. Korxonaning haqiqiy ishlab chiqarish quvvati loyihaviy quvvatdan
yuqori bo’lishi mumkinmi?
a. Ha
b. *Yo’q
c. To’g’ri javob yo’q
d. Ishlab chiqarish quvvati loyihaviy quvvat bilan barobar bo’ladi
425
89. Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda nima hisobga olinadi
a. Asosiy ishlab chiqarish fondlari
b. Faqat mahsulot nomenklaturasi
c. *Bozor talablariga to’liq javob beradigan va asosiy ishlab chiqarish
fondlariga mos keladigan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti
d. Faqat mahsulot assortimenti
90. Loyiha bo’yicha xom ashyoga bo’lgan ehtiyoj qanday aniqlanadi?
a. Korxonani ishlab chiqarish rejasidan kelib chiqib
b. Texnik-iqtisodiy asoslash mas’uliyatlaridan kelib chiqib
c. *Dastgohlarni ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqib
d. Xom ashyoga bo’lgan bahoni o’zgarishidan kelib chiqib
91. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kapital
qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish choratadbirlari
to’g’risida» gi Qarori qachon qabul qilingan?
a. 2000 yil 8 mayda
b. 2003 yil 6 mayda
c. 2000 yil 12 sentyabrda
d. *2003 yil 12 sentyabrda
92. Obyektni foydalanishga qabul qilib olish belgilangan sifat
standartlari hisobga olingan holda qaysi qo’mitasining xulosasi asosida
buyurtmachi tomonidan ta’minlanadi?
a. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi
b. *O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi
c. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasi
d. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi
93. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda tugallanmagan
ishlab chiqarish xarajatlari obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar
pudratchining balansida bo’ladi va ularning soliq solinadigan bazasiga
kiritiladimi?
a. Pudratchining xohishiga qarab
b. Davlat soliq qo’mitasining qaroriga asoslanadi
c. Ha
d. *Yo’q
94. Kapital qurilishni amalga oshirishdagi qatnashchilar o’rtasidagi
hisob-kitoblar qanday tartibda amalga oshiriladi?
a. *Ular o’rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda
b. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ko’rsatmasi asosida
c. Faqat bir tomonning ixtiyori asosida amalga oshiriladi
426
95. Investitsiya dasturida loyihaning pasporti degan tushuncha
qo’llaniladimi?
a. *Ha
b. Yo’q
c. Loyiha pasporti degan tushuncha umuman mavjud emas
d. Ayrim hollardan qo’llaniladi
96. Loyihani obyektni ishga tushirgandan keyingi hayotiylik sikli fazasi
qanday nomlanadi?
a. Investitsiya oldi fazasi
b. Investitsiyalash fazasi
c. *Ekspluatatsiya fazasi
d. Sotish fazasi
97. Qurilish loyihalarini nechta turga ajratish mumkin?
a. *Namunaviy va individual ishlab chiqiladigan loyihalar
b. Namunaviy va bir bosqichda ishlab chiqiladigan loyihalar
c. Individual va ikki bosqichda ishlab chiqiladigan loyihalar
d. Bitta va ikkita bosqichda loyihalashtiriladigan loyihalar
98. Kapital qurilish ishlarini olib borish usullarini ko’rsating
a. Xo’jalik usulida
b. Pudrat usulida
c. Aralash usulda
d. *Pudrat va xo’jalik usulida
99. Mehnat intensivligi nima?
a. Mehnatning aniq turining mahsuldorligi
b. *Mehnatning sarflanish tezligi va jadalligi
c. Qo’llaniladigan mehnat hajmining ortishi
d. Qo’llaniladigan mehnat hajmining qisqarishi
100. Mahsulot hajmiga qanday mehnat omillari ta ’sir ko’rsatadi?
a. Xodimlar soni, mehnat unumdorligi, ish vaqti fondi, ish kuni davomiyligi
b. *Ishchilar soni, 1 ishchini ishlagan kunlari, ish kuni davomiyligi,
ishchining bir soatlik ish unumi
c. Mehnat unumdorligi, ish vaqti fondi, ish kuni davomiyligi, 1 ishchining
ishlagan kunlari
d. Xodimlar soni, jami ishlagan kishi-kunlar, kishi-soatlar, ishchining bir
soatlik ish unumi__


Yüklə 168,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin