II Bob. TA’LIM BOSQICHLARIDA OLMOSH SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH METODIKASI Umumta’lim maktablarida olmosh so‘z turkumining berilishi.
Maktab darsliklari to‘g‘risida so‘z yuritadigan bo‘lsak yuritadigan bo‘lsak umumta’lim maktablari 1-9-sinflarni o‘z ichiga oladi.5-9-sinflar yuqori sinflar hisoblanadi.Maktab darsligining faqatgina 7-sinfida olmosh haqida ma‘lumot berilganini ko‘rishimiz mumkin.7-sinf darsligi 99 dars,308 mashqdan iborat.99 darsdan 12 dars olmosh so‘z turkumiga ajratilgan.Olmoshga ajratilgan darslar .12- darsdan 24-darsgacha davom etgan.
12-dars. ‘‘Olmosh so‘z turkumi va uning tasnifi’’ haqida
Ushbu darsda olmosh so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot berib o‘tilgan ya’ni o‘quvchilarga olmosh o‘zi qanday so‘z turkumi ekanligi tushunturishga harakat qilingan.
Boshqa so‘zlar, shuningdek, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib qo‘llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar olmosh hisoblanadi. Masalan, Kitobni ko‘p o‘qisangiz, undan ko‘p hikmat topasiz. Istagim shuki, doimo tinchlik bo‘lsin.
Birinchi gapda undan olmoshi kitob so‘zi (ot) o‘rnida, ikkinchi gapda shuki
olmoshi doimo tinchlik bo 'Isin gapi o‘rnida qo‘llanilgan.30
Olmoshlarning aniq atash ma’nosi bo‘lmaydi. Uning qaysi ma’noda kelayotganligi matnda qaysi so‘z yoki gap o‘rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi.
Olmoshlar ma’nosiga ko‘ra quyidagi yetti guruhga bo‘linishi; Olmoshlar turlari
Kishilik olmoshlari: men, sen, u; biz, siz (sizlar), ular O‘zlik olmoshi: o‘z
30 Bu ma‘lumotlar 7-sinf 12-darsdan olindi.
Ko‘rsatish olmoshlari: bu, shu, u, o‘sha, ana, mana, mana bu, mana shu, manavi, anovi
So‘roq olmoshlari: kim? nima? qayer? qanaqa? qayda? qaysi? qalay? qaneha? neeha? nega?
Belgilash olmoshlari: hamma, barcha, bari, har bir, har nima, har narsa, har qanday, har qaysi
Bo‘lishsizlik olmoshlari: hech kim, hech narsa, hech qachon, hech qanaqa, hech qaysi
Gumon olmoshlari: kimdir, nimadir, allakim, allaqanday, qaysidir, allanarsa, allaqancha, allaqaysi
Qoidasi berilganini guvohi bo‘lamiz.Ushbu qoidadan ko‘rinib turibdiki,boshqa so‘z turkumlariga qaraganda olmoshni o‘quvchilarga o‘rgatish ancha qiyinroq masala hisoblanadi.O‘quvchilarning olmosh bilan ot so‘z turkumini almashtirib yuborish holatlari yuzaga kelish ehtimoli ham bor. Bunday vaziyatning oldini olish uchun birinchi navbatda o‘quvchilarga olmosh o‘zi qanday so‘z turkumi ekanligi, nima uchun ichi bo‘sh so‘zlar deyilishini uqtirsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.13- darsdan boshlab esa olmoshning har bir turiga alohida ta’rif berib o‘tilganini ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |