Madaniy hayot. Me’morchilik. Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayotida bo‘lib o‘tgan voqyealar madaniy hayotga ta’sir etmasdan qolmadi. Shunga qaramasdan xonlikdagi madaniyat o‘ziga xos yo‘nalishlarda davom etdi. Madaniy hayot ravnaqi ta’lim-tarbiya, adabiyot, tarixnavislik, me’morchilik va amaliy san’at kabilarda kuzatiladi.
Butun O‘rta Osiyoda bo‘lgani kabi, Xiva xonligida ham asosiy ilm o‘chog‘lari boshlang‘ich maktablar va madrasalar edi. Boshlang‘ich maktab, ya’ni, quyi ta’limda o‘qish-yozishni o‘rganib, xat-savod chiqargan o‘smirlar poytaxt Xivadagi hamda Buxorodagi madrasalarda o‘qib ta’lim olganlar. Manbalarga ko‘ra, XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang‘ich maktab va 130 ta madrasa bo‘lgan. Faqat Xivaning o‘zida 22 ta madrasa bo‘lib, ular ichida Muhammad Rahimxon, Sherg‘ozixon, Rahmonberdibiy, Olloqulixon, Xoja Mahram, Fozilbek, Davlat Qorako‘z, Bekniyoz devonbegi madrasalari alohida nufuzga ega edi.
Xorazm adabiy muhitida ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib etgan shoirlardan biri Nurmuhammad G‘arib Andalib (1710-1770 yy.) edi. Klassik poeziyaning turli janrlarida ijod qilgan Andalibning “Said Vaqqos”, “Zaynul arab”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun” kabi dostonlari mashhurdir.
Xivada ijod etgan shoirlar ichida Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874 yy.) alohida o‘ringa ega. Tarixchi, tarjimon va shoir bo‘lgan Ogahiyning 1832 yilda tuzilgan “Ta’vizul oshiqon” (“Oshiqlar tumori”) devonidagi g‘azallari ayniqsa mashhurdir. Bu davrda shuningdek, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz Nishotiy, Muhammad Xokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiy, Komdon, Murodiy kabi shoirlarning ijodi rivoj topdi. XVII- XVIII asrlarda “Go‘r o‘g‘li” majmuasi dostonlari rivojlantirildi, “Tohir va Zuhra”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro”, “Sanobar”, “Yusufbek va Ahmadbek”, “Bahrom va Dilorom” kabi dostonlarning folklor va xalq og‘zaki ijodidagi ko‘rinishlari taraqqiy etdi.
Bu davrda tarixnavislikdagi ilgargi an’analar saqlanib qoldi. Tarixiy asarlar orasida Abulg‘ozining “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima” (“Turkmanlar shajarasi”) o‘zbek tilida bitilgan muhim tarixiy asarlar hisoblanadi. Tarixnavislik an’analarini keyinchalik Munis, Ogahiy, Muhammad Yusuf Bayoniy kabi tarixnavislar davom ettirdilar.
XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxonnning buyrug‘i bilan Shermuhammad Munis (1778-1829 yy.) “Firdavs ul-iqbol” (“Baxtu saodat jannati”) asarini yaratdi. Xiva xonligining XVIII- XIX asrlar tarix haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi bu asarni keyinroq Olloqulixon topshirig‘i bilan Munisning jiyani Ogahiy davom ettirdi va 1872 yilgacha bo‘lgan voqyealar bilan boyitdi. Shuningdek, Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar orasida Bayoniy (1859-1923 yy.) ning “Shajarai Xorazmshohiy” asari ham qimmatli hisoblanadi.
Xorazm O‘rta Osiyoda o‘ziga xos uslublarga boy bo‘lgan me’morchilik maktabiga ega voha hisoblanadi. Bu hududda paydo bo‘lgan me’moriy inshootlar nafis bezaklari, jimjimador naqshlari bilan Xorazm me’morchilik maktabining o‘ziga hosligini ko‘rsatib turadi. XVIII- XIX asrlarda Xiva xonligida ko‘plab inshootlar bunyod etildi. Ayniqsa xonlikning poytaxtlari Urganch va Xiva shaharlarida ko‘plab saroylar, masjid va madrasalar, xonaqolar, karvonsaroylar, yopiq bozorlar qurilgan. Xivadagi me’moriy yodgorliklar asosan Ichan (ichki) qal’ada bunyod etilgan. Xonning yozgi qarorgohi bo‘lgan Dishan (tashqi) qal’a ham nodir me’morchilik namunasi hisoblanadi.
Xonlikdagi boshqa shaharlar – Yangi Urganch, Hazorasp, Toshhovuz, Yangi Vazir, Shohabboz, Gurlan, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot kabilar mudofaa devorlari bilan o‘rab olinib, ularda ham ko‘plab me’moriy inshootlar bunyod etilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, XVI – XX asrning boshlarida mavjud bo‘lgan Xiva xonligi – O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixida, iqtisodiy va madaniy hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, jamiyat taraqqiyotining mintaqa hududlaridagi o‘ziga xos tomonlari o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Uning tarixi O‘zbekiston tarixining ajralmas qismidir.
XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida me`morchilik sohasida Xorazmlik ustalar yetakchilik qiladilar. O`sha davr yodgorliklari orasidaajoyib saroy majmualari Xazoraspdagi Rahmonqul inoq saroyi, Ko`rinishxona, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu binolar sirti naqshli sopol plita (koshin)lar bilan bezatilgan. Bu sopollardan to`q ko`k rang ustiga yashil va oq gullarning bir-biriga chirmashtirilgan rasmlari chiroyli qilib berilgan. Xonlikning poytaxti Xiva ayniqsa XVIII-XIX asrlarda gullab yashnaydi. Shahar ikki qismdan-Ichan (ichkari) qal`a va Dishan (tashqari) qal`adan iborat. Shahar markazida joylashgan Juma masjidi (XVIII asr)-O’rta Osiyoning eng go`zal inshootlaridan hisoblanadi.
Sherg`ozixon (1718-1720), Qutlug` Murod Inoq madrasalari, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Olloqulixon, Muhammad Aminxonning katta madrasalari (XIX asr) va Tosh hovli saroyi (1830-1838 yillar) o`ziga xos nafis va go`zaldir. Bu qurilish obidalari O’rta Osiyo me`morchiligining ajoyib yodgorliklaridir.
Xiva xonligida XVII asrda ro`y bergan madaniy hayotdagi tushkunlik Buxoro xonligidagiga qaraganda kuchliroq bo`lgan. Bu shunda yaqqol ko`rinadiki, XorazmdaAbulg`ozi Bahodirxon xon bo`lgan davr (1644-1663)da Xorazm tarixini yozib qoldirish masalasi ko`tarilganda, bu ishni eplayoladigan bir kimsa topilmagan. Bu haqda Abulg`ozi Bahodir xonning o`zi quyidagisha hikoya qiladi: “Ammo bizning ota vaaqolarimizning beparvoyiliqi va Xorazm xalqining beuquvligi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizni Abdullaxonning otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarni bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk. Hech munosib kishi topmaduk. Zarur bo`ldi. Ul sababdin o`zimiz aytduk. Turkning masali turur: “O`qsuz o`z kindigini o`zi kesar”, degan”2.
XVII asrda yashab ijod qilgan Abulg`ozi Bahodirxon oliy nasab, toj-taxt sohibi, o`z sulolasining shonu-shuxrati uchun kurash olib borgan, ayni choqda parchalanib ketayotgan Xiva xonligini kuchli markazlashgan davlatgaaylantirish uchun ham qurol bilan, ham qalam bilan kurash olib borib, nisbiy osoyishtalik o`rnatishga erishaolgan hukmdor ham edi. U qoloqlashib qolgan Xorazmni ham iqtisodiy, ham madaniy jihatdan yuqori ko`tarishga intildi. Hukmdor sifatida bekliklar o`rtasidagi ziddiyatlar, o`zaro qirg`in urushlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar ko`rgan bo`lsa, ijodkor sifatida “Shajarayi turk”, “Shajarayi taroqima” va “Manofe`-ul-inson” (“Inson uchun foydali tadbirlar”) kabi tarixiy-badiiy hamda tabiblikka oid nodir kitoblar yozdi. Abulg`ozi Bahodirxonning birinchi yodgorliklar asari “Shajarayi tarokima” yarim afsonaviy xususiyatga ega bo`lsada, u mahalliy xalqlarning kelib chiqishi va ularning qadimiy tarixiga oid ma`lumotlar beradi.
Abulg`ozi Bahodirxonning ikkinchi qimmatli asari “Shajarayi turk” bo`lib, uni oxiriga qadar yozib tugata olmadi. Bu asarni Abulg`ozi vafotidan so`ng o`g`li Anushaxonning topshirig`iga ko`ra Urganchlik mulla vaAbulg`ozining qarindoshi Mahmud Ibn Muhammad Urganjiy yozib poyoniga yetkazadi. Bu tahminan 21 sahifani tashkil etgan qo`shimcha edi, holos.
“Shajarayi turk” asari qisqa muqaddima va to`qqiz bobdan iborat bo`lib, Odam Atodan to turklarning qadimgi xonlaridan Mo`g`ulxongacha kechgan hodisalar va, shunindek Shaybon avlodidan Xorazm mamlakatida podsholik qilganlar zikrini o`z ichiga oladi.
Abulg`ozining “Shajarayi turk” asari o`sha davrning eng noyob asarlar jumlasidandir. Shu bois mojar sharqshunosi G.Vamberi: “Jahon uning ”Shajarayi turk” nomli tarixiy asari uchun undan minnatdordir1 degan bo`lsa, taniqli adabiyotshunos Olim Sharofiddinov: “Abulg`ozi Bahodirxon binni Arabmuhammad o`zbek xonlari ishida Boburdan keyingi muhim shahsdir. Uning madaniyat tarixida qilgan ishlari ulug`2 deb yuksak baho bergan. Abulg`ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” va boshqa asarlari na faqat Sharq tarixchilari, balki butun dunyo ilmiy jamoatchiligining ham diqqat e`tiborini o`ziga tortgan, juda ko`plab jahon xalqlarining tillariga tarjima qilingan. Jumladan “Shajarayi turk” asari rus tilida 1825, 1854 va 1871 yilda Qozon shahrida, “Shajarayi tarokima” asari esa 1898 va 1906 yilda bir necha marotaba nashr etilgan. 1871-1874 yillar orasida P.N. Demezon “Shajarayi turk”ni frantsuz tiligaag`daradi. Bu asar Angliya vaAmerika xalqlari orasida ham keng tarqalgan.
Abulg`ozi Bahodirxon o`zining «Shajarayi turk» asari bilan Xorazm tarixchilik maktabigaasos soladi. Xorazm xalqining buyuk farzandi Abulg`ozi boshlagan g`oyatda ulug` va mo`tabar ishni undan keyingi avlodlar, Munis Xorazmiy va Muhammad Rizo Ogahiylar davom ettiradi.