2 soat Reja: Xiva xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi



Yüklə 230,5 Kb.
səhifə13/14
tarix25.02.2023
ölçüsü230,5 Kb.
#85555
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4- maruza

Komil Xorazmiy (1825-1899), Xorazm farzandi, ma`rifatparvar shoir, ajoyib san`atkor, musiqashunos, mohir hattot, tarjimon va davlat arbobidir. Asli Xivali bo`lgan Komil kuchli qobiliyatga ega edi, u arab, fors-tojik tillarini puhta bilgan. Xattotlik va musiqa san`atini yaxshi egallagan Komil Xorazmiyni Xiva xonligi saroyiga ishga taklif etganlar. Dastlab u Sayid Muhammadxon, so`ngra uning o`g`li Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyidaavvaliga hattot, so`ngra Mirzaboshilik vazifalarini bajaradi. Hattotlik san`atini yoshlarga o`rgatgan Komil Xorazmiy 50 dan ortiq shogirdlarga ustozlik qilgan. Muhammad Panoh, Xudoybergan Muhrkon devon, Muhammad Sharif Tarro devon (atoqli bastakor va musiqachi-Matyusuf Xarrotovning otasi), Muhammad Rasul va boshqalar ana shular jumlasidandir. Rossiya Xorazmni zabt etgach Komil Xorazmiy Feruzshoh saroyida devonbegi lavozimiga tayinlanadi.
Komil Xorazmiy bosmaxona tashkil etishning asoschilaridan biridir. Uning sa`y-harakati va tashkilotchiligida 1870 yilda Muhammad Rahimxonning g`amho`rligida Xivada bosmaxona tashkil etilgan. Bu bosmaxonada Navoiyning «Hamsa»si birinchi marta nashr qilingan edi.
Komil Xorazmiy badiiy ijod bobida ham katta qobiliyat egasi bo`lgan. Uning g`azallari, muhammas, musaddas, masnaviy, ruboiy, qasida va boshqa janrlarda bitgan asarlari 3680 baytdan iborat bo`lib, maxsus devon shaklida tuzilgan edi. Lekin bu devondan shoirning «Baxri tavil» asari o`rin olmay qolgan.
Komil Xorazmiy musiqa ilmining katta bilimdoni va bastakor sifatida Xorazm maqomlariga notalar bitib qog`ozga tushirgan, sozanda va ijrochi ham edi. U kuy bastalagan Xorazmning «Rost» maqomi, «Murabai Komil», «Peshravi Feruz» va boshqa kuylar hamon musiqa shinavandalarining qalblarini to`lqinlantiradi.
Komil Xorazmiy mohir tarjimon sifatida ham nom qozongan. U Husayin Voiz Koshifiyning «Latoif uz-zaroif» asarini fors-tojik tilidan o`zbek tiliga tarjima qilgan.Komil Xorazmiy insonlar hayotida o`zga xalqlarning tili va madaniyatini o`rganish katta ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd etgan. Uning tashkilotchiligida 1884 yilda Xorazmda birinchi rus-tuzem maktabi tashkil etilgan.Komil Xorazmiy ijodiyotini ko`zdan kechirar ekanmiz, uning asarlarida insonparvarlik ma`rifatparvarlik ta`lim va tarbiyaning boshqa bir qator g`oya va masalalari bosh mavzu bo`lganligini ko`ramiz. Jumladan shoir o`zining «Kamol» g`azalida ilm-ma`rifatni ulug`lab, ilmli, ma`rifatli va hunarli kishi hamisha el hurmati vaardog`ida bo`lishligini yozadi:
Emas kishiga bu dunyoda mulk-mol kamol,
Husulu ilmu hunar keldi bezavol, kamol.
Kamol bergusidir so`zgashuxrato` ta`sir,
Bu qushga qilgali parvoz parrubol kamol.
Komil Xorazmiy odamlar orasiga yaxshilik urug`larini sochadi, mansabga, boylikka berilib kekkaymaslikka chaqiradi, ularni insof-imonli va diyonatli bo`lishga da`vat etadi. U o`zining «Ey ko`ngil» g`azalida dunyo adolatsizligi, nohaqligi va teskari ishlaridan faryod chekadi. Agar dunyo pastkash bo`lmasa, nega nokasu nodonni ulug`lab, shod etib, dononi hor-zoru hafa qiladi, deb xulosa chiqaradi shoir:
Bo`lmasa gardunu sufla do`sti gardun ey ko`ngil,
Nega dunni shod etar, dononi mahzun, ey ko`ngul.
Ilm-ma`rifat kuychisi bo`lgan Komil o`z zamonasida ilm qadriga yetmagan falakni la`natlaydi, u ilm olamidaAflotun bo`lsada qadrlanmagan ilm-ma`rifat kishisigaalam bilan achinadi:
Shun falak nodon navozo` hasm donodur, ne sud,
Donish iqlimida bo`lsang gar Falotun, ey ko`ngul.
Xullas, Komil Xorazmiy ijodida bosh mavzu inson va insoniyliq uning qadr-qimmatidir. Shoirning hayot va ijod yo`li yosh avlod kamolotida o`rnak va namunadir.

Yüklə 230,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin