2 soat Reja: Xiva xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi


Munis Xorazmiy Shermuhammad Avazboy o`g`li (1778-Xiva-1829



Yüklə 230,5 Kb.
səhifə12/14
tarix25.02.2023
ölçüsü230,5 Kb.
#85555
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4- maruza

Munis Xorazmiy Shermuhammad Avazboy o`g`li (1778-Xiva-1829)-O`zbek shoiri, tarixchi, tarjimon, xattot, ma`rifatparvar inson. Boshlang`ich ta`limni Kotda olgan, Xiva madrasalarida o`qigan. 1800 yilda otasi vafot etgach, Xiva xoni Avaz Inoq saroyida farmonnavis kotib lavozimida ishlagan. 1804 yilda Munis o`zining «Devoni Munis»ini yaratadi. 1806 yilda Xiva xoni Eltuzarxon unga Xiva xonlari tarixini yozishni topshiradi. O`sha yili xon fojeali halok bo`ladi. Ammo Munis kitob yozishni davom ettiradi. 1819 yilda u Mirxondning «Ravsat us-safo» («Soflik bog`i») kitobini tarjima qilishni boshlaydi. Bu kitobning faqat birinchi jildini yozib tamomlashga ulguradi, holos. Xiva tarixini yozib tugata olmay vafot etadi. Uning «Firdavs ul-iqbol» asarini va «Ravzat us-safo» tarjimasini shogirdi va jiyani Ogaxiy oxiriga yetkazadi. Munis Xorazmiyning «Ornalar» («Orna»-anxor, kanal demakdir) asarida sug`orish inshootlari va yer-suv munosabatlariga doir masalalar aks etgan. Bu risola XVII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi dehqonchilik ijtimoiy munosabatlarni o`rganishda g`oyat ahamiyatlidir. Munis Xorazmiyning asosiy adabiy merosi 1815-1820 yillarda tuzilgan «Munis ul-ushshoq» («Oshiqlar do`sti») devoni g`azal, ruboiy, qit`a va boshqa janrlardan iborat bo`lib, 80. 000 dan ziyod misrani o`z ichiga oladi. U bir necha marta nashr qilingan. Munis Xorazmiy shye`riyatida xalqchilik taraqqiyparvarlik g`oyalari keng o`rin olgan. U «So`z» va «Shuaro» kabi she`rlarida ilm-fan, san`at, adabiyotni targ`ib qiladi, olimlar va san`atkorlarni yuksak qadrlaydi, ularni ho`rlagan reaktsion guruh va to`ralarni qoralaydi.
Munis Xorazmiyning 1804 yilda bosilgan «Savodi ta`lim» she`riy risolasida savod chiqarishni yengillatish va xusnixat san`atini rivojlantirish muammolari ko`tariladi.
Muhammad Rizo Ogaxiy (1809-1874) yetuk shoir, bilimdon tarixchi va mohir tarjimon sifatida fan va tarixda nom qoldiradi. Uning she`riy asarlari «Ta`viz ul-ochiq» («Ochiqlar tumori») devonida to`plangan. Devon Xivada bir necha marta (1905, 1909) tosh bosma (litografiya) usulida nashr qilinadi. Hajmi 18 ming misradan ortiq bo`lgan bu devonda she`riy (nazm) janrining deyarlik hamma turi o`z ifodasini topgan. Ogaxiyning she`rlarida xalqparvarlik ma`rifatparvarlik buyuk va olijanob insoniy fazilatlar ulug`lanadi, xon va to`ralarning adolatsizligi va xalqqa o`tkazgan jabr-zulmlari, Chala mulla ruhoniylarning makr hiylalari ayovsiz tanqid qilinadi. Shu ma`noda shoirning «Qish» radifli g`azali diqqatga molikdir. Bunda qish fasli tasviri orqali kambag`al, bechora, kulbasiz va yupun oddiy mehnatkash xalqning ahvoligaachinadi, beva-bechoralarga nisbatan himmatsiz, e`tiborsiz va shafqatsiz bo`lgan boylar va davlatmandlardan nafratlanadi.
Ne bilursan kechalar faqr ahlidin, ne o`tkanin,
Bistari zarrin1 uza, ey kim qilursan hob2 qish.
Ey g`ani3 boqg`il yalanglar holig`a, shukr uchun,
Kim kiyarsan tax-batax qoqim4 ila sinjob qish.
Ogaxiy tarixchi olim sifatida ham o`zidan keyin katta meros qoldirgan. «Ta`viz ul-oshiqin» devoni deboshasining oxirida u quyidagi tarixiy kitoblarni yozganligini aytadi: «Riyoz ul davla» (1844), «Zubdat ut tavorih» (1846), «Jome` ul-vaqeoti Sultoniy» (1857), «Gulshan davlat» (1865), «Iqboli Feruziy» (1872). Bu asarlarida Olloqulixon (1825-1842) dan to Muhammad Rahim II (1865-1872) gacha bo`lgan tarixiy jarayon o`z aksini topgan.
Ogahiy mashhur tarjimon ham bo`lgan. U 19 asarni fors-tojik va bir asarni Usmonli turk tilidan o`zbek tiliga tarjima qilib, madaniyatimiz boyligiga ulkan hissa qo`shdi. Nizomiyning «Haft paykar» («Yetti go`zal») dostoni, shayx Sa`diyning «Guliston» va «Bo`ston» kitoblari, Jomiyning «Yusuf va Zulayho» dostoni, Xiloliyning «Shoh va gado» dostoni ana shular jumlasidandir.
Muhammad Rizo Ogahiy o`zbek adabiyoti va madaniyati taraqqiyotiga barakali uluch qo`shgan vatanparvar ulug` bir zot sifatida o`z o`rniga ega bo`lgan siymodir.

Yüklə 230,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin