2.Statistikaning paydo bo’lishi uzoq tarixiy ildizga ega bo’lib, barcha tarixiy formatsiyalarda namoyon bo’ladi va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan birga taraqqiy etadi va takomillashadi.
Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi Hindiston, Hitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan.
Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat yig’imlarni to’plash uchun, er egalarida qancha eri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yxatga olish emas,balki statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab etadi va ularni boshlanganligidan dalolat beradi.
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan.
Evropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Axenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.
Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857-1936), V.Gosset va R.Fisherlardir.
Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o’zbek xalqiga o’rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi 1932 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan. Hozirgi paytda deyarli hamma iqtisodiy institut va fakultetlarda statistika kafedralari mavjud. Ularda o’zbek statistikasini yaratgan va yaratayotgan ajoyib olimlar faoliyat ko’rsatmoqda.
3. Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir.Statistika fanining predmeti deb ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uyg’unlikda, aniq makon va zamonda o’rganishga aytiladi.
1.Statistitka metodologiyasining hozirgi davrdagi rivoji quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’lmoqda:
Iqtisodiyot holati va rivojlanish istiqbollariga statistik xarakteristika berish.
Tarmoqlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalari bo’yicha farqlanishlarini va omillar ta’sirini o’rganish metodologiyasini takomillashtirish.
Xalqaro va mintaqalararo taqqoslashlar metodologiyasini rivojlantirish.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) metodologiyasini rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: |