Tabiiy shamollatish tashqaridan bino ichiga kiigan sovuq havo bino ichidagi issiqlik hisobiga issiqlik qabul qilib, isigandan keyin hajmi kengayganligi sababli yengillashib binoning yuqori tomonlariga qarab harakatlanadi va agar biz binoning yuqori qismida havoning chiqib ketishi uchun truba yoki tirqishlar hosil qilsak, unda biz,havoni tashqariga chiqarib yuborish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Biz jarayon har qanday sanoat korxonasi binosida, shuningdek, har qanday binoda, ayniqsa, sovuq faslda uzluksiz davom etadi va bu hodisani aeratsiya deb yuritiladi.
Mashinasozlik sanoati korxonalarida, ayniqsa, ko'p miqdorda issiqlik ajralishi bilan kechadigan jarayonlarda tabiiy shamollatishning ahamiyati nihoyatda katta bo'iadi. Chunki bu sexlarda almashtiriladigan havoning miqdori juda katta bo'lganligi sababli mexanik shamollatishga juda katta mablag' sarflashga to'g'ri keladi. Bunday issiq sexlarda ajralib chiqayotgan issiqlikni tabiiy shamollatish yo'li bilan chiqarib yuborish anchagina iqtisodiy samara berishini hisobga olish kerak.
Bunda asosiy e'tiborni havoni kirish yo'nalishlari va chiqish joylarini ta'minlash katta rol o'ynaydi. Ma'lumki, issiq havo yuqoriga qarab ko’tariladi, sovuq havo esa pastga yo'naladi. Shuning uchun ko'p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi sexlarda sovuq havoni poldan 4 m balandlikdan berish maqsadga muvoflq hisoblanadi. Sovuq havo pastga , qarab yo'nalishi borasida issiq havo bilan aralashadi, isiydi va vujudga kelgan tabiiy oqimlar harakatiga qo'shilib uzluksiz harakat hosil qiladi. Bu uzluksiz harakat davomida oqimlarga yangidan-yangi miqdorlar qo'shilishi natijasida yuqori to’siqlar tomon yo'naladi va bir qismi tabiiy shamollatish tirqishlaridan tashqariga chiqib ketadi, bir qismi esa sovib yana pastga qarab yo'naladi va bu bilan havoning xona ichidagi aylanma harakatini kuchaytirishga o'z hissasini qo'shadi. Shunday qilib, binolarning ichida havo harakatining tutash oqimlari vujudga keladi. Buni 11-rasmda ko'rsatilgan sxemada ifodalash mumkin. Agar tashqarida havo nihoyatda issiq bo'lsa, (30—40 °C atrofida) tabiiy shamollatish ehtiyoji oshadi.
11-rasm. Tabiiy shamollatishda sanoat korxonasida hosil bo’ladigan bosimlaniing taqsimlanish.
12-rasm. Shamol ta'siri havo almashtirish miqdorini oshiruvchi qurilma (deflektor).
Agar binoga har ikkala bosim kuchi tabiiy shamollatish vazifasini bajarayapti deb hisoblasak:
P =(m u ) H+ (P1-P2)
Ortiqcha bosim miqdorini aniqlagandan yuborilayotgan havo miqdorini ham aniqiash mumkin:
Q = f 2qP bunda, —havo miqdori koeffitsiyenti; f-havo chiqarib
yuboruvchi teshik kesim yuzasi.
Soddalashtirilgan holda bu formula ko’nishiga ega bo’ladi.
Q =4.04 Agar chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, kirib kelayotgan havo miqdoriga teng desak, unda biz kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan havo harakat tezligini topishimiz mumkin;
V= Q F bu yerda F — havo chiqib ketiyotgan tirqish kesim yuzasi.
Chang tozalagichlarning turlari ko'p. Ularni qo'llaganda asosan chang tozalovchi qurilmaning ishlatish jihatidan qulayligiga, uning chang tozalash darajasiga va arzon-qimmatligiga qarab tanlanadi.