15
umumiy o
‘
rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
VI SINF
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
o‘z oldiga maqsad qo‘ya oladi, mustaqil fikrlaydi;
o‘z faoliyatini
tahlil qiladi, baholaydi;
o‘zini-o‘zi rivojlantiradi;
o‘z majburiyatini bajaradi, muloqotga kirisha oladi;
hamkorlikda ishlaydi;
o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga odatlanadi:
ma’naviy-axloq me’yorlariga rioya qiladi.
I bob. MEN FUQAROMAN
(9 soat)
Men oltin qoida b
o‘yicha yashayman. “Axloqning oltin qoidasi”
iborasining ma’nosini ochib berish. Ijobiy va salbiy shaklda: boshqalar bilan
o‘zingga nisbatan bo‘lishini xohlaganingdek muomala qil. O‘zingga nisbatan
b
o‘lishini xohlamaganlaringni boshqalarga qilma.
Vijdon va burch bilan yashash. Vijdon va burch tushunchalari
mazmunini ochib berish.Vijdonga
muvofiq amal qilish,
o‘ziga nisbatan va
boshqalar bilan halol b
o‘lish. Baxt – toza vijdon bilan yashashdir.
Adolat hayot haqiqati sifatida. Tenglik tushunchasini ochib berish,
qanday qilib, odamlar “teng” bo‘lishlari kerak? Boshqa odamlarga: oilada,
sinfda, shaharda, mamlakatda teng va adolatli munosabatda
bo‘lish. Adolat
bilan taqsimlash nimani anglatadi.
Minnatdorchilik yuragimda yashaydi. Minnatdorlik
nimani anglatadi
va uni qanday mos usullar bilan ifodalash mumkin. Atrof-olamdan
minnatdor b
o‘lish. Boshqalarga o‘z minnatdorligimiz va ehtiromimizni
qanday k
o‘rsatishimiz mumkin? Kimdan minnatdor bo‘lishimiz shart?
Kechirimlilik kuchlilar xislatidir. Xafagarchilik va kechirim nima?
Nega xafagarchilikni saqlab yurmaslik va kechirishni
o‘rganish juda muhim?
Kimdan va qanday kechirim s
o‘rash kerak.
Dostları ilə paylaş: