9-Mavzu. Sun’iy neyron to‘rlari va funksiyalarni
approksimatsiyalash
Reja:
1. Sun’iy neyron to‘rlari
2. Xatoliklar funksiyasi
3. Turli toifadagi alomatlar bilan tavsiflangan berilganlar uchun
neyron to‘ri
Tayanch so’z va iboralar
. BIT, alomat, qurg‘oqchilik,
tanlanma fayl, intervallarga
ajralish, vaznlar, umumlashgan baholar, bashorat qilish.
Tirik mavjudotlar ichida eng oliysi bo‘lgan
inson har qadamda anglash,
o‘rganish va qaror qabul qilishga duch keladi. Neyroto‘rli yo‘nalish nisbatan
murakkab masalalarni miya qay tarzda yechishi va uning tamoyillarini avtomatik
qurilmalarda qanday amalga oshirili-shini tushunishga harakatdan paydo bo‘ldi.
Hozircha
sun’iy neyron to‘rlari (
artificial neural networks, ANN) tabiiy neyron
to‘rlarning imkon doirasida soddalashgan eng oxirgi ko‘rinishidir. Inson va boshqa
jonivorlarning nerv tizimi zamonaviy texnologiyalar yorda-mida yaratish mumkin
bo‘lgan qurilmalardan ancha murakkabdir. Shunday bo‘lsa-da,
nerv tizimlarining
umumiy tamoyillaridan foydalanib ko‘pgina amaliy masalalarni muvaffaqiyatli
echishga erishilmoqda.
Sun’iy neyron to‘rlari (SNT) – sun’iy neyronlar birlashuvi bilan yuzaga kelgan, biologik
nerv to‘rini juda ham soddalashtirilgan ko‘rinishidir. Bu o‘rinda soddalashtirish darajasi
neyronlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarning beqiyos murakkabligi bilan belgilanadi. Biologik
nerv tizimlarida har bir neyron xossalar va funksiyalar to‘plamiga ega bo‘lib,
ular ichida
miyaning kommunikatsion tizimini tashkil qiluvchi nerv tolalari bo‘yicha elektroximik
signallarni qabul qilish, ishlov berish va uzatish funksiyalari noyob hisoblanadi.
Sun’iy neyron to‘rlari o‘z arxitekturasi bilan ajralib turadi: neyron-lar o‘rtasidagi
bog‘lanishlar tuzilmasi,
qatlamlar soni, neyronlarni faollashtirish funksiyalari, o‘rganish
algoritmlari. Bu nuqtayi nazardan mashhur SNT ichidan statistik, dinamik to‘rlar va
fuzzy-
tuzilmalar; bir yoki ko‘p qatlamli to‘rlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
To‘rlardagi hisoblash
jarayonlarning farqlanishi, qisman neyron-larning o‘zaro bog‘lanish
usullaridan kelib chiqadi, shu sababli to‘rlarning quyidagi turlarini ajratishadi: