Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o’zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday jarayonda o’qituvchi o’kuvchining mashg’ulotlarga munosabati va bu jarayonda o’zini qanday tutishga e’tibor bermog’i lozim. Shunday ekan, ta’limning samaradorligi o’qituvchining o’quvchilarni o’qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishga bog’liqdir. Buning uchun o’qituvchi ularni o’qishga ijodiy munosabatda bo’lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.
O’qitib tarbiya berish deganda ta’lim va tarbiyaning bir - biridan ajralmasligini tushunamiz. Xar bir o’quv fani hatto, ayrim mavzu va mavzuchalari ham shubhasiz, tarbiyalovchilik xarakteriga ega.
Tabiiy fanlar- matematika, kimyo, biologiya, astronomiya va boshqalarni o’zlashtirish orqali o’quvchilarda ilmiy e’tiqod, dunyoqarash shakllana boradi. Ular dunyoni o’rganish mumkinligini ilmiy asosda anglab oladilar. Har bir narsa yuzasidan haqqoniy hukm chiqarishga o’rganadilar.
Gumanitar fanlarning tarbiyaviy ahamiyati yanada kengroq bo’lib, ular komil insonning axloqiy sifatlarini shakllantirishga har tomonlama yordam beradi.
O’quvchi-talaba ilmiy bilimlarni o’zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi, iymon- e’tiqodi va qobiliyati o’sib rivojlanib boradi. Ta’limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish o’qituvchining, avvalo, ta’limni uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etishiga, o’quv materiallarining mazmuni bilan bog’liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashiga va o’quvchilarning bilim olishga qiziqtira olishiga bog’liqdir. Shu bilan birga o’qituvchining o’quvchilar oldidagi obro’ - e’tibori muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Ta’limning ko’rsatmalilik qoidasi- ta’lim jarayoni sifatini oshiradi, o’quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Bu qoida o’qitish jarayonida ko’rish, eshitish, hid, ta’m, maza bilish, teri-muskul harakat kabi sezgi organlarining bir yo’la ob’ekt ustida safarbar qilinishini talab etadi.