3.Aromatik uglevodorodlar, kimyoviy formulasi: CnH2n-6,
CnH2n-12
Neftning og'ir fraksiyalarida murakkab ko'p halqali aromatik uglevodorodlar uchraydi.
Aromatik uglevodorodlar neft tarkibida parafin va naften uglevodorodlarga nisbatan ozroq miqdorda (5-20%) uchraydi. Aromatik uglevodorodlarning zichligi parafin va naftenlarga qaraganda ancha yuqori bo'lib, ular turli reaksiyalarga oson kirishadi. Ularning asosiy vakili benzol C6H6 bo'lib, uning benzin tarkibida bo'lishi oktan sonini oshiradi. Lekin bu uglevodo-rodlarning miqdori chegaralanadi, chunki ular yuqori haroratda detallarga yopishib, qurum qotishmalarini hosil qiladi.
Aromatik uglevodorodlarning dizel yonilg'isida kam bo'lgani yaxshi, chunki ular dizel yonilg'isida qiyin oksidlanib, alanga-lanish vaqtini uzaytirib yuboradi va yonilg'i chala yonishiga olib keladi, natijada dvigatel qattiq ishlaydi.
Moylarda esa, bu uglevodorodlar ko'p qurum hosil bo'lishiga olib keladi, shuningdek, harorat pasayganda moylarning qovush-qoqligini oshirib yuboradi. Shuning uchun bu uglevodorodlar moylash materiallarida kam bo'lgani maqsadga muvofiq.
4.To'yinmagan uglevodorodlar, kimyoviy formulasi: CnH2n,
CnH2n-2. Neftni qayta ishlash jarayonida ko'pgina to'yinmagan
uglevodorodlar hosil bo'ladi. To'yinmagan uglevodorodlar tarkibidagi qo'shbog' soniga qarab quyidagicha bo'ladi:
Bitta qo'shbog'li - olefinlar: CnH2n, masalan: C4H8 buten
ikkita qo'shbog'li - diolefinlar: CnH2n-2 , masalan: C4H6butadiyen
To'yinmagan uglevodorodlar juda bo'sh bo'ladi, shu sababli ular uchun qo'shbog'li bog'lanish joyida uzilib, biriktirib olish reaksiyasi tez ketadi. Natijada, ular osongina oksidlanib smolalar, organik kislotalar va boshqa birikmalar hosil qiladi. To'yinmagan uglevodorodlar har qanday neft mahsulotlarining xossalarini yomonlashtiradi, shuning uchun ularning yonilg'ida ham moyda ham bo'lishi maqsadga muvofiq emas.
5. Neft mahsulotlari tarkibida, shuningdek, 1-3% atrofida -kislorodli, azotli va oltingugurtli birikmalar ham bo'ladi. Bu birikmalar avtomobil yonilg'ilari va moylari sifatini yomonlash-tiradi.