Katalitik kreking jarayonining asosiy vazifasi yuqori sifatli (oktan soni yuqori bo'lgan) benzin olishdir. Katalizatorlar sifatida alyumosilikatlar ishlatiladi. Harorat rejimi (470^540°C) termokre-kingnikiga o'xshash bo'lib, lekin reaksiya tezligi yuqori va olinadigan benzin sifati ham ancha yuqori bo'ladi.
Kreking usulida neftdan benzin fraksiyalarining ajratib olinishi 50-60% ni tashkil etadi. Katalitik kreking 450-590°C haroratda va 0,1-0,2 MPa bosimida katalizatorlar (alyumino-silikatlar va boshqa moddalar) ishtirokida o'tkaziladi. Bunda xomashyoni kreking qurilmasidan bir marta o'tkazishda 40-50% benzin, 30-40% dizel yonilg'isi va 10-15% gaz fraksiyalari olinadi.
Katalitik kreking texnologiyasi termik krekingga nisbatan takomillashgan bo'lib, bunda hosil bo'lgan to'yinmagan uglevodorodlarning bir qismi to'yingan ko'rinishga o'tadi. Shu sababli, bu usulda olingan benzin sifati yuqori bo'ladi. Termik kreking usulida olingan benzinlarni saqlashda turg'unlik xusu-siyatini yo'qotadi va detonatsiyaga chidamliligi pasayadi (15-rasm).
1.5-rasm. Katalitik kreking sxemasi:
1-pech; 2-bug'latgich; 3-katalizatorli bunker; 4-radiator; 5-regenerator; 6-rektifikatsiya kolonnasi; 7-gazoseparator.
Katalitik kreking yordamida og'ir neft mahsulotlaridan gazo-yildan tortib mazutgacha 8-15% miqdorida benzin olish mumkin:
Katalitik krekingda yuqori sifatli (oktan soni motor usulida 72-82) benzin olish imkoniyatini beradi. Katalitik krekingda parchalanish reaksiyalari bilan birga izomerlanish reaksiyalari, ya'ni normal tuzilgan zanjirli uglevodorodlarning tarmoqlangan uglevodorodlarga aylanishi ham kamroq hosil bo'ladi. Shu afzalliklari uchun hozirgi vaqtda asosan katalitik krekingdan foydalaniladi.
Benzin sifatini yaxshilash uchun reforming usulidan foyda-laniladi. Bu jarayon ham 2 xil yo'nalishda bo'ladi:
- termik reforming;
- katalitik reforming.
Termik reformingdavodorod ishtirokida (4800C--5200C haroratda va 3MPa bosim ostida) to'yinmagan uglevodorodlar to'yingan holga o'tishi bilan benzin sifati yaxshilanadi.