2011-yil mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo'ldi. Prezidentimiz I. A


Neftni qayta ishlashning fizikaviy usuli



Yüklə 123,76 Kb.
səhifə7/10
tarix23.11.2022
ölçüsü123,76 Kb.
#69958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NEFT MAHSULOTLARINING KIMYOVIY TARKIBI VA OLINISH USULLARI

Neftni qayta ishlashning fizikaviy usuli
Neftni haydash jarayoni, shu jumladan, eng yengil va tiniq neft mahsulotlarini (benzin, kerosin, dizel yonilg'isi) olish jarayoni atmosfera bosimi ostida bajariladi. Neftni birlamchi qayta
ishlash usuli (haydash usuli) fizikaviy usul bo'lib, neft tarkibidagi uglevodorodlar qaynash haroratiga qarab ajratiladi. Neftni haydash deganda, uni qaynash darajasigacha qizdirib, tarkibida bo'lgan uglevodorodlar bug' holiga keltiriladi, so'ngra ular sovitilib, suyuqlikka aylangach yig'ib olish tushuniladi. Haydash natijasida distillat va qoldiq hosil bo'ladi.
Neftni qayta ishlashning fizik (haydash) usulida murakkab qurilmadan (1.2-rasm) foydalaniladi. Qurilma ikkita asosiy apparatdan - neft qizdiriladigan naysimon pech va rektifika-tsiyalash kolonnasidan iborat. Naysimon pechning ichida ilon izi shaklidagi uzun truboprovod joylashgan.

1.2 -rasm. Neftni qayta ishlash qurilmasining sxemasi:
1-trubali pech; 2-bug'latish kolonnasi; 3-rektifikatsiya kolonnasi; 4-yordamchi kolonna; 5-nasos; 6-sovutgich; 7-suv va ifloslarni ushlab qolgich; 8-nasos; 9-sovutgich.
Natijada uning tarkibidagi uglevodorodlar qaynash haroratiga qarab fraksiyalarga ajratiladi. Fraksiya deb, neftni ma'lum harorat oralig'ida qaynaydigan bo'lagiga aytiladi.
Pech mazut yoki gaz yordamida qizdiriladi. Truboprovoddan neft to'xtovsiz o'tib turadi va 320^350°C gacha qizdirilib bug' va suyuqlik aralashmasi holida rektifikatsiyalash kolonnasi (mi-nora)ga tushadi.
Neftni haydash yoki rektifikatsiya qilish maxsus rektifikatsiya minoralarida olib boriladi. Bu minoralar balandligi 35-40 m gacha bo'lib, uning ichida bir necha qator gorizontal joylashgan teshikli to'siqlar - tarelkalari bo'ladi. Rektifikatsion kolonnalar neft yoki neft mahsulotlari fraksiyalarining qaynash haroratlariga qarab ajratish uchun ishlatiladi.
Neftni haydash jarayonida eng yengil neft mahsulotlari rektifikatsiya minorasining yuqori qismidan olinsa, pastga qarab yaqinlashgan sari og'irroq neft mahsulotlari ajratib olinadi.
Ajratib olish jarayoni «rektifikatsiya» deb yuritiladi yoki boshqacha aytganda rektifikatsiya - suyuq moddalarning aralashmalarini qaynash harorati bilan bir-biridan farq qiladigan fraksiyalarga ajratishdir. Rektifikatsion kolonnaga (1.3-rasm) xomashyo kerakli haroratgacha isitilib, bug' va suyuqlik aralashmasi holida beriladi.
Neft bug'lari kolonnaga tarelka teshiklaridan o'tib yuqoriga ko'tariladi. Ular yuqoriga ko'tarilgan sari asta-sekin sovib, qaynash haroratiga qarab tarelkalarning birortasida suyuqlikka aylanadi. Bug' yuqoriga ko'tariladi, suyuqlik esa pastga oqib tushadi. Bug'lanish va suyuqlanish jarayoni kolonnaning har bir tarelkasida qaytariladi. Suyuqlik bug'larning fraksion tarkibi kolonnaning balandligi bo'ylab tinmay o'zgarib turadi: oqib tushayotgan flegma og'ir fraksiyalar bilan boyib boradi, bug' esa yuqoriga ko'tarilgan sari yengillashadi.
Neftni qizdirish davrida uning tarkibidagi yengil ugle-vodorodlar ma'lum bir haroratda ajralib chiqa boshlaydi. Yengil uglevodorodlar ma'lum bir haroratda ajralib chiqqani bilan baribir
oz qismi neft tarkibida qolib ketishi mumkin. Shuning uchun uni yana qaytadan ajratib olishga to'g'ri keladi. Buning natijasida bir jarayon bir necha marta qaytarilishi kerak bo'ladi.

1.3 -rasm. Rektifikatsiyalash kolonnasi qurilmasining sxemasi.
Haydash jarayoni bir marta, ko'p marta yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bir marta bug'latishda isitish berilgan haroratgacha olib boriladi va bug' sistemadan chiqmasdan turib, suyuq faza bilan aralashgan holda saqlanadi. Bu usulda (1.4-rasm) neft nasos (4) orqali issiqlik almashtirgich (1) ga, so'ngra neft tindirgichlariga yuboriladi. U yerda suv va loydan tozalanib (2), pech (3) orqali rektifikatsion kolonna (5) ga yuboriladi.
Ko'p marta bug'latishda bir martalik bug'latish jarayoni ko'p marta qaytariladi va har gal hosil bo'lgan bug' sistemadan chiqarib turiladi. Qurilmaning kamchiligi: neft tarkibida yengil fraksiya ko'p bo'lsa apparatlarda bug'lanish natijasida bosim ortib ketishi mumkin, bu apparatlar konstruksiyasini og'irlashtirib yuboradi. Qurilmaning afzalligi: pech va ikkinchi kolonnaga katta og'irlik tushmaydi.

1.4-rasm. Bir marta bug'latishli neftni haydash qurilmasi:
1-issiqlik almashtirgich; 2-suv va loy ajratgich; 3-pech; 4-nasos; 5-rektifikatsion kolonna (minora).
Minora tagida neftning bug'lanmay qolgan qoldiq qismi mazut deyiladi. Mazut vakuum ostida haydalganda moylar olinadi. Neftni 360OC dan ortiq qizdirib bo'lmaydi, chunki bu haroratda uning tarkibidagi uglevodorodlar parchalana boshlaydi. Uglevo-dorodlarning parchalanishini oldini olish va qaynash haroratini pasaytirish maqsadida vakuum ostida usulidan foydalaniladi. Mazutni moy olish uchun qayta ishlash - uni truba pechda vakuum ostida qizdirishdan iborat. Suyuqlik bug'larining bosimi tashqi bosimga teng bo'lganda qaynash boshlanadi. Sistemada bosim kamaytirilganda qizdirilayotgan mahsulot past haroratda qaynaydi; masalan, neftning moy fraksiyalari atmosfera bosimida 500°C dan yuqori haroratda qaynaydi, bosim 700 mm simob ustunida esa harorat 100°C ga pasayadi. Qaynash haroratining pasayishi bosimga to'g'ri proporsional emas. Past vakuum qaynash haroratiga kam ta'sir qiladi. Yuqori vakuumda esa o'zgarish katta bo'ladi. Suv bug'i bilan vakuumni birga qo'llash yaxshi natija beradi va haydash jarayonini yumshoq sharoitda olib
borish imkonini beradi. Mazut bug'lari vakuum kolonnasiga tushadi, bu yerda ular distillatlarga ajratiladi. Bu distillatlar turli xil moylar (transformator, separator, industrial, motor, kompressor moylar) olish uchun ishlatiladi. Neft qoldiqlari polugudron va gudronlarni qayta ishlanganda asosiy mahsulot sifatida trans­mission moylar olinadi.

Yüklə 123,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin