Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
349
w
www.oriens.uz
June
2021
to‘rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 industriya texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan
texnologik o‘zgarishlar, ya’ni, ommaviy robotlashtirish, qo‘shimcha va virtual reallik
texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu jarayonni yanada
tezlashtiradi. 4.0 Industriya (
to‘rtinchi sanoat inqilobi) atamasi 2011 yilda iste’molga
kirdi va uning ma’nosi raqamli texnologiyalar vositasida qo‘shimcha qiymat hosil
qilish global zanjirini amalga oshirishdan iborat. “Aqlli texnologiyalar” va “aqlli
robotlar” kabi texnologiyalarining jahon bo‘ylab tarqalishini amalga oshirgan holda,
to‘rtinchi sanoat revolyutsiyasi global darajada virtual va fizikaviynavbatida
mahsulotlarning to‘liq moslashuvchanligiga hamda
yangi operatsion modellar
yaratilishiga olib keladi. Raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning korporativ miqyosdagi
joriy qilinish yo‘nalishlariga misol sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin
- Professional hizmatlar – on-demand professional services – buxgalter
hizmatlari, dizaynar hizmatlari, maslahatchilar, tarjimonlar va boshqalar.
- Jamoaviy moliyalashtish – collaborative finance – kraudfunding (crowd-
funding), o‘zaro kreditlash (peer-to-peer lending)
- Uyda ko‘rsatiladigan hizmatlar – on-demand household services
- Uy-joydan birgalikda foydalanish (peer-to-peer accommodation)
- Transportdan birgalikda foydalanish (peer-to-peer transportation)
Raqamli iqtisodiyotning yana boshqa bir hizmatlari,
shu jumladan, big data,
sun’iy intellekt, mashina vositasida ta’lim berish,
kraudsorsing, kraudfunding,
blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va korporativ
boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari
yaqqol ko‘rsatib turibdi. Masalan, kraudsorsing va kraudfunding
texnologiyalari
kompaniyaning oyoqqa turib olishini, rivojini va raqobatbardoshliligini ta’minlash
uchun hizmat qiladi. Agarda kraudsorsing jamoaviy tafakkur bo‘lsa, kraudfunding
jamoaviy moliyaviy mablag‘lar yig‘ish mexanizmi deb hisoblaniladi. Ish ko‘lami,
faoliyat turi va kattaligidan qat’iy nazar, turli xil
loyihalar uchun moliyaviy
mablag‘lar yig‘ish texnologiyasi bo‘lgan kraudfundung barcha kompaniyalar uchun
katta ahamiyatga ega bo‘lgan unikal moliyaviy mexanismdir. Misol sifatida, Rosiya
bozorida ham bir qancha yirik kraudfunding platfiormalari bo‘lib, ular kraudfunding
loyihalarining amalga oshishiga ko‘mak berib turadilar. Eng ommabop kraudfundung
platformalar
planeta.ru va
Boombaster 2012 yilda tashkil qilinganlar. Hozirgi paytda
esa bunday platformalarning soni 30 dan oshib ketgan.
Planeta.ru tomonidan sakki
mingta loyihaga 660 mln rubl yig‘ilgan bo‘lsa, huddi shu davrning o‘zida
taniqli
xorijiy kraudfunding platforma
Kickstarter tomonidan 3 mlrd dollar mablag‘ yig‘ilib,
126 mingta muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilgan.