FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI MOLIYA YO'NALISHI 2-KURS 22.139-GURUH TALABASI HAKIMJONOV MURODILLONING MOLIYA ASOSLARI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Investitsion loyihalar tahlilining moliyaviy jihatlari
This Photo by Unknown author is licensed under CC BY-NC-ND.
Reja:
KIRISH
Kapital bahosini hisoblash
Investitsiya loyihalari uchun diskont darajani hisoblash
Investitsiya loyihalarini moliyaviy tahlil etishning maqsadi va uning asosiy jixatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Moliya deganda investitsiya, qarz olish, kreditlash, byudjetlashtirish, tejash va risklarni boshqarish bilan bog'liq faoliyatni o'z ichiga olgan pul va aktivlarni boshqarish tushuniladi. Bu moliyaviy resurslarni sotib olish, taqsimlash va ulardan samarali foydalanish bo'yicha asosli qarorlar qabul qilish uchun turli sektorlar, tashkilotlar va shaxslar ichidagi mablag'lar oqimini tahlil qilishni o'z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining moliya tizimi turli institutlar, bozorlar, tartibga solish va mamlakat iqtisodiyotida mablag‘lar oqimini ta’minlovchi mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. U banklar, nobank moliya institutlari, kapital bozorlari, sug'urta kompaniyalari va nazorat qiluvchi organlarni o'z ichiga oladi.
Kapital bahosini hisoblash
Kapital bahosini hisoblash Investitsiya jarayonlarini amalga oshirishda va kapital byudjet tuzish jarayonida kapital bahosini hisoblash muhim ahamiyatga ega. Chunki, investitsiya ob’ekti bahosini belgilashda to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’sir etadi. Iqtisodiyotda har qanday sub’ekt o‘z faoliyatini rivojlanish va joriy operatsiyalar nuqtai-nazaridan moliyalashtirish uchun pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadi. Bunday moliyalashtirish davomiyligiga ko‘ra uzoq va qisqa muddatli tusga ega. U, yoki bu moliyalashtirish manbasini jalb qilish, kompaniya uchun davriy tusdagi xarajatlar bilan bog‘liq. Kapital hajmiga nisbatan foiz ko‘rinishidagi bunday xarajatlar yig‘indisi kompaniya kapitali bahosini o‘zida aks ettiradi. Kapital bahosi konsepsiyasi moliyaviy menejmentning muhim nazariyalaridan biri bo‘lib, kompaniyaning yuqori bozor bahosini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan investitsiya kapitali rentabelligini tavsiflaydi. Kompaniyaning bozor bahsini maksimallashtirish, foydalaniladigan manbalar bahosini ma’lum bir darajada minimallashtirish orqali erishiladi. Zero, kapital bahosi ko‘rsatkichi investitsiya loyihalarini va kompaniyaning investitsiya portfelini samaradorligini baholashda keng qo‘llaniladi. Moliyaviy menejmentdagi ko‘pincha qarorlar (aylanma aktivlarni moliyalashtirish siyosatining shakllanishi, lizingdan foydalanish qarori, kompaniyaning operatsiya foydasini rejalashtirish va h.k.) kompaniya kapital bahosi tahliliga asoslanadi. Kapital bahosi bozor qatnashchilari tomonidan ma’lum bir investitsiya loyihalariga mablag‘ jalb qilish uchun talab qilinadigan kutilayotgan daromadlilik darajasidir84. Iqtisodiy atama nuqtainazaridan, kapital bahosi bu ma’lum bir investitsiya loyihasi uchun muqobil xarajat, ya’ni qo‘ldan boy berilgan boshqa bir yaxshi muqobil investitsiya loyihasi qiymatidir.