Mavzu: nobank moliya-kredit muassasalari reja: Nobank moliya kredit muassasalarining zarurligi Kredit korparativ va uyushmalari
MAVZU: NOBANK MOLIYA-KREDIT MUASSASALARI Reja: 1.Nobank moliya kredit muassasalarining zarurligi 2.Kredit korparativ va uyushmalari 3. Kredit uyushmalari 4. Lambardlar ssuda jamg’arma assasiyasalari 5. Respublikamizda nobank muassasalar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari 6. Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish
1.Nobank moliya kredit muassasalarining zarurligi Nobank moliya kredit tashkilotlari daganda tor doirada ixtisoslashgan va aloxida bank operatsiyalarini amalga oshirish xuquqi bo’lgan kredit tashkiloti tushiniladi.
Biroq nobank kredit tashkilotlari xar qanday bank operatsiyasini amalga oshirolmaydi.
Masalan:Ular tijorat baklari amalga oshiradigan quyidagi muxum operatsiyalarni amalga oshirish xuquqiga ega emas:
Yuridik va jismoniy shaxslarga xisobraqam ochish va yuritish
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini depozit xisobraqamlarga jalb etish.
Mazkur pul mablag’larini o’z nomiga joylashtirish.
Kredit uyushmasi – mikromoliyalash tashkilotlari tarkibidagi asosiy moliya muassasasi hisoblanib, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish asosida mikrokredit va kreditlar berish bilan shug‘ullanadigan tijorat tashkilotidir. Kredit uyushmasiga Markaziy bankning tegishli me’yoriy hujjatlarida, kredit uyushmasi– kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkiloti sifatida ta’rif berilgan.
Kredit uyushmalariga iqtisodiy adabiyotlarda notijorat moliyaviy tashkilot sifatida ta’riflar berilgan. Bizningcha dastlabki kredit uyushmalari notijorat asosida tashkil topgan bo‘lishi mumkin, biroq hozirgi kunda
mamlakatimizda tashkil etilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha kredit uyushmalarining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan. Kredit uyushmalari faoliyatiga kengroq ma’noda e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kredit uyushmalari kooperativ tashkilot bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi va o‘zining a’zolariga ushbu mablag‘lar hisobidan kreditlarni taqdim etadi. Ayrim ma’nbalarga ko‘ra, dastlabki kredit uyushmalari 1844 yilda Angliyaning Rochdeyl shahrida to‘qimachlik korxonasi ishchilari tomonidan tashkil etilgan. XIX – asrning 60 yillarida kredit uyushmalari tashkil etish g‘oyalari Germaniya va Avstriyalik Fridrix Rayffayzen va German Shultse-Delichlar tomonidan ilgari surildi. Shu davrda kredit uyushmalari faoliyati rivojlandi va moliyaviy muassasalar sifatida mamlakat moliya tizimiga kirib keldi.
Rayffayzen dastlabki qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan kredit klasslari, huningdek, savdo – sotiqni kreditlaydigan uyushmalarning asoschisi hisoblanadi. Shultse – Delich tomonidan tashkil etilgan kredit uyushmalarining asosiy faoliyati shaharlarda faoliyat yuritadigan hunarmand, kosib va mayda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga qaratildi.
Hozirgi kunda, kredit uyushmalari AQSh, Kanada, Irlandiya,Avstraliya, Janubiy Koreya, Tayvan mamlakatlarida juda keng rivojlangan, shuningdek, ayrim MDX mamlakatlarida (Rossiya, Qozog‘iston, Estoniya) ham jadal rivojlanish bosqichini o‘z boshidan kechirmoqda.
Kredit uyushmalari passiv operatsiyalari– bu mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalaridir. Kredit uyushmalari mablag‘larni pay badallari, muddatli va jamg‘arma depozitlar, boshqa moliyaviy muassasalardan kredit sifatida jalb qilishi mumkin. Shuningdek, kredit uyushmalarining daromad va foydani shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarini ham ularning passiv operatsiyalari sifatida tasniflash mumkin. Kredit uyushmalarini tashkil etishning asosiy passiv operatsiyalari va ularni tashkil etishning talablaridan biri ustav kapitalini shakllantirish hisoblanadi. Kredit uyushmalari pay badallari (ustav kapitali) uning ta’sischilari tomonidan shakllantiriladi. Kredit uyushmalari ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek,
mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol – mulk hisobidan shakllantirilishi mumkin. Kredit hisobidan va garovga olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan kredit uyushmalari ustav fondini shakllantirishga ruxsat berilmaydi. Kredit uyushmalarining muddatli va jamg‘arma depozitlari unga a’zo
jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari hisobidan shakllantiriladi.
Ta’kidlash joizki, kredit uyushmalarida muddatli va jamg‘arma depozitlar bo‘yicha to‘lanayotgan foiz stavklarining yuqoriligi aholining kredit uyushmalarida omonatlarni jamg‘arishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirmoqda. Biroq, bu omonatlar bilan bog‘liq risklarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Kredit uyushmalari, moliyaviy muassasa sifatida qo‘shimcha resurslarga kuchli ehtiyoj sezadi. Kredit uyushmalari, albatta ushbu ehtiyojni ustav kapitali, omonatlar, taqsimlanmagan foyda hisobidan qondirishga alohida e’tibor qaratadi. Shunga qaramasdan, ushbu moliyaviy manbalar hisobidan shakllantirilgan mablag‘lar yetarli bo‘lmaganda tijorat banklaridan qisqa va uzoq muddatli kreditlarni jalb etadi.
Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari – bu passiv operatsiyalar natijasida shakllantirilgan moliyaviy mablag‘larni tegishli foydani shakllantirish maqsadida samarali maqsadlarga joylashtirishi bilan bog‘liq faoliyati majmuidir. Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari iqtisodiy
mohiyatidan kelib chiqqan holda moddiy va nommoddiy aktivlarga, riskli va risksiz aktivlarga, daromad keltiradigan va daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida guruhlash mumkin.
Kredit uyushmalarining moddiy aktivlariga bevosita qiymat va buyum ko‘rinishida mavjud bo‘lgan aktivlar kiradi. Masalan, kassadagi naqd pullar, kreditlar, asosiy vositalar shular jumlasidandir. Nomoddiy aktivlarga kredit uyushmasini faoliyatini tashkil etish uchun sotib olingan dasturiy mahsullar, gudvill va boshqa shu kabilarni kiritish mumkin. Ma’lumki, kredit muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarning asosiy qismi bevosita risk bilan bog‘liq. Shuningdek, kredit uyushmalarining faoliyati ham bundan holi emas. Shu jihatdan ularning aktiv operatsiyalari ham riskli va risksiz aktivlardan iboratdir.
Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari bevosita ularning daromadlarini shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalari jarayonida vujudga kelib, risk darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa ularning daromadlari hajmi ham shu darajada yuqori bo‘ladi va aksincha. Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari sifatida berilgan kreditlar, investitsiyalar, lizinglar va boshqa shaxslardagi omonatlarini keltirish mumkin. Risksiz aktivlar tarkibiga esa kassadagi naqd pullar, tijorat banklaridagi mablag‘lari, asosiy vositalar va shunga o‘xshash aktivlarini kiritish maqsadga muvofiqdir. Kredit uyushmalarining barcha operatsiyalari ham daromad keltirmaydi, shunday bo‘lsada, uyushmaning faoliyatini tashkil etish maqsadida ular daromad keltirmaydigan operatsiyalarni amalga oshirishga ham majburdirlar. Masalan, kassadagi naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalari, asosiy vositalar, bankdagi hisobvaraqlaridagi mablag‘larni daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida ta’kidlash mumkin.
Kredit uyushmalarining daromad keltiradigan aktivlari tarkibiga kreditlar, investitsiyalar, lizing va boshqa muassasalarga qo‘yilgan muddatli jamg‘armalarni kiritish mumkin.
Kredit uyushmalarining daromad va xarajatlari. Kredit uyushmalarini foizli va foizsiz daromad va xarajatlarga guruhlash mumkin. Kredit uyushmalarining foizli daromadlari ularning riskli operatsiyalari hisobidan shakllantiriladi. Kredit uyushmalari daromadlarining asosiy ulushi
ularning kredit operatsiyalari hisobidan shakllantiriladi. Foizli va foizsiz daromadlar uyushma balansining passiv hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi, barcha daromadlar har oyda, chorakda va hisobot yilining oxirida uyushmaning tegishli hisob varaqlariga (31206 – Sof foyda (zarar) (aktiv – passiv)) kreditlash orqali yopiladi. Kredit uyushmalarining xarajatlari ularning passiv operatsiyalari natijasida vujudga keladi. Xarajatlarning asosiy ulushi resurslarni jalb qilish
(foizli xarajatlar) va uyushma xodimlariga ish haqi berish (foizsiz xarajatlar)ga to‘g‘ri keladi. Foizli va foizsiz xarajatlar uyushma balansining aktiv hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi, barcha xarajatlar har oyda, chorakda va hisobot yilining oxirida uyushmaning tegishli hisob varaqlariga (31206 – Sof foyda (zarar) (aktiv – passiv)) debetlash orqali yopiladi.