Mavzu: nobank moliya-kredit muassasalari reja: Nobank moliya kredit muassasalarining zarurligi



Yüklə 137,26 Kb.
səhifə2/12
tarix16.12.2023
ölçüsü137,26 Kb.
#181889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu nobank moliya-kredit muassasalari reja Nobank moliya kre-fayllar.org

Nobank kredit tashkilot — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan va tegishli faoliyat turini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan lombard yoki mikrokredit tashkiloti1.
Nobank kredit-moliya muassasalari - bu rasman bank emas (bank litsenziyasiga ega emas), ammo asosiy faoliyati moliyaviy hizmatlar ko`rsatish bo’lib, ko`p jihatdan banklarnikiga bog’liq va muqobil hisoblanadi2.
Nobank kredit tashkilotlari- tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo’lgan kredit tashkiloti tushuniladi3.
Birinchi mikrokreditlash dasturi Bangladeshda 1976 - yilda prof. M.Yunus (Nobel mukofoti sohibi, 2006 y.) boshchiligidagi “Gramin” banki orqali amalga oshirildi va shu yilni mikromoliyalashning tug’ilgan yili, deb nomlash mumkin. Uning fikriga ko’ra, nisbatan yuqori foiz stavkalarini aholining o’rta qatlamiga nisbatan qo’llash lozim, kambag’allarga beriladigan ikrokreditlar esa, imtiyozli bo’lishi zarur. Ular mikrokreditlar yordamida kambag’allik balosidan qutuladi undan keyin esa, banklar va nobank kredit tashkilotlari ularni o’rta tabaqaga mansub mijozlar bilan umumiy shartlar asosida kreditlashlari mumkin.
O’zbekistonda mikrokreditlash ilk bor 1998-yilda BMTning Taraqqiyot dasturi (PROON) asosida Qoraqalpog’iston va Qashqadaryoda pilot loyihalarni amalga oshirishdan boshlandi. Bundan maqsad kam ta’minlangan aholi qatlamini va ayollarni oila sharoitida savdo, kichik ko’lamdagi ishlab chiqarish, mikrobiznesni rivojlantirish uchun moliyaviy resurslarga ega bo’lish imkoniyatini kengaytirishdan iborat bo’ldi.
Nobank kredit tashkilotlariga quyidaglar kiradi:
Kredit uyushmalari-ular faqat o’z-o’zlariga depozit qabul qiladi va o’z- o’zlariga kredit beradi
Mikrokredit tashkilotlari- mikrokredit tashkilotlar aholining iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan aktiv ammo kam ta’minlangan qatlamlariga kredit beradi. Ular depozit va omonatlar qabul qilish huquqiga emas
Lombardlar-oltin va tilla taqinchoqlarni garovga olish yo’li bilan kredit beradi
Faktoring kompaniyalari -tovarlar bilan bog’liq hujjatlarni sotib olish, ularni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida yuritish bilan shug’ullanadi
Kliring muassasalari-kliring palatalari banklar o’rtasida to’lov instirumentlari bo’yicha o’zaro hisob-kitioblarni amalga oshiradi.
Ko’pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati markaziy bank Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo Angliya, Germaniya kabi mamlakarlarda bu kabi nazorat funktsiyasiga ega emas. Shu sababli ushbu mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining rugulyatori tomonidan nazorat qilinadi. Nazorat jarayonida nobank kredit tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar qo’yiladi.
Mamlakatimiz Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”4 2017 yil 12 sentyabrdagi qarorida nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ular tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar hajmini, sifatini yanada oshirish va moliyaviy xizmatlar iste`molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator choralar belgilangan. Xususan, mazkur hujjatda 2017 yil 1 oktyabrdan yangi tashkil etilayotgan mikrokredit tashkilotlari uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 2 mlrd. so`m, lombardlar uchun esa 500 mln. so`m miqdorida belgilandi.Faoliyat yuritayotgan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar 2019 yilning 1 yanvariga qadar ustav kapitalini belgilangan eng kam miqdorga etkazishlari lozim. 2017 yil 1 oktyabr holatiga nobank kredit tashkilotlarining jami aktivlari qariyb 200 mlrd. so`mga, kredit qo`yilmalari qoldig`i 178,4 mlrd. so`mga va jami kapitali 153,4 mlrd. so`mga yetdi.
Respublikamiz mintaqalarida jami 76 ta nobank kredit tashkiloti faoliyat yuritayotgan bo`lib, ularning 30 tasi mikrokredit tashkiloti, 46 tasi lombarddir

Nobank moliya-kredit muassasalarining zarurligi:


nobank kredit tashkilotlarining rivojlanishi norasmiy kreditlash sektorini qisqartiradi, moliyaviy xizmatdan foydalanish esa mijoz faoliyati shaffofligini oshiradi;
Jahon amaliyoti ko’rsatishicha faqat nobank kredit muassasalari jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kuchli tebranishga uchramagan;
tijorat banklari harqanday operatsiyani yuksak darajada bajara olmaydi. Shu sababli alohida bank operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashgan kredit tashkilotlari zarur;
Bu esa nobank kredit muassasalari rivojlanishi zarurligini yanada oshiradi
nobank kredit tashkilotlarining rivojlanishi norasmiy kreditlash sektorini qisqartiradi, moliyaviy xizmatdan foydalanish esa mijoz faoliyati shaffofligini oshiradi;
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati ish bilan bandlikni kengaytirishda samarali;
U iqtisodiyot va biznesning shaffofligini oshirish usuli hamdir;
nobank kredit tashkilotlarining rivojlanishi norasmiy kreditlash sektorini qisqartiradi, moliyaviy xizmatdan foydalanish esa mijoz faoliyati shaffofligini oshiradi.
2.Nobank moliya-kredittashkilotlarining aktiv va passiv operatsiyalari.
Aktiv operatsiyalar - Nobank kredit uyushmalari bitta aktiv operatsiyaga kredit operatsiyasidir, ya’ni mikrokredit tashkilotlarining asosiy aktiv operatsiyasi bu kichik summada, past foiz stavkasida kredit berish operatsiyasidir.
Passiv operatsiyalar - Nobank moliya-kredit muassasalari ustav fondini shakllantirish va operatsiyalarni amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan mablag’lar.
Mikrokredit tashkilotlari aholining iqtisodiy lekin kambag’al qatlamlariga kredit beradi. Mikrokredit tashkilotlarining asosiy aktiv operatsiyasi bu kichik summada, past foiz stavkasida kredit berish operatsiyasidir.
Faktoring kompaniyasi jo’natilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha debitor qarzdorlarini inkassatsiya qilish bilan shug’illanadi. Ular Tovar hujjatlarini 2 ta shart asosida regress huquqi bilan va regress huquqisiz sotib oladi
Tovar hujjatlari regress huquqi bilan sotib olingan to’lovchi to’lovga noqobil bo’lib qolganda faktoring kompaniyasiga to’lovni mol yetkazib beruvchiga undirish huquqi saqlanib qoladi.
Agar tovar hujatlari regress huquqisiz sotib olinsa , to’lov riski to’liq ya’ni 100 % faktoring kompaniyasining zimmsida qoladi. Chunki to’lovchi to’lovga noqobil bo’lib qolganda fatstoring kompaniyasi to’lovni undirish bo’yicha mol yetkazib beruvchiga murojat qila olmaydi.
O’zbekiston Respublikasida faktoring kompanyalari mavjud emas. Faktoring operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi. Ammo ular tovar hujjatlarini regress huquqi bilan sotib olish mumkin emas. Bundan tashqari, O’zbekiston bankalari faktoring operatsiyalarini amalga oshirilayotganda bu operatsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritmaydi. Xolbuki taraqqiy etgan mamlakatlarda fatstoring kompaniyalari faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobini ham yuritadi.
Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat banklari bilan raqobat qila oladi . Ular bahosi yuqori va uzoq muddat faydalaniladigan tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradi. Lizing shartnomalarining o’rtacha muddati 3-5 yilni tashkil qiladi. Ammo lizing kompaniyalarining zaif jihati bor , ya’ni lizing kompaniyalarida resurslar yetishmaydi. Ular faoliyatini asosan o’z mablag’lari hisobidan moliyalashtirishga majbur.Shu sababli ular tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlarini keng ko’lamda jalb qiladilar.
O’zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat banklari va lizing kompaniyalari shug’illanadi. Asosiy muommo shundaki, to lizing obekti lizing-oluvchi tomonidan qabul qilib olinmagunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga foiz hisoblay olmaydi.
Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va ular chek va hosilaviy qimmatli qog’ozlar bo’yicha o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Kliring palatasi har bir ishtirokchi bankka schyotlar ochadi. Bu schyotlar mazmuniga ko’ra aktiv-passiv schyotlar hisoblanadi, ya’ni bu schyotlar debitli qoldiqqa ham ega bo’lishi mumkin, kreditli qoldiqqa ham ega bo’lishi mumkin. Kliring palatasi bir ish kuni mbaynida barcha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va ish kuni so’ngida har bir bankka uning hisob-raqamidan ko’chirma beradi. Agar bank ko’chirmani debitli qoldiq bilan olgan bo’lsa , demak unga to’la berishadi.
Ko’pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati markaziy bank Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo Angliya, Germaniya, Lyuksenburg kabi mamlakarlarda nazorat funktsiyasiga ega emas. Shu sababli ushbu mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining rugulyatori tomonidan nazorat qilinadi. Nazorat jarayonida nobank kredit tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar qo’yiladi.

Yüklə 137,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin