Mavzu nobank moliya-kredit muassasalari reja Nobank moliya kre-fayllar.org
ichki qoidalar — nobank kredit tashkilotlarida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir
mijoz — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani amalga oshirish to‘g‘risida nobank kredit tashkilotiga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
mijozning haqiqiy egasi — yuridik shaxs — mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxs, ya’ni mijoz va (yoki) amalga oshirilayotgan operatsiyadan manfaat ko‘radigan shaxsga nisbatan mulkiy yoki nazorat huquqiga ega bo‘lgan bir yoki bir necha shaxslar;
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
gumonli operatsiya — mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida nobank kredit tashkilotida gumon uyg‘otuvchi, uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya;
shubhali operatsiya — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida nobank kredit tashkilotida uni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — mazkur Qoidalar bilan belgilangan shubhalilik mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida aniqlanadigan hamda Departamentga xabar qilinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
bir marotabalik operatsiyalar — jismoniy shaxslar tomonidan bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;